1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari
Download 414.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari Geografik kar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blok–diagrammalar
- Anaglifik kartalar(anagliflar)
- Fotokartalar
Relefli kartalar – joyning ucho„lchamli xajmli tasvirini beruvchi kartalardir.
Kartalarning ko„rinishi va vertikal masshtab gorizonatal masshtabga nisbatan 2–5 marta tog„li xududlar uchun, past–tekisliklar uchun esa 5–10 marotaba katta qabul qilinadi. Hamma tafsilotlar ushbu kartalarda shartli belgilar bilan ifodalanadi. Relefli kartalar dastlab yog„ochlardan, gipsdan, karton qog„ozlardan tayyorlanar edi, hozir esa plastiklarni termovakuumlarda ishlov berish orqali tayyorlanmoqda. Relefli kartalar o„quv maqsadlari uchun, amaliy masalalarni echishda, jumladan yo„llar, suv omborlari va boshqalarni loyihalashda foydalanilmoqda. Blok–diagrammalar – ucho„lchamli tekis kartografik suratlar bo„lib, er yuzasi qismini vertikal va gorizontal kesimli holatdagi tasviridir. Blok–diagramma mavzulari xar xi bo„lib, ular: geologik va geomorfologiklar erning tuzilishi va tarkibini, tuproq blok–diagrammasi joy relefi va tuproq profilini, okeanlar blok– diagrammasi suv massalarini tarqalishini, oqimlar, suvning chuchukligi xolatlarini ko„rsatadi. Anaglifik kartalar(anagliflar) – biri birini to„ldiruvchi ikki rang (masalan, yashil va qizil) larni parallaktik surilish oqibatida, ikki tasvir stereojuftlik hosil qiladi. Maxsus qizil va yashil oynakli filtrli–ko„zoynak orqali tasvirlar kuzatilganda oq–qorali xajmli stereo tasvir hosil bo„ladi. Kompyuter grafikalar uslubida ekran displeyida anagliflar paydo bo„ladi. Ushbu kartalar o„quv qo„llanmasi sifatida relef modelini tasvirlaydi. Fotokartalar –fototasvirlar bilan birlashtirilgan kartalar. Ular joylarning ba‟zi elementlarini(koordinatalr to„ri, gorizontallar, yozuvlar va b.), ba‟zida mavzular tarkibini(geologik tuzilmalar, landshaftlar va b.) kartografik tasvirini fotoplanlarga tushirilgan xolatini poligrafik yo„l bilan tayyorlanadi. Fotokartalar proeksiyalari va o„lchamlari, asosi va aniqligi oddiy kartalar singari bo„ladi. SHunday qilib, fotokartalar joyni orientatsiya qilishda, ilmiy izlanishlarda, injenerlik va loyiha izlanish ishlarini olib borishda eng qulay, aniq xujjat hisoblanadi. Ba‟zida ortofotokartalar atamasi ham ishlatiladi. Bu fototasvirlarni ortogonal proeksiyalardagi mahsulidir. Agar fotoasos bo„lib kosmik suratlar xizmat qilishsa, unda bunday kartalarni kosmofotokartalar deb yuritiladi. Umumgeografik, geologik, tektonik, landshaftlar, shuningdek Oy va boshqa sayyoralar yuzasi tasvirlangan fotokartalar va kosmofotokartalar keng tarqalgan. Download 414.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling