1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 82.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana23.10.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1717621
1   2   3   4   5   6   7
3- masala. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikning ilk kunlaridan o’z milliy 
g’oyasini shakllantirish va uning targ’ibotiga alohida e’tiborni qaratdi. 
Xalqimizni milliy o’zligini aks ettiruvchi uning milliy g’oyasi tarkibini 
xalqimiz tarixi, o’sha davrda ilgari surilgan siyosiy-mafkuraviy g’oyalar tashkil 
etadi. Xalqimizga xos bo’lgan milliy xususiyatlarni qayta tiklash, o’rganish bilan 
bir qatorda, endilikda umuminsoniy qadriyatlar sifatida jahon xalqlarining siyosiy-
mafkuraviy qarashlari, buyuk faylasuflar tamonidan yaratilgan ta’limotlar tarixini 
o’rganish ham g’oyat muhim vazifa hisoblanadi. 
O’rta O’siyo xalqi asrlar davomida qo’shni xalqlar, dunyo xalqlari bilan 
muayyan aloqada bo’lib kelgan. Turli xalqlar hayotida vujudga kelgan tarixiy 
jarayonlar, siyosiy-mafkuraviy qarashlar o’zbek xalqi hayotiga ham o’z ta’sirini 
ko’rsatgan. Bugungi kunda xalqimizning siyosiy ongini, madaniyatini oshirishda
o’sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyati, mafkuraviy qarashlarining shakllanishiga 
xizmat qiladigan g’oyalar, siyosiy-mafkuraviy qarashlarga bo’lgan ehtiyoj katta. 
Bugungi globallashuv jarayoni, 
inson maьnaviyatiga bo’layotgan chet kuchlar 
taьsiri va tahdidi kuchaygan bir paytda jahon taьlimotchilarining ijtimoiy – 


siyosiy qarashlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Dunyo xalqlari hayotida 
sodir bo’lgan, jahonning buyuk allomalari tamonidan yaratilgan siyosiy-
mafkuraviy ta’limotlar mazmun-mohiyati va tarixini o’rganish yoshlar ongi va 
qalbini turli buzg’unchi g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlab qolishga xizmat 
qiladi. 
Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi uzoq tarixiy taraqqiyot jarayoniga 
ega. Insoniyat tafakkuri rivoji bilan bog’liq ta’limotlar yuksak g’oyalar va 
mafkuralar asosida shakllangan. Ta’limotlar tarixiy ijtimoiy hodisa sifatida
jamiyat rivojiga ma’lum ma’noda o’z tavsirini o’tkazib kelgan. 
Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar negizida davlatni boshqarish, o’zaro 
ijtimoiy munosabatlar va insoniyat hayotini muayyan maqsadlar tamon 
yo’naltiraoluvchi turli g’oya, mafkura, qarashlar tashkil etadi. Ushbu g’oya, 
mafkura va qarashlarning mazmun-mohiyatini, insoniyat taraqqiyotga ko’rsatgan 
ta’sirini ochib berish bevosita jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani 
zimmasidadir.
Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar fani ijtimoiy – gumanitar fanlar 
sirasiga kiruvchi, shuningdek, mustaqil fan sifatida alohida predmetni tashkil etadi. 
Ushbu fan o’z navbatida bir qator fanlar bilan aloqada shakllangan holda, yangi fan 
bo’lib, rivojlanish jarayonini boshdan kechirmoqda. 
Falsafa tarix 
huquq Jahon siyosiy mafkuraviy siyosatshunoslik
taьlimotlar tarixi fani 
aloqada bo’lgan ijtimoiy- 
adabiyot gumanitar fanlar mantiq 
Bu fanni o’rganishda material hajmining kengligi va murakkabligi hisobga 
olinsa maqsadga muvofiq. Fanni o’rganishda har bir mavzu bilan bog’liq tarixiy 
jarayonga jiddiy yondoshgan holda, o’sha davr nafasini his etaolish, o’sha davrdagi 
mavjud g’oya, qarashlar va mafkuralar mazmuniga e’tibor berish kerak. Tarixiy 
g’oya, mafkuralarning shakllanish jarayoni, insoniyat, davlatlarlar hayotidagi o’rni 
va bugungi kunda uning odamlar uchun qanday xizmat qilayotganligini yoritib 
berish kerak. 
Buning uchun xar bir siyosiy-mafkuraviy ta’limotlarga oid yaratilgan 
adabiyotlar, turli mutafakkirlar tamonidan yozib qoldirilgan asarlar, o’sha davr 
bilan bog’liq hujjatlar, yozma manbalar bilan tanishish, sinchlab o’rganish va 
maьlumotlarni taqqoslash zarur, bu esa fanning metadologik asosini tashkil etadi. 
Dunyo xalqlari hayotida sodir bo’lgan, jahonning buyuk allomalari tamonidan 
yaratilgan siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar mazmun-mohiyati va tarixini o’rganish 


yoshlar ongi va qalbini turli buzg’unchi g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlab 
qolishga xizmat qiladi. 
Ushbu maьruzani yaratishda mavzuga doir dastlabki tushunchalar, fanning 
mustaqil predmet sifatidagi metodologik sifatlariga va maqsad , vazifasiga eьtibor 
berildi, shuningdek, fanning ijtimoiy – gumanitar fanlar rivojidagi o’rnini 
ko’rsatishga harakat qilindi. 
Jahon siyosiy – mafkuraviy ta’limotlar tarixini yoritishda insoniyatning
turli ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy taraqqiyoti boskichlaridan kelib chiqqan holda 
qadimgi dunyo, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarga bo’lib o’rganishni asos 
qilib oldik. 
Dastlabki insoniyatning ilk tsvilizatsiya o’choqlari qadimgi Sharq mamlakatlarida 
vudujga kelgan siyosiy-mafkuraviy qarashlar, qadimgi Gretsiya va Rim 
ta’limotlari, ellinizm mafkurasi o’rta asrlar tarixi bilan bog’liq G’arb va Sharq 
siyosiy-mafkuraviy qarashlar o’z ifodasini topgan. Har bir davr kelgusi 
maьruzalarda alohida o’rganiladi. 

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling