1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja
“... kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini
Download 82.7 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Insoniyat tarixi-g’oyalar tarixidir”
“... kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini
yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas”. Davlat siyosatining tarkibini tashkil etuvchi g’oyalar xilma-xil. Qanday bo’lishidan qat’iy nazar bu g’oyalar inson tafakkurining mahsulidir. Inson tamonidan yaratilgan shunday teran fikrlar bo’ladiki, u ko’pchilikning maqsad manfaatlarini ifoda etadi, ko’pchilikni harakatlantiradi va birlashtira oladi. I. Karimov ta’kidlaganidek, o’zida gumanizm talablarini aks ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga, xalqning iroda va intilishlariga xizmat qiladigan, uni jipslashtirib, oliy maqsadlar sari safarbar etuvchi g’oyalar borki, bunday g’oyalar odamlarni komillik va fozillik sari undaydi, imon-e’tiqodini mustahkamlaydi, hayotiga ijobiy mazmun baxsh etadi, buyuk va ulug’vor ishlarga chorlaydi, jamiyatni tabora taraqqiyot sari etaklaydi. Insoniyat hayotini g’oyalar boshqaradi. Mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g’oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g’oyalarni o’z e’tiqodiga singdiradi, o’z navbatida yangi g’oyalarni yaratadi va targ’ib etadi. G’oyalar o’zida inson hayotini, mamlakat, xalq hayotini, taqdirini, aks ettiradi. Shu ma’noda “Insoniyat tarixi-g’oyalar tarixidir” deyish mumkin. Tarixda o’z jasorati, mardligi va qahramonligi bilan iz qoldirgan buyuk insonlar o’tganlar, ular hatto o’limga yuzma-yuz kelsa-da, o’z e’tiqodlariga aylangan g’oyalaridan voz kechmagan. Sibirning sovuq o’rmonlarida qahraton izg’irin jonidan o’tsa ham, zax erto’la azoblari holdan toydirsa ham yurt qayg’usi, vatan mehri, o’z g’oyasiga sodiqlik jadidlarga kuch bag’ishlab turdi. Sovetlarning zo’ravonlik siyosati qanchalik kuchaymasin, xalq o’z milliy g’oyalarini saqlab qolaoldi. Insoniyat tarixida g’oyalar bilan birga, shu g’oyalarning yig’indisi sifatida turli-tuman mafkuralar ham katta rol o’ynaydi. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g’oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o’zlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib, mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Download 82.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling