1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari


Download 414.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi414.66 Kb.
#1756398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari Geografik kar

Kartashunoslik kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o„tgan 
tarixiy taraqqiyot yo„li, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va 
xillarini, kartadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni tahlil qilish 
to„g„risida bahs yuritadi.


Matematik kartografiya geografik kartalar tuzishda qo„llaniladigan 
kartografik proeksiyalarni, ya‟ni Er ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini 
o„rgatadi.
Kartometriya kartalarda maydon, masofa va hajmlarini hisoblash yo„llarini, 
relefni o„rganish natijasida miqdor ko„rsatkichlar asosida sifat ko„rsatkichlarni 
ko„rsatib berish yo„llarini o„rgatadi.
Kartalarni loyihalash, tuzish va tahrir qilish kartografiyaning asosiy 
qismlaridan biri bo„lib, kartaning dastlabki nusxasini (originalini) tuzish va uni 
tahrir qilish usullarini tushuntiradi.
Kartani nashr qilish sohasi, asosan, kartani nashrga tayyorlash va nashr 
qilish hamda uni yig„ib, kerak bo„lsa muqovalash ishlarini o„rgatadi.
Tadqiqotning kartografik usuli o„ziga xos soha bo„lib, kartada tasvirlangan 
voqea-hodisalarni tadqiq qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini o„rganish, 
ya‟ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan shug„ullanadi.
Kartografik menejment kartografiyada nisbatan yangi soha bo„lib, 
kartografik korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va 
tayyor mahsulotni egalariga etkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob-kitob ishlarini 
amalga oshirishning yangi usullarini qidirib topish yo„llarini o„rganadi.
Geoinformasion kartografiya kartografiyadagi yangi tarmoq bo„lib, 
kartadan informasiya manbai sifatida foydalanish yo„llarini o„rgatadi.
Kartografiyadan juda ko„p fanlarni o„rganishda foydalanilib, ba‟zi bir sohalar 
uchun maxsus kartografiya tarmoqlari yaratilgan. Masalan, geologik kartografiya, 
geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi, 
ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya 
va hokazolar.
So„nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli 
mukammal va aniq kartalar yaratilib, eskirgan kartalar yangilanmoqda, natijada 

Download 414.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling