1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja
Zamburug‘larning tashqi muhit faktorlariga reaksiyasi
Download 300.5 Kb.
|
1-MARUZA.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamburug‘larning ekosistemadagi o‘rni.
Zamburug‘larning tashqi muhit faktorlariga reaksiyasi. Mikroorganizmlar sanoat materiallarida o‘sishi atrof-muhit sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq. Ammo ayrim faktorlarning hatto keng tarqalgan zamburug‘larga ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan. Tabiatda mavjud faktorlarning mikroorganizmlarga bir-biri bilan bog‘liq holdagi kompleks ta’siri undan ham kam tadqiq qilingan. Atrof-muhitning bir faktori o‘zgarishi organizm reaksiyasi boshqa faktorlarga nisbatan o‘zgarishiga olib keladi. Ammo muhitning boshqa faktorlari optimal bo‘lsa, zamburug‘ning alohida noqulay faktorga chidamliligi har doim yuksak. Biodestruktorlar rivojlana-yotgan substratning yuqori sifati zamburug‘larning ekstremal sharoitga chidamliligini oshiradi. Misol uchun, ozuqasi cheklangan substratga nisbatan o‘zlashtirilishi qulay va boy ozuqada zamburug‘lar pastroq aω sharoitida ham o‘sishi va rivojlanishi mumkin. Ozuqa mahsulotlarida 0,85 dan pastroq aω sharoitida kserofil zamburug‘lar (Chrysosporium, Eremascus, Wallemia, Xeromyces) turlari tez-tez uchraydi. Boy organik modda mavjudligida Cladosporium herbarum 8оС haroratda (sovutgich qurilmalarida) o‘sadi va rivojlanadi.
Zamburug‘larning atrof-muhit faktorlariga reaksiyasi haqidagi bilimlar amalda biodestruktorlar bilan kurashda qo‘llaniladi. Masalan, mikroorganizmlarni halok qiluvchi yuqori harorat va nurlanishning ma’lum dozalari sterilizatsiya uchun qo‘llaniladi. Taxta-yog‘ochni sun’iy yomg‘ir yog‘dirib saqlash usuli taxtani yemiruvchi va unga rang beruvchi zamburug‘lar kislorod yetishmovchiligiga sezgirligiga asoslangan. Mikroorganizmlar ko‘payish qobiliyatini butunlay yo‘qotishi kuzatiladigan harorat va namlik sharoitlari (HNN 50-70%, harorat 12-18оС) materiallarni tashkilotlarning omborxonalari, kutubxona-lar, muzey va fondlarda saqlash uchun ko‘rsatma (instruksiya)lar tayyorlashda qo‘llaniladi. Zamburug‘larning ekosistemadagi o‘rni. Zamburug‘lar materiallarni turli xil ekologik sharoitlarda shikastlaydi va ko‘pincha bu jarayonlar tabiatda to‘xtovsiz umumiy modda aylanishining tarkibiy qismlaridir. Zamburug‘lar uchun to‘kilgan barg, novda, shox va to‘nkalar har doim o‘zlashtiriladigan substratlardir. Inson yaratgan sharoitlarda ular birinchi navbatda o‘simliklardan tayyorlangan materiallar – yog‘och-taxta, qog‘oz va gazlamada rivojlanadi. Tabiatdagi kabi bu materiallar zararlanishi o‘choqlarida ma’lum ekosistemalar paydo bo‘ladi. Ularda modda aylanishi va organizmlarning bir-biri va atrof-muhit bilan energiya almashinuvi o‘rin oladi. Shu bilan birga, zararlangan materiallarda paydo bo‘ladigan biologik sistemalarning strukturasi oddiyroq va materiallarda tabiiy biotsenozning faqat ayrim namoyandalari mavjud bo‘lishini nazarda tutish lozim. Undan tashqari, bunday ekosistemalar uchun, ayrim organizmlar rivoji uchun yaxshiroq sharoit yaratuvchi, qisqargan ozuqa zanjirlari va zaiflashgan o‘z-o‘zini regulyatsiya qilish xarakterlidir. Zararlangan materiallar plastmassa, rezina, metall, shishalarda o‘tadigan jarayonlarning tabiiy sharoitlarda kuzatiladigan biotsenotik munosabatlardan farqi katta. Hozirgi davrda bu zamburug‘lar uchun nisbatan yangi, materiallarda mikroorganizmlarning barqaror komplekslari mavjudligi, lekin har bir biotsenozning o‘z tarixi, areali, tuzilishi, o‘ziga xosligi va mustaqilligining belgilari bo‘lishi shartligi adabiyot ma’lumotlarida keltirilgan. Biroq biodestruktor zamburug‘lar ekologiyasining ba’zi umumiy qonuniyatlari ustida to‘xtalish lozim. Organizmlarning har bir ekosistemadagi o‘rni birinchi navbatda ular orasidagi trofik munosabatlar bilan belgilanadi. Biozararlanish qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar geterotrof saprotroflar guruhiga kiradi. Ular substrat bilan yaqindan bog‘langan, ozuqa moddalarini shimish uchun katta sathga ega, metabolitlari vositasida atrof-muhitga faol ta’sir qiladi. Barchasi geterotrof bo‘lsa ham, ozuqaga talabi bo‘yicha mikodestruktorlar juda xilma-xil. Substratga munosabatiga asoslanib ular 2 guruhga – spetsifik va nospetsifik saprotroflarga bo‘linadi. Nospetsifik saprotroflar qatoriga har xil substratlarda yashovchi polifag zamburug‘lar kiradi. Ulardan sanoat materiallarida Aspergillus, Penicillium, Trichoderma, Alternaria va Fusarium turkumlarining namoyandalari ko‘p rivojlanadi. Bu turlar faol biokimyoviy faoliyatga imkon yaratuvchi va natijada materiallarni yemiruvchi har xil fermentlarini katta miqdorlarda hosil qiladi. Shu bilan birga harorat, namlik, boshqa ozuqa manbalari mavjud yoki mavjud emasligi kabi bir qator sharoitlar bilan bog‘liq holda, hatto bir turga mansub zamburug‘ uchun ham ozuqa sifatida ma’lum bir birikma har xil bahoga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun ba’zi janubda tarqalgan Monoverticillata seksiyasiga mansub Penicillium turlarida, shimolda dominant bo‘lgan Assymmetrica seksiyasiga kiruvchi Penicillium turlariga nisbatan kislota hosil qilish va sellyuloza parchalash qobiliyati kam. Janub turlariga nisbatan shimoliy mintaqalardan olingan izolyatlarning katalaza faolligi yuqoriroq. Mikroorganizmlar tarqalishining o‘ziga xos ekologo-geografik xususiyatlari va turli tuproq-ekologik zonalarida mavjud bo‘lgan zamburug‘larning biologik jarayonlari faolligidagi farqlari har xil mamlakatlarning laboratoriyalarida tadqiqot uchun tanlab olinadigan mikroorganizmlar turlari tarkibini aniqlashda aks etadi. Misol uchun mamlakatlarda quyidagilar eng agressiv turkum va turlar hisoblanadi: Germaniyada Alternaria alternata, Chaetomium globosum, Cladosporium herbarum; G‘arbiy Afrika va G‘arbiy Hindistonda C. herbarum, Phoma, Alternaria, Trichoderma, Penicillium; Yaponiyada C. herbarum, Aureobasidium pullulans, Trichoderma. Angliyada tashqi qoplamalarni yemirishning 85% dan ko‘pini Aureobasidium pullulans, Diplodia, Alternaria, Trichoderma turlari qo‘zg‘atadi. Materiallarda biozararlanish qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar ekologiyasini o‘rganish sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘pchiligi u yoki bu materialda uchraydigan turlar to‘plamini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Hozir biodestruktor zamburug‘lar turlarining tarkibi ancha to‘la aniqlangan. Bu ma’lumotlar asosida, biodestruktor zamburug‘larning tabiatda doim uchraydiganlari va faqat ayrim ekologik sharoit uchun moslashganlari mavjud, degan xulosa qilish mumkin. To‘da va senozlar hosil qiluvchi zamburug‘lar populyatsiyalari bilan materiallar zararlanishi va keyinchalik yemirilish jarayoni oxirgi davrlarda ancha keng tarqalmoqda. Buning sababi zamburug‘larning o‘ziga xos bir qator biologik xususiyatlari mavjudligidir. Download 300.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling