1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja


Download 300.5 Kb.
bet2/16
Sana11.02.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1188701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-MARUZA.

2. Biozararlanishlar tushunchasi va predmeti, biozararlanishning kelib chiqish sabablari va ekologo-texnologik konsepsiyasi, hamda biozararlanish-ning ikkiyoqlamali xususiyati. “Biozararlanishlar” tushunchasi inglizcha “biodeterioration” so‘ziga to‘g‘ri keladi. Bu tushuncha xalqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarni belgilash uchun yuzaga keldi, masalan, The Biodeterioration Society – Biozararlanishlar bo‘yicha Xalqaro Jamiyat.
Mashhur olim Van der Kerk biozararlanishga quyidagiga ta’rif beradi: biozararlanish - organizmlar hayot faoliyati tufayli yuzaga kelgan materiallar xususiyatlaridagi o‘rinsiz o‘zgarishlardir. Rus olimi G.I.Karavayko bu tushunchani kengaytirib biozararlanish deganda organizmlar faoliyati tufayli materiallar xususiyatlarida sodir bo‘ladigan kerakli va keraksiz o‘zgarishlarni atashni taklif etgan. Ikkala tushuncha ham organizmlar zararlaydigan obyektlarni xilma-xilligini to‘liq qamrab ololmaydi.
Dastlab bu termin organizmlarni materiallar, buyumlar yoki texnik xomashyolarning funksional va strukturaviy xususiyatlariga salbiy ta’sirini belgilash uchun foydalanilgan.
Keyinchalik bu ifoda bir necha bor o‘zgargan, ya’ni turli soha va fan mutaxassislari istaklariga mos ravishda toraygan yoki kengaygan.
1 - rasm. Biozararlanish vaziyati shakllanishida biotsenotik
munosabatlar - faktor sifatida (V.Ilichev va boshqalar, 1987).
Xususan, ma’lum bir davrda bu tushunchaga organizmlarni foydali faoliyatlari ham kiritilgan, ya’ni eskirgan material va buyumlarni biozararlovchilar tomonidan yemirilishi va utilizat-siyalanishi. Bu tendensiya, ayniqsa, 1975-yil Kingstonda (AQSH) biozararlanishlar bo‘yicha o‘tqazilgan III Xalqaro simpoziumda o‘z yorqin ifodasini topdi.
Shuni hisobga olib, biozararlanish tushunchasini biz tirik organizmlar faoliyati va ishtiroki bilan, kelib chiqishi antropogen yoki xomashyo sifatida foydalaniladigan tabiiy obyektlarni strukturaviy va funksional xarakteristikasi o‘zgarishini vujudga keltiradigan holatlarga tadbiq qilamiz.
Biozararlanishlarning manbai deb material, buyum, inshoot, tabiiy homashyolarga hujum qiluvchi va ularning xossalarini inson uchun nomaqbul qiluvchi organizmlarga ataladi. Bunday organizmlar biozararlanish agentlari yoki zararlantiruvchi organizmlar deb ham yuritiladi.
Inshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan zararlanganda foydali xususiyatlarini yo‘qotadilar. Ularni biozararlanish obyektlari yoki biozararlanadigan obyektlar deyiladi.
Biozararlanishning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Biozararlanish hamisha, qanday bo‘lmasin, to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bir tomondan atrof-muhit bilan bog‘langan.
Shunday qilib biozararlanish – bu bir vaqtning o‘zida ham ekologik, ham antropogen-texnologik ko‘rinishdir. Aynan bu prinsipial muhim vaziyat biozararlanish konsepsiyasi ekologo-texnologiya asosini tashkil qilib (Ilichev, 1978, 1979), uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat bo‘ladi. Biozararlanish ikkita asoslarning o‘zaro munosabatlari natijasida vujudga keladi va yashaydi; birinchi ekologik faktorlar bilan va boshqalari antropogen-texnologik faktorlar bilan bog‘langan. Agarda biz ularning birortasini chiqarib tashlasak, unda shu bilan real ahvolni noto‘g‘ri talqin qilamiz va bizning tushunchamiz to‘liqlik va tugaganlikka da’vogar bo‘la olmaydi, chunki shu bilan biozararlanishning eng muhim xususiyatini yo‘qotgan bo‘lamiz.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling