1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja


- rasm. Biozararlanish vaziyati shakllanishida antropogen va ekologik


Download 300.5 Kb.
bet3/16
Sana11.02.2023
Hajmi300.5 Kb.
#1188701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-MARUZA.

2 - rasm. Biozararlanish vaziyati shakllanishida antropogen va ekologik
komponentlarning o‘zaro munosabatlari (V.Ilichev va boshqalar, 1987).
Ekologik va texnologik komponentlarning murakkab o‘zaro ta’siri dinamikasida biozararlanishning ko‘rinishi deb ta’riflaydi. Dinamikaning harakati va yo‘nalishi shu o‘zaro ta’sir bilan aniqlanadi. Buning ustiga inson va uning ish faoliyati natijalari bu o‘zaro ta’sirda atrof muhitning bir qismi bo‘lib ishtirok etadi, vaholanki, muhitning o‘zi, biozararlanish uchun muhim ekologik faktorlar orqali bevosita ifodalanib, biozararlanish jarayonining ishtirokchisi bo‘lib qoladi.
Inson o‘zining ish faoliyati natijasida atrof muhitni, qo‘llari yordamida yaratgan mahsulotlar bilan to‘ldirib, o‘zgartiradi va beixtiyor o‘zi istamagan holda biozararlanishning yuzaga keltirishda ishtirokchiga aylanadi. Bu jarayonga u faol qatnashib bir xil hollarda uni tartibga soladi, boshqa hollarda uni stixiyali ravishda o‘tishiga yo‘l qo‘yadi, uchinchi hollarda esa organizmlar tomonidan keltirilgan ziyonni kamaytirishga va moddiy talofatni qisqartirishga intilib, faqat qisman unga ta’sir ko‘rsatadi.
Biozararlanish inson bilan biosfera o‘tkir munosabatlari to‘qnashuvida vujudga kelib, eng avval inson manfaatlarini ko‘zda tutgan holda o‘z yechimini talab qiladi.
S hu nuqtai nazardan biosfera tomonidan biozararlanish reaksiyasining sababi kelib chiqish antropogen obyektlari bilan muhitning to‘ldirilishi, uning ifloslanishi va oqibatda “o‘z-o‘zini tozalash” ko‘rinishidagi javobidir.
3 - rasm. Biozararlanishdan himoyalanishning
asosiy yo‘nalishlari (V.Ilichev va boshqalar, 1987).
Ekologik va antropogen-texnologik komponentlar buning ustiga bir-biriga o‘zaro kirishib va bir-biri bilan shunchalik o‘zaro tig‘iz ta’sir qiladiki biozararlanishni vujudga keltirishning alternativ sababi sifatida ularni alohida qarash mumkin emas. Sababi bu komponentlarning o‘zaro ta’siri va aynan uning biozararlanish to‘g‘risidagi bizning ekologik va bir vaqtning o‘zida antropogen tabiati ko‘rinishidagi murakkab hodisa sifatida tushunchamizning butunligini ta’minlaydi.
Biozararlanishning ikki yoqlama tabiatini e’tiborga olib ekologo-texnologik konsepsiya ta’kidlashicha e’tiborni quyidagi, ularning vujudga kelishi va o‘tish jarayonida sodir bo‘lgan, muhim hodisalarga qaratadi.
1. Zararlovchi turlarning ro‘yxati kabi zararlanuvchi obyektlarning tarkibi ham xar doim o‘zgarib turadi.
2. Yuzaga kelgan vaziyat faktorlar har bir daqiqada biozrarlanish xususiyatini faqat ma’lum bir turning populyatsiyasida namoyon qilsa, va holanki boshqalari indifferent bo‘lishi mumkin. Boshqa bir holatda ko‘rinish o‘zgarishi mumkin, o‘shanda birinchilari biozararlanishning yashirin agentlariga o‘tadi, ikkinchilari esa shubhasiz zararkunadalar rolini o‘ynaydi.
3. Biozararlantirish xususiyatlarini o‘tishida atrof-muhit ko‘p qirrali tabiiy-mintaqaviy va iqlimiy faktorlardan boshlab va tirik organizmlarning mavsumiy va sutkalik bioritmlarigacha bo‘lgan muhim ekologik sharoitlar faollik ko‘rsatadi.

Download 300.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling