1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari


Download 414.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.11.2023
Hajmi414.66 Kb.
#1756398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari Geografik kar

Elektron kartalar–raqamli kartalar, kompyuter muxitida dasturiy va texnik 
vosita, proeksiya, shartli belgilarni qo„llagan holda, kartalarni jihozlash. 
Sobiq Ittifoq davrida kartografiya bo„yicha yirik kartografik asarlar yaratildi. 
Masalan, BSAM (Dunyoning katta sovet atlasi), FGAM (Dunyoning tabiiy 
geografik atlasi), Dunyo atlasi va sobiq respublikalarning kompleks atlaslari. SHu 
jumladan, O„zbekistonning ham 2 jildlik ilmiy ma‟lumotnomali atlasi, Toshkent 
atlasi hamda O„zbekistonning o„quv atlasi yaratildi.
Mustaqillikdan so„ng mamlakatimizda boshqa sohalar qatori kartografiya ham 
o„z rivojini topmoqda. O„tgan vaqt ichida respublikaning 1:1 000 000 masshtabli 
Ekologik kartasi, Iqtisodiy kartasi, Tabiatni muhofaza qilish kartasi va bir qancha 
o„quv kartalari chop etildi. 1999-yilda respublikamiz Prezidentining farmoyishi 
bilan O„zbekiston geografik atlasi yaratildi. Unda respublikamizda ro„y berayotgan 
katta iqtisodiy o„zgarishlar o„z ifodasini topgan. 2000–2005-yillarda maktab 
sinflari uchun O„zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
o„quv geografik atlaslari yaratildi.
Geografik kartaning elementlari 
Geografik karta tuzish va undan to„la foydalanish uchun uning xususiyatlarini 
bilish zarur. SHuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy 
yo„ldan foydalaniladi. Kartaning har bir elementi alohida o„rganilishi, bu 
elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o„zaro bog„liqlikni bilish 
kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy voqea va hodisalar to„g„risida etarli darajada ma‟lumot berilib, ularning 
tarqalishi, holati, o„zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma‟lumotlar 
geografik kartaning asosini tashkil qiladi.


1-rasm. Umumgeografik karta elementlari.
Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topadi. 
Masalan, umumgeografik kartaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi: 
suv ob‟ektlari, er yuzasining relefi, o„simliklar qoplami va tuproq, aholi 
yashaydigan joylar, aloqa yo„llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo„jaligi, 
madaniy ob‟ektlar va ma‟muriy chegaralar.
Geografik elementlar (1-rasm) hamma kartalarda bir xilda mukammal 
tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag„ishlangan kartada uning mazmuniga 
mos hududdagi georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasida 
aloqa yo„llari va aholi vositalari, relef kartalarida aloqa yo„llari va aholi 
yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin kartaning 
mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba‟zi 
bir geografik elementlar hamma mavzuli kartalarda bo„lishi shart. Masalan, O„rta 
Osiyoga tegishli mavzuli kartalarda suv (gidrografik) ob‟ektlarning ahamiyati katta 
bo„lgani uchun imkoni boricha to„laroq ko„rsatiladi. CHunki suv ob‟ektlari 


(gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog„lovchi 
zarur elementdir. 
Kartaning geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to„g„ri bo„lishi kartaning 
matematik asosiga bog„liq. Matematik asos, o„z navbatida, bir qancha 
elementlardan tashkil topgan. Masalan, proeksiya va koordinata turi, masshtab 
hamda geodezik asos (triangulasiya, poligonometrik va nivelirlash shoxobchalari) 
va komponovka. Hamma kartalar kartografik proeksiyalar asosida tuziladi va Er 
ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog„ozga tushirish yo„llarini ko„rsatib beradi.
Kartografik to„r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik 
elementlarning er yuzasidagi o„rnini tasvirlaydi. Lekin ba‟zi bir kartalarda 
kartografik to„r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasdagi faqat 
siyosiy-ma‟muriy va tabiiy kartalarda ko„rsatilsa bo„ladi. CHunki ba‟zi bir 
tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo„lsa-yu, kartografik to„r 
ko„rsatilsa, kartaning o„quvchanligi qiyinlashadi, yoki kartada 


Download 414.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling