1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja
Download 300.5 Kb.
|
1-MARUZA.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Substrat namligi
Muhit nordonligi. Ko‘p sanoat materiallari (qog‘oz, shisha, pergament va h.), ularning tarkibi va qaysi maqsadda ishlatishga mo‘ljallanganligiga ko‘ra, nordon yoki ishqorli bo‘lishi mumkin. Masalan, nam sharoitdagi shisha ustidagi suv pardasining reaksiyasi, shishaning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq holda, рН 5,5 dan рН 9,0 gacha bo‘lishi mumkin.
Muhitning faol nordonligi zamburug‘larning o‘sishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir organizm eng yaxshi rivojlanishi uchun рН ning optimal doirasi mavjud. Misol uchun, taxta-yog‘och yemiruvchi zamburug‘lar (Fomes roseus, Serpula lacrymans, Coniophora cerebrella) uchun optimal рН 3,0, uning ustki chegarasi esa рН 7,0-7,7. Agar рН optimumdan u yoki bu tomonga siljisa zamburug‘lar o‘sishi qiyinlashadi. Juda nordon yoki juda ishqorli reaksiya zamburug‘larning ko‘pchiligi uchun zaharli. Ulardan yuqori yoki kam bo‘lganida zamburug‘larni o‘sishdan to‘xtatadigan рН ning ustki va pastki chegaralari 1,0 va 11,0 ga teng. Zamburug‘larning ko‘pchiligi ozroq nordon (рН 5,0-6,0) sharoitda yaxshi rivojlanadi. Kuchli nordon (atsidofillar) va kuchli ishqorli (alkalofillar) sharoitda rivojlanuvchi organizmlar kam uchraydi. Faqat ba’zi zamburug‘lar 2,5 н. H2SO4 va HCL kislotalarida rivojlanganligi ma’lum. Ular obligat atsidofillardir. Substrat namligi. Namlik shimishga qodir bo‘lgan har qanday substrat (material) havo bilan namlik muvozanatida bo‘ladi. Agar havo namligi oshsa, material namlikni oladi, agar pasaysa – beradi. Zamburug‘lar past haroratda (– 80оС va pastroq haroratga) hayotchanligini saqlashini farqlash lozim. Bunday biologik ekstremal sharoitlar qisqa vaqt davomida tabiatda ham sanoatning ba’zi jarayonlarida uchraydi. Bunday hollarda hujayraning muzlash va erish jarayonlarining tezligi hal qiladi, chunki hujayra halok bo‘lishi, birinchi navbatda, hosil bo‘ladigan muz kristallarining shakli va kattaligiga bog‘liq. Muzlatish asta-sekin amalga oshganida, rekristallizatsiya sababli, hujayra ichi va tashqarisidagi muz kristallari kattalashadi, bu esa hujayra hayotiga eng katta xavf tug‘diradi. Juda ham tez muzlatishda bu xavf kamayadi, chunki bunda amorf muz hosil bo‘ladi. Ekstremal past (– 269оС) haroratlarga chidamlilik Stemphylium sarcinoforme, S. ilicis, Curvularia geniculata ва Cladosporium cladosporioides turlarida mavjudligi aniqlangan. Nurlanishlar ionlanmovchi va ionlovchi bo‘lishi mumkin. Birinchi xiliga quyosh radiatsiyasi, ikkinchisiga esa materiallardan o‘tganda ularning atomlari yoki molekulalarini ionlovchi zarrachalar va kvantlarning elektromagnit oqimlari kiradi. Ionlovchi nurlar Yerga kosmik nurlar shaklida yetib keladi, atom yadrolari radioaktiv parchalanishida hosil bo‘ladi (- ва -zarrachalar, -nurlanish) yoki sun’iy yaratiladi (elektromagnit nurlanish, -, rentgen va ultrabinafsha nurlanishlar). Yer kurrasida hayotning birinchi shakllari qisqa to‘lqinli ultrabinafsha (UB) radiatsiyaning yuqori dozalari ta’sirida bo‘lgan. Bora-bora kislorod ajralishi va atmosferada ozon qatlami hosil bo‘lishi natijasida quyoshning qisqa to‘lqinli nurlanishidan himoya qiluvchi ekran paydo bo‘lgan. Hozirgi davrda, yadro reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladigan nurlanishning yuqori dozalari ta’sir qilish xavfi mavjud. Bu inson faoliyati natijasidir. Ko‘p zamburug‘larda misol uchun askomitset va gimenomitsetlarda fototropizm mavjudligi ko‘rsatilgan. Ularning o‘ziga xos mexanizmlari spora hosil qiluvchi organlarini yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum vaziyatga joylashtirishga imkon beradi. Xira yorug‘likda (misol uchun shaxtalarda) gimenial qatlami bo‘lmagan g‘ayri oddiy uzun meva tanalari hosil qilishi asosida taxta-yog‘ochni yemiruvchi zamburug‘larning gifalari ham ijobiy fototropizmga ega bo‘lishi taxmin qilinadi. Yorug‘lik pigment hosil bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkin. Yorug‘lik ta’sirida Fusarium moniliforme, Phoma sp., Penicillium sclerotiorum, Bipolaris victoriae turlarining mitseliy va konidiyalari to‘qroq tus oladi. Shu sababdan, soyaga nisbatan yorqin yorug‘lik ta’sirida qolgan materiallarda nomaqbul dog‘lar hosil bo‘lish xavfi ko‘proq. Download 300.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling