1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja
Zamburug‘lar va atrof-muhit, zamburug‘larning ekosistemadagi o‘rni, biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyat-lari
Download 300.5 Kb.
|
1-MARUZA.
4. Zamburug‘lar va atrof-muhit, zamburug‘larning ekosistemadagi o‘rni, biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyat-lari. Zamburug‘lar va atrof-muhit. Zamburug‘lar – geterotrof oziqlanuvchilar orasida eng keng tarqalgan eukariot organizmlar bo‘lib, turlari soni 250 000 mingdan ortiq evolyutsion rivojlanish jarayonida zamburug‘larning yangi turlari hosil bo‘lishi davom etmoqda. Yashash shakllariga qarab gertrotroflar obligat (haqiqiy) va fakultativ (shartli) parazitlar saprotroflarga bo‘linadi.
Zamburug‘larning geterotrof oziqlanishi va bir qator boshqa xususiyatlari, ularni ham o‘simliklarga, ham hayvonlarga o‘xshashligini ko‘rsatadi. Tirik organizmlarni an’anaviy bo‘linishida zamburug‘lar o‘simliklar tarkibiga kirgazilib o‘rganilgan. Bunga asos qilib, ularni substratdan ozuqa moddalarni shimib olishi, o‘simliklarga o‘xshash yaxshi shakllangan hujayra qobig‘i borligi va rivojlanish siklining asosiy qismida harakatsiz ekanligi olingan. Lekin ularning geterotrof oziqlanishi asosida yuzaga keladigan modda almashinish jarayonlari xuddi hayvonlarnikiga o‘xshash o‘tishi, ya’ni mochevina, glikogen hosil qilishi va hujayra qobig‘ida xitin moddalarining bo‘lishi hayvonlarga ham o‘xshash ekanligidan dalolat beradi. Hozigi paytda zamburug‘lar eukariotik organizmlarning alohida olami sifatida ajratilgan va ularga quyidagi tavsif berilgan: yaxshi shakllangan qalin hujayra qobig‘iga ega, adsorbtiv ozuqlanadi, ko‘payishi asosan sporalar yordamida, vegitativ holatida harakatsiz va qulay sharotda cheksiz o‘sish qobiliyatiga ega, getrotrof organizm, zahira ozuqa modda sifatida glikogen to‘playdi. Tirik organizmlarda sitoxrom S ning kimeviy tarkibini chuqur o‘rganish natijasida o‘simlik va hayvonlar shaklanishidan oldin zamburug‘lar paydo bo‘lganligi isbotlangan. Shuning uchun ham zamburug‘larni alohida guruh sifatida, o‘simlik va hayvonlardan ajratib o‘rganishga yetarli asoslar mavjud. Zamburug‘larning kelib chiqishi polifilitik xarakterga ega bo‘lib, har xil guruhga mansub rangsiz xivchinlilardan yeki xivchinlarini yo‘qotgan amyobasimon flagellyatlardan paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Sodda tuzilgan zamburug‘larning vegitativ tanasi shilimshiqlarnikiga o‘xshash yalang‘och plazmodiy shaklida bo‘lib, boshqa organizmlarning hujayrasi ichida parazitlik qilib hayot kechiradi. Lekin zamburug‘larning asosiy qismida gifa deb ataluvchi shoxlangan ipchalar hosil bo‘ladi. Gifalarning to‘plami esa mitseliy deb ataladi. Ko‘pchilik zamburug‘lar substratdan ozuqa moddalarni so‘rib oluvchi, gifalarga o‘xshash rizoidlar yoki hujayralardan ozuqa moddalarni so‘rib oluvchi gaustoriyalar hosil qiladi. Ayrim zamburug‘larda mitseliylar o‘z shaklini o‘zgartirib va jipslashib meva tanalar, sklerotsiylar, xlamidosporalar, koremiyalar va boshqa xildagi hosilalarni yuzaga keltiradi. Zamburug‘lar to‘plamining tuzilishiga ko‘ra tuban va yuksak guruhlarga bo‘linadi. Tuban zamburug‘larga vegitativ tanasi hujayralarga bo‘linmagan, yuksaklarida esa mitseliylari ko‘p hujayrali bo‘ladi. Gifalar doim apikal qismi bilan uzunasiga o‘sadi va ularning o‘sishi cheklanmagan. O‘sish tezligi ozuqa moddalar gifa uchiga yetkazib berilishi bilan bog‘liq va odatda soatiga 0,1-6,0 mm ga teng. Eng faol biokimyoviy jarayonlar gifaning uchki qismlarida kuzatiladi va u yerda RNK, tarkibida arginin-tirozin-gistidin va Sh guruhlari bo‘lgan oqsillar ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi. Mitseliy rivojlanishi ma’lum bir harorat va namlikda spora (konidiya) o‘sishidan boshlanadi. Oldin spora atrof muhitdan namlik shimib shishadi, keyin uning qobig‘i yoriladi, bitta yoki bir nechta murtak chiqaradi va ular o‘sib, mitseliy hosil qiladi. Gifa o‘sishi oldin spora ichidagi zahira moddalar hisobiga amalga oshadi, keyinchalik ozuqa substratdan so‘riladi. Substrat va havo mitseliylari mavjud. Birinchisi substrat ustida yoki ichki qismlarida joy oladi. Havo mitseliysi substrat ustida erkin joylashadi va substrat bilan uning faqat ba’zi qismlari kontaktda bo‘ladi. Zamburug‘ning ko‘payish organlari odatda havo mitseliysida hosil bo‘ladi. Material zararlanishi substrat mitseliy rivojlanganda substratga yopishgan konsentrik pardaga o‘xshash, havo mitseliysi paydo bo‘lganda esa, paxta shaklli bo‘lishi mumkin. Ayni zamburug‘ning o‘sish xarakteri atrof muhit holati (ozuqa tarkibi, namlik va h.) bilan bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Ammo ba’zi turlar uchun bu xususiyat barqaror. Misol uchun, ko‘p yog‘och yemiruvchi zamburug‘lar katta, ho‘rpaygan, momiq mog‘or shaklli havo mitseliysi hosil qiladi. Substrat va havo mitseliylari kimyoviy tarkibi va biokimyoviy faolligi bilan farq qiladi. Noqulay atrof muhit sharoitlarida mitseliyning o‘zgargan shakllari – parda, gifalar eshilgan ipga o‘xshab birikishi natijasida paydo bo‘ladigan “arqoncha” (tyaj), rizomorf va sklerotsiylar hosil bo‘ladi. Suyuq ozuqa muhitida aeratsiya kam bo‘lgan sharoitda substrat ustida va ba’zan yog‘och teshiklarida zamburug‘lar gifalardan tuzilgan parda hosil qiladi. U teriga o‘xshash bo‘lishi va keng-ligi bir necha mm ga yetishi mumkin. Pardadan arqonchalar o‘sishi va atrofga tarqalishi, ba’zan parda ustida zamburug‘ning meva tanachalari rivojlanishi mumkin. Download 300.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling