1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja
Bakteriya va zamburug‘larning biosferada tutgan o‘rni, litotrof va organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari
Download 300.5 Kb.
|
1-MARUZA.
3. Bakteriya va zamburug‘larning biosferada tutgan o‘rni, litotrof va organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari. Bakteriya va zamburug‘larning biosferada tutgan o‘rni. Metallar, metall tuzilmalar va buyumlar biozararlanishini biokorroziya yoki metallarning mikrobiologik korroziyasi, deb ataladi. Qo‘zg‘atuvchi turiga qarab, “zamburug‘ korroziyasi” va “bakteriya korroziyasni” ham deb ataladi. Adabiyot ma’lumotlarida “biokorroziya” atamasi metall bo‘lmagan materiallar uchun ham ishlatiladi. Biozararlanish – bu barcha tirik organizmlar singari mikroorganizmlar ta’sirida materiallarning yemirilishidir. Mikroorganizmlar ta’sirida yog‘ochlarning zararlanishini o‘rganish XIX asrda boshlangan bo‘lsa, qog‘oz, kitob va hujjatlar zararlanishi XX asrning boshlarida, sanoatda qo‘llaniladigan materiallarning zamburug‘lar bilan zararlanishi XX asrning o‘rtalarida tadqiq qilina boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra ikkinchi jahon urushi yillarida tropik mintaqalarda har xil mamlakatlar armiyalarining ko‘p aslaha-anjomlari mikroorganizmlar ta’sirida yo‘qotilgan. Shu sababdan, masalan, Yangi Gvineyada Avstraliya armiyasining brezent, chodir, kiyim, oyoq kiyim, rezinadan tayyorlangan buyumlar, elektr asbob-uskunalar, radiostansiyalari butunlay yaroqsiz holga kelganligi aniqlangan.
Mikroorganizmlar boshqa organizmlarga qaraganda temperaturaga ancha chidamli bo‘ladi. Ular orasida turli xil haroratda yashashga moslashgan psixrofillar, mezofillar va termofillar uchraydi. Shuning uchun mu’tadil iqlimda zamburug‘lar sanoat materiallarini ishlab chiqarish davrida yuqori namlik va harorat bo‘lishi talab qilinganda, materiallarni qo‘llash, saqlash va tashish paytidagi qoidalarga rioya qilmaslik natijasida zararlaydi. Tropik va subtropik iqlimda zamburug‘lar tez rivojlanadi, demak ular keltiradigan zarar ham juda katta bo‘ladi. Materiallarga mikroorganizmlardan zamburug‘lar katta zarar yetkazishi aniqlangan. Ular barcha tabiiy, ko‘p sintetik materiallarni va hatto po‘lat va temirbetondan tayyorlangan murakkab inshootlarni, barcha yonilg‘i turlari, lak, bo‘yoq, madaniyat va san’at yodgorliklari va obidalarini, boshqa ko‘p jihoz va buyumlarni zararlaydi. Zamburug‘lar bilan materiallar zararlanishi ularning tuzilishi bilan bog‘liq. Birinchi navbatda ichida zamburug‘lar uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladigan moddalar (tabiiy tolalardan tashkil topgan to‘qimalar, yog‘och, oqsilli yelimlar, uglevodlar) mavjud bo‘lgan materiallar zararlanadi. Zamburug‘lar bu materiallarni karbon va energiya manbai sifatida qo‘llaydi va yaroqsiz holga keltiradi. Shu bilan birga, tarkibida biror ozuqa moddalari bo‘lmagan materiallar (masalan, metall va nometall buyumlar, optik jihozlar) ham zararlanadi. Yaqqol misol – durbin shishasi ustida mitseliy o‘sishi jihozni darhol yaroqsiz holga keltiradi. Bunday hollarda materiallar zararlanishining sabablari: 1) ular havodan tushadigan chang va zamburug‘ sporalari bilan ifloslanishi; 2) materiallarning bir-biri bilan kontaktda bo‘lishi, masalan, zamburug‘ bilan oldin jihoz g‘ilofi zararlanishi va keyin shishaga o‘tishi va h. bo‘lishi mumkin. Shisha ustidan mog‘orni tozalab ketkizgandan so‘ng ham uning ustida mitseliyning botiq “rasmi” (izi) qoladi; bu zamburug‘ metabolitlari (asosan organik kislotalari) ta’sirida shisha yemirilishi natijasidir. Download 300.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling