1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari
Download 414.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari Geografik kar
Kosmik kartografiya alohida kurs sifatida o„rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda karta tuzishda va uni nashr qilish jarayonida kompyuterdan keng foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib, sifati yaxshilanmoqda. Keyingi paytlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq – Er tasvirining umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o„rganuvchi Geoikonika fani tez sur‟atlar bilan rivojlanmoqda. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, televidenieda, gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko„rsatuvlarning mazmuni, sifati va ko„rgazmaliligini oshishiga sabab bo„lmoqda. Natijada televezion kartografiya shakllanmoqda. Kartografiya fanining rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori O„rta Osiyolik buyuk allomalar Muhammad Muso Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniylarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Dunyo kartografiya fanining shakllanishiga G„arbiy Evropa olimlari Merkator, Sanson, Snelluslar va rus olimlari F. N. Krasovskiy, A. Izotov, L. M. Preobrajenskiy, Saliщev K. A. Berlyant A. M.lar ham katta hissa qo„shganlar. Globuslar– er, planetalar yoki samoviy sharsimon aylanib turuvchi jismlarning modelidir. Globuslar masshtab, meridian va parallellar tizimi, ma‟lum bir shartli belgilardan iboratdir. Kartalarda mavjud proeksiyalardagi xatoliklar, masshtablarning o„zgarishi, kontur va yo„nalishlarnig to„la o„xshamasligi globuslarda bo„lmaydi. Kartalarga o„xshab, globuslar ham ob‟ektlar bo„yicha(er, planetalar, samoviy jismlar), mavzular bo„yicha (umumgeografik, geologik, siyosiy va b.) hamda o„lchamlari bo„yicha (katta xonalar uchun, stol usti, kichik va ixcham(miniatura)li), qo„llanilish bo„yicha(o„quv, navigatsiya va b.) bo„linadi. Zamonaviy globuslar plastik materiallar va mexanizmlardan tayyorlanib, ichi yoritiladigan, planetalarni aylanishini modellashtirilgan holda ishlab chiqarilmoqda. Er globuslarining asosiy masshtablari 1:30 mlndan 1:80 mln gacha. Ba‟zida yig„iladigan globuslar ishlab chiqilmoqda, ularning yordamida erning ichki tuzilmasini ham o„rganish mumkin. Atlaslar– yagona san‟at asari sifatida, maxsus dastur asosida kartalarning tizimli to„plamidir. Atlaslarda kartalar mavzulari bo„yicha bir biriga bog„langan holda, bir birini to„ldira oladigan maxsus mazmun va tahlil qilishga moil holda tuziladi. Atlaslar xududlar qamrovi, qo„llanilishi, o„lchamlari va boshqa ko„rinishiga qarab tasniflanadi. Ular kitob va albomlar shaklida, umumiy tikilgan yoki alohida varaqlardan iborat holda, karabka va papkalarga solingan holda nashr qilinadi. Kartalardan tashqari atlasda ma‟lumotlar matni, statistik materiallar, grafiklar va suratlardan tashkil topadi. Download 414.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling