1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja
G’oya-ob’ektiv voqelik, hodisalarning inson tafakkurida aks etirishidir
Download 82.7 Kb. Pdf ko'rish
|
G’oya-ob’ektiv voqelik, hodisalarning inson tafakkurida aks etirishidir.
G’oyalar dunyoni o’rganishga va amaliy o’zgaruviga xizmat qiladi. G’oyalar oldidagi tajribalarni umumlashtirgan holda, voqelikning bundan keyingi rivojini maqsad qilib qo’yadi. Aytib o’tganimizdek, har bir mafkura muayyan g’oyalar tizimidan iborat. Ushbu g’oyalarning ham ma’lum bir xislatlari bor. Quyida ularni ba’zilarni sanab o’tamiz: 1. Bir mafkura tarkibida mavjud g’oyalarni, albatta, bir-biriga bog’lab turuvchi umumiylik bo’ladi. Masalan, demokratiya mafkurasini tashkil qiluvchi so’z erkinligi, eьtiqod erkinligi, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik kabi g’oyalarni umumiy bir so’z bilan atash mumkin, ya’ni erkinliklar; 2. Shunday ham bo’ladiki, ayni bir mafkura tarkibida bir paytning o’zida ham bunyodkor g’oyalar, ham vayronkor g’oyalar jipslashgan bo’ladi. Masalan, kommunizm mafkurasini tashkil etuvchi xalqlar do’stligi, ateizm, tenglik, birlik g’oyalari o’z mohiyatiga ko’ra turlichadir. 3. Ayni bir mafkura tarkibidagi g’oyalar o’z kelib chiqishiga ko’ra turli zamonlarga ta’lluqli bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekiston milliy mafkurasi tarkibida joy olgan komil inson g’oyasi buyuk islom mafkurasi ta’sirida yuzaga kelgan va so’fizm ta’limoti bilan ham bog’liq, tolerantlik g’oyasi rennesans mafkurasi ta’sirida yuzaga kelgan. 4. G’oyalar qamrovlilik darajasiga ko’ra milliy va umuminsoniy turlarga bo’linadilar. Milliy g’oyalar muayyan bir millatning o’z tarixiy rivojlanishi davomida tarkib topgan bo’lib, ushbu millatning manfaatlariga xizmat qiladi (sintoizm). Umuminsoniy g’oyalar er yuzidagi barcha millat va xalqlarning manfatiga mos bo’lgan tushuncha va qarashlarni o’zida ifoda etadi (gumanizm, tolerantlik, ozodlik, e’tiqod erkinligi). Shuningdek, bir necha millat doirasida ham mushtarak fikrlarni ifoda etuvchi g’oyalar mavjud (“Turkiston-umumiy uyimiz”). 5. Millatlar, xalqlarning o’z mafkuralarni yaratishda ham muayyan tendentsiya mavjud, ya’ni har bir millat o’z mafkurasini yaratar ekan, albatta, umuminsoniy qadriyatlarga suyanishga harakat qiladi. G’oyalar qaysi mafkura tarkibida bo’lishiga qarab, o’sha mafkuraning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy xislatlarini ham o’zida mujassamlashtirmay qolmaydi. U davlatning jahondagi obro’ va mavqini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko’tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. Mafkuralar inson tafakkurining qaysi jabhasini qamrab olishiga ko’ra axloqiy, mifalogik, ilmiy, diniy, falsafiy va siyosiy ko’rinishlarga ega. Mifalogik mafkuralar qatoriga animizm, totemizm, fetishizm kabi borliq va yaratuvchi haqidagi mifalogik qarashlarni kiritish mumkin. Diniy mafkuralar qatoriga islomni, zardushtiylik, tasavvuf, nasroniylik va iudaizm, braxmanizm singari dunyoni yaratuvchi nuqtai nazaridan anglashga harakat qilgan barcha ta’limotlarni kiritish mumkin. Ilmiy mafkuralarga esa naturalizm, darvinizmni misol keltirish mumkin. Falsafiy mafkuralar qatoriga stoitsizm, konfutsiylik ta’limotlarini kiritish mumkin. Download 82.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling