1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja


Azotni qabul qilishiga qarab bakteriyalar ikki guruhga


Download 300.5 Kb.
bet6/16
Sana11.02.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1188701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-MARUZA.

Azotni qabul qilishiga qarab bakteriyalar ikki guruhga aminoavtotroflar va aminogeterotroflarga bo‘linadi. Aminoavtotroflar aminokislotani sintezlovchilar, aminogeterotroflar azotni organik birikmalardan – aminokislota, murakkab oqsildan oladi. Ularga barcha patogen bakteriyalar va ko‘pgina saprofitlar kiradi.
Energiya manbasi sifatida yorug‘likdan foydalanuvchi bakteriyalar fototrof bakteriyalar, energiya manbai bo‘lib, har xil organik va anorganik moddalardan foydalanuvchilar xemotrof bakteriyalar guruhini tashkil qiladi. Energetik jarayonda elektronlar donori sifatida anorganik moddalarni qo‘llovchi organizmlar litotroflar, organik moddalarni o‘zlashtiruvchilar esa organotroflar deb ataladi, anorganik moddalar (Н2, NН3, Н2S, Feҳ2, С02) va boshqalar bo‘lsa – litotroflar (grekcha litos so‘zi tosh degan ma’noni bildiradi), tayyor organik moddalarni o‘zlashtiruvchilar – organotroflar deb ataladi. Biozararlovchi organizmlar sifatida bakteriyalar alohida guruhlarining energiya va uglerod manbalari hamda elektron donorlarini qo‘llay olishi bilan bog‘liqdir. Metallar korroziyasini qo‘zg‘atishda qatnashuvchi bakteriyalarning ko‘pchiligi xemotroflardir.
Xemotrof bakteriyalarning sanoat va korxona materiallarining bioyemirilishi yoki bioparchalanishi jarayonida quyidagi xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi: ko‘p bakteriyalar tashqi muhitdan organik modda olmasdan hayot kechira olishi; ba’zi bakteriyalar tashqi muhit ta’sirida ham hayotchanligini yo‘qotmasligi, jumladan, yuqori harorat (800C, ba’zan undan ham yuqori) va bosimga hamda рН ning kuchli nordonlik yoki ishqorlikka va kislotaliga chidamlidir.
Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari ko‘pgina bakteriyalari turlarning birgalikda biokorroziyaga olib keladigan biokorroziya jarayoniga jalb qilingan. Anorganik xususiyatga ega bo‘lgan sanoat materiallarining biologik jihatdan yaxshilanishi bilan ko‘plab bakteriyalarning xususiyati atrof muhitdan organik moddalarni ishlatmasdan mavjud bo‘lgan rolni o‘ynaydi. Anorganik moddalarni energiya manbai sifatida ishlatadigan bakteriyalar litotrofik guruhga kiradi. Ushbu bakteriyalar guruhi mineral birikmalarning oksidlanishi paytida energiya oladi, ya’ni u kimyoviy avtotroflardir. Ushbu bakteriyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ulardan biozararlanishning eng faol qo‘zg‘atuvchilari sulfattiklovchi, tion, nitrifikator va temir bakteriyalaridir. Ular qo‘zg‘atadigan metallar korroziyasi, beton, tosh, g‘isht va boshqa materiallar yemiradi.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling