1992 yil 10 dekabr “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov boʻlib, musiqasini Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilmoqda.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Parlament). Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat har bir davlatda oʻziga xos xususiyatga ega va turlicha ataladi (masalan, AQShda – Kongress, Shvesiyada — Riksdag, Xitoy Xalq Respublikasida – Xalq vakillari umumxitoy majlisi). Oʻzbekistonda bunday hokimiyat Oliy Majlis deb nomlanadi. Uning maqomi, tizimi, tuzilishi, vazifalari, ish faoliyatiga oid qoidalarni belgilashda dunyodagi ilgʻor davlatlarning va umuman, oliy qonun chiqaruvchi organni tashkil qilish boʻyicha xalqaro tarixiy tajriba chuqur oʻrganilgan va inobatga olingan.
Oʻzbekistonda Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi, uning tarkibidagi deputatlar xalq manfaatlarini ifodalaydi. Oliy Majlis 5 yil muddatga saylanadi. 25 yoshga yetgan Oʻzbekiston fuqarolari saylanish huquqiga ega.
• Oliy Majlisda jami 250 deputat.
• 2005 yildan ikki palatali boʻldi.
• Yuqori palata-senat 84+16=100 nafar
• Quyi palata –qonunchilik 150 nafar deputat
Do'stlaringiz bilan baham: |