1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja
Bo‘limlar Mitseliy tuzilishi
Download 300.5 Kb.
|
1-MARUZA.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Basidiomycota
- Yog‘och chirishi jarayoni.
Bazidiomitset zamburug‘larda mavjud bo‘lgan fermentlar majmualarini hisobga olgan holda ular sellyuloza yemiruvchi va lignin yemiruvchilarga bo‘linadi. Ta’siri har xil bo‘lgani uchun ular yog‘ochda har xil chirishlar qo‘zg‘atadi. Sellyulozani yemirib, ligninni erkinlikka chiqaruvchi zamburug‘lar qo‘ng‘ir destruktiv chirish qo‘zg‘atuvchilaridir. Bu zamburug‘lar (Amyloporia xantha, Coriolus vaporarius) ta’sirida yog‘och mo‘rt, qo‘ng‘ir-qora tusli parchalarga uvalanib ketadi. Basidiomycota – bo‘lim Agaricomycetes, – sinf Polyporales – tartib Polyporaceae – oila Amyloporia – turkum Lignin yemiruvchi zamburug‘lar oq chirish qo‘zg‘atadi, yog‘och yumshoq, tolasimon shakl olib, yillik halqalaridan bo‘linib ketadi. Yog‘och chirishi jarayoni. Yog‘och mikroorganizmlar tomonidan chirishi murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayon chirish qo‘zg‘atuvchi organizm turi, o‘simlik turi va substrat ichidagi sharoitlar bilan bog‘liq holda kechadi. Chirishni odatda bakteriyalar va muayyan askomitsetlar boshlaydi, undan keyin o‘ta agressiv chirish qo‘zg‘atuvchilari ishga kirishadi. Bular qatoriga 1) yumshoq chirish qo‘zg‘atuvchi boshqa, jumladan, konidiyali askomitsetlar; 2) oq chirish qo‘zg‘atuvchi bazidiomitsetlar va 3) qo‘ng‘ir chirish qo‘zg‘atuvchi, nisbatan kam sonli bazidiomitsetlar kiradi. Asosiy yog‘och chirituvchilar afilloforoid turlar bo‘lsa ham, ba’zi agariklar, gasteromitsetlar hamda Auriculariales, Tremellales va Dacrymycetales tartiblari turlari ham muhim yog‘och chirituvchilardir. Kam sonli afilloforoid turlar va boshqa bazidiomitsetlar yog‘och qo‘ng‘ir chirishini qo‘zg‘atadi (“qo‘ng‘ir chirituvchilar”) va ular ko‘pincha shimoldagi ignabargli daraxtlarda uchraydi. Masalan, Shimoliy Amerikada barcha yog‘och chirituvchi zamburug‘larning taxminan 10% qo‘ng‘ir chirituvchilar bo‘lib, ularning taxminan 80% ignabargli daraxtlarni zararlaydi. Qo‘ng‘ir chirituvchi bilan zararlangan daraxtlarning qoldiqlari kub (to‘rtburchak) shaklli bo‘laklarga oson uvalanib ketuvchi bo‘lib, ular asosan tarkibi biroz o‘zgargan lignin moddasidan tashkil topadi. Qo‘ng‘ir chirish qoldiqlari “gumus” (chirindi) nomi bilan ma’lum va ular tuproqda deyarli 3000 yil saqlanishi mumkin; ular ignabargli daraxtlar ekosistemasi yangilanishi uchun o‘ta muhimdir. Ignabargli daraxtlarning urug‘lari yer tanlab, chirigan katta ignabargli daraxtlarning qoldiqlari ustida qator bo‘lib o‘sadi. Buning sababi bu qoldiqlar tuproq aeratsiyasini yaxshilashi, namlikni yaxshi ushlab turishi, ektomikoriza hosil bo‘lishi va azot fiksatsiya qiluvchi nosimbiotik organizmlar ko‘payishi uchun yaxshi sharoit yaratishi, harorat va tuproq nordonligini tartibga solishi hamda ozuqa moddalarning kationlari almashinuvini kuchaytirishidir. Oq chirish qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning uch sinfga mansub sellyulolitik fermentlari: 1) gidrolitik fermentlari, jumladan, sinergetik ta’sirga ega bo‘lgan glyukanazalari va glyukozidazalari; 2) oksidlovchi fermentlari; 3) oksidlovchi-tiklovchi fermentlari mavjud. Bularning barchasi kuchli oq chirituvchi bo‘lgan Phanerochaete chrysosporium turida mavjud. Oq chirituvchilar tomonidan lignin parchalanishi kamroq o‘rganilgan. Phanerochaete chrysosporium va boshqa oq chirituvchilar tomonidan lignin parchalanishi jarayonini substratda azot, oltingugurt va karbonsuvlar kamayishi induksiya qiladi. Lignin parchalanishida bir necha ekstratsellyular fenoloksidazalar, jumladan, lakkaza, lignin peroksidaza va marganets peroksidazalar topilgan. Bu jarayon qisman nofermentativ bo‘lishi mumkin. Qo‘ng‘ir chirituvchilar sellyuloza va gemitsellyulozani tez parchalashining mexanizmlari oxirigacha aniq emas. Bu zamburug‘larning ba’zi fermentlari aniqlangan, ammo tadqiqotlarda olingan dalillar yog‘och qo‘ng‘ir chirishi jarayoni to‘la fermentativ emasligini ko‘rsatadi. Download 300.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling