1-mavzu: jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji


iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun


Download 59.12 Kb.
bet3/6
Sana18.09.2023
Hajmi59.12 Kb.
#1680551
1   2   3   4   5   6
2 iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʻ sanaladi. Chunki u xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan. Vatanning yorqin timsolidir. Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning oʻrni katta.
Zero, milliy ramzlar or-nomus, shon-sharaf sanalgan. Tigʻini jonidan ortiq asragan Toʻmaris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi oʻnlab sarkardalar hayoti ham bugun avlodlarimizga katta ibrat. Aslida Vatan ramzlarini koʻzga surtish, uni toʻtiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor boʻlish deganidir.
Hammamizga maʼlumki, har bir davlatning Konstitutsiyasi, bayrogʻi, gerbi, madhiyasi kabi ramzlari mustaqilligining muqaddas belgilaridir. Davlatimizning ramzlari Davlat bayrogʻi (1991 yil), Davlat Gerbi (1992 yil), Davlat madhiyasi (1992 yil) qonun hujjatlari orqali mustahkamlangan.
Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon — sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimiz ifodasidir. Respublikamiz davlat bayrogʻidagi ramzlar Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elatlarning anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan.
Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. Gerb — bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni, ramzi va timsolidir. Gerb qaysi davlatga tegishli boʻlsa, oʻsha davlatning tarixiy anʼanalarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega boʻlgan tasvirlar yigʻindisidan iborat.
Davlatimiz gerbi 1992 yil 2 iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Shu sabab, 2 iyul – Oʻzbekiston fuqarolari uchun bayram sifatida qadrli va unutilmas kunlardan biriga aylangan:
Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xoʻjalik, jugʻrofiy, etnik va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda Oʻzbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari oʻziga xos tarzda ifoda etilgan. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.
Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi oʻz aksini topgan. Unda togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa milliy boyligimiz paxta chanoqlari qiygʻos ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarakka oʻralganligi hamda gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi aks ettirilgan.
Gerbning yuqori qismida hurligimizning ramzi sifatida sakkiz burchak, uning ichki qismida yarim oy va yulduz, markazida afsonaviy Humo qushi tasvirlangan. Pastki qismida yurtimiz Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambarak tasmasiga “Oʻzbekiston” deb yozib qoʻyilgan.
Biz uchun suyuk va buyuk ana shu zarrin tasvirdagi har bir chiziq, har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy maʼnolar mujassam.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbida ranglar jilosiga ham alohida ahamiyat qaratilib, Humo qushi va daryolar — kumush rangida, quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “Oʻzbekiston” yozuvi — oltin rangida, gʻoʻza shoxlari va barglari, togʻlar va vodiy — yashil rangda, chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda, sakkiz burchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda, yarim oy va yulduzlar — oq rangda tasvirlangan.
Gerbda oʻz ifodasini topgan jannatmakon diyorimiz husn-tarovatiga ishora etuvchi manzaralardan tortib, daryo, bugʻdoy boshogʻi, gʻoʻza va paxta chanoqlari xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yoʻlidagi orzu-umidlari ifodasi, quyosh, yarim oy, yulduz- jamiyatimiz jipsligi belgisi, shuningdek, omad, himmat, olijanoblik, erksevarlik va fidoyilik ramzi boʻlgan afsonaviy Humo qushi — bularning barchasi millatimiz, xalqimiz hayoti, tarixi, ruhiyati va anʼanalari bilan chambarchas bogʻliq timsollardir.
Bu togʻlar — yurtimiz ravnaqi, istiqlolimizni taʼminlash va xalqimiz farovonligi, ilmu fanimiz, yuksak madaniyatimiz yoʻlida zahmat chekib, mehnat qilgan, hattoki oʻzlarini fido qilgan va bu yoʻlda fidoyilikka tayyor insonlarning barhayotlik siymosidir.
Daryo — jahon tamadduni va ilmu fani rivojiga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan, matematika, tibbiyot, huquq, adabiyot, harbiy sanʼat, davlat boshqaruvi, islom ilmi va qolaversa ilm-fanning deyarli barcha aniq yoʻnalishlari buloqlarini ochgan buyuk ajdodlarimiz, ularning bebaho merosidan samarali foydalangan holda taraqqiyotimizga samarali hissa qoʻshayotgan olimu fuzalolar va ziyolilarning salohiyatlari timsoli sifatida gavdalanadi. Ulugʻvor va mustahkamligini asrlar davomida isbotlab kelgan davlatchiligimiz, yuksak madaniyatimiz, buyuk tariximizni ham oʻzida aks ettirgandek.
Porlab turgan quyosh – boy tarixga va yuksak madaniyatga ega ona xalqimizning qalbidagi mehr-oqibat, bagʻrikenglik, mehmondoʻstlik, bardavomlik, shuningdek, koʻhna va navqiron zaminimizdagi toʻkin — sochinlik, obodonchilik, farovonlik, purnurlik ramziga oʻxshaydi.
Gerbimizda markaziy oʻrin tutuvchi afsonaviy Humo qushi ramzini xalqimiz azaldan davlat qushi sifatida tasavvur qilib kelgan. Zaminimizda necha ming yillar ilgari paydo boʻlgan afsonalarda Humo goʻzal qush qiyofasidagi baxt, porloq taqdir va badavlatlik timsoli hisoblangan.
Shu maʼnoda, Oʻzbekiston xalqlarining shon-sharafi, gʻururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, oʻziga xos va oʻziga mos davlat ramzlaridan biri boʻlib qolgani bekorga emas. Chunki,gerbimiz ham Oʻzbekistonimiz kabi betakror. Undagi har bir tasvir, hatto har bir chiziqda mamlakatimiz salohiyati, xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassam.
Davlat gerbi tasviri muhrlarda, jumladan bojxona xodimlarining shaxsiy muhrlarida va davlat idoralari, xususan bojxona organlarining maxsus bosma qogʻozlarida, rasmiy nashrlarda, qogʻoz va tanga pullarda, qimmatli qogʻoz va obligatsiyalarda, fuqarolik pasportlarida hamda qonunda belgilangan boshqa oʻrinlarda aks ettirilgan.
Bu oʻrinda Davlat gerbining bojxona organlaridagi ahamiyati ham beqiyosdir. Gerbimiz tasviri Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralaridagi chegara oʻtkazish punktlarida, chegaralarga oʻrnatilgan sarhad ustunlarda ham oʻrnatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart.Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmatsizlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Oʻzini mana jannatmakon yurt va tabarruk zamin fuqarosi, olijanob va bagʻrikeng xalqning munosib farzandi deb bilgan, oʻz mamlakati, mehmondoʻst xalqi bilan cheksiz faxrlangan har bir inson gerbimizni, shu singari boshqa bebaho ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarimiz boʻlgan davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb eʼtirof etishi, eʼzozlashi ham farz, ham qarzdir.

Download 59.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling