1-mavzu: kirish. Biozararlanish fanning maqsad va vazifalari biozararlanish ekologik – texnologik muammo sifatida. Bakteriya va zamburug‘lar – biozararlanish manbaalari. Reja
Biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari
Download 300.5 Kb.
|
1-MARUZA.
Biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari. Zamburug‘larning ba’zi morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari ular biozararlanishni qo‘zg‘atuvchi organizmlar orasida dominant vaziyatni egallashi uchun imkon yaratadi.
Materiallar zararlanishi uchun atrof-muhitda mikroorganizmlar bo‘lishi lozim. Zamburug‘lar yer kurrasining barcha qismlarida, tuproq, suv va havoda juda keng tarqalgan. Biozararlashda mikroorganizmlar orasidagi zamburug‘larning dominant roli ularning juda boy fermentativ apparati ta’minlaydigan metabolik xususiyatlari bilan bog‘liq. Zamburug‘lar invertaza, amilaza, proteaza, lipaza, fosfataza, tannaza, (-aminokislotalar oksidazasi, pektin fermentlari, polifeniloksidaza, katalaza, sellyulazalar kompleksi va boshqa fermentlarni hosil qiladi. Boshqa mikroorganizmlarga nisbatan zamburug‘larning fermentativ apparati juda boy. Uning vositasida zamburug‘lar boshqa mikroorganizmlar ishlata olmaydi-gan substratlarda ham har xil kimyoviy o‘zgartirishlar yuzaga keltiradi va bunday substratlarni o‘zlashtiradi. Shu sababdan ular har qanday sanoat uskunasini o‘z vaqtidan oldin ishdan chiqara oladi. Polifag zamburug‘larning xilma-xil substratlarda o‘sa olish qobiliyati hozirgi davrda zamburug‘lar bilan zaralanish miqyosi o‘ta xavfli darajalarga yetganidan dalolat bermoqda. Tur ichidagi populyatsiyalar (shtamm, irqlar) ning sistemasi juda harakatchan. Populyatsiyadagi u yoki bu shtammning miqdori atrof-muhit o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi. Bunday holat, misol uchun zamburug‘larga substrat sifatida xizmat qiluvchi material boshqa harorat va yoki namlik sharoitiga tushganda kuzatiladi. Bunda ba’zi shtammlar halok bo‘ladi, boshqalari esa ko‘proq rivojlanadi. Umuman yangi shtammlar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ekstremal ekologik sharoitlar yoki materiallarni himoya qilish uchun qo‘llaniladigan biotsidlar bunday yangi hosilalar paydo bo‘lishining induktorlari bo‘ladi. UB va gamma nurlarining mutagenlik xusu-siyati borligi ma’lum; biotsidlar ta’sirida Penicillium verrucosum var. cyclopium, A.niger va boshqa turlarning morfologik-kultural va fiziologik xususiyatlari o‘zgarishi xabar qilingan. Ekologik nuqtai nazardan zamburug‘lar organizmlarning juda o‘zgaruvchan va harakatchan guruhidir. Zamburug‘lar o‘zgaruvchanligi mexanizmlaridan biri – geterokarioz. Atrof-muhit sharoitlari o‘zgarishiga javoban geterokariotik mitseliyda u yoki bu tipga mansub yadrolar soni o‘zgarishi va natijada atrof-muhitning o‘zgargan sharoitiga zamburug‘ moslashishi mumkin. To‘xtovsiz yangi materiallar yaratilishi va yangi biotoplar paydo bo‘lishi jarayonida zamburug‘larning bu xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhit sharoitlarining keng diapazondagi o‘zgaruvchanligiga moslashishida biodestruktor zamburug‘lar xususiyatlarining xilma-xilligi faqat ularning morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari bilangina cheklanmaydi. Ammo ular nima sababdan tabiiy va sun’iy yaratilgan materiallar bioparchalanishida zamburug‘lar dominant rol o‘ynashi haqida tasavvur beradi. Mikroorganizmlar ta’sirida ro‘y beradigan bioyemirilishlar bakteriyalar va zamburug‘lar ta’sirida amalga oshadi. Mikroorganizmlarning bir guruhi o‘z hayoti natijasida ikkinchi bir guruh uchun substrat hozirlaydi. Bu jarayonda alohida mikroorganizmlar orasida yangi munosabatlar paydo bo‘ladi va asta-sekin mikroorganizmlarning har bir alohida turining hayotchanligini saqlashi va moslashishini ta’minlovchi, bir-biriga bog‘liq jamoalari shakllanadi. Bu juda ko‘p faktorlar ishtirok etadigan murakkab jarayondir. Bu faktorlardan eng muhimi substratdir, chunki mikroorganizmlar jamoasi (jamiyati) va biotsenoz kabi o‘zaro bog‘langan funksional birliklar substratda shakllanadi. Shakllanish jarayonida ekologik faktorlar muhim rol o‘ynaydi. A.Y. Lugauskasning tadqiqotlari natijalariga binoan, har xil ekologik sharoitda ayni bir materialda mikroorganizmlarning har xil guruhlari shakllanadi. Yuqorida keltirilgan faktlar asosida, mikrobiologik shikastlanish bilan kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida zararlanuvchi materiallarda zamburug‘ va bakteriyalarni o‘z ichiga oluvchi va har xil ekologik sharoitlarda o‘zgaruvchi assotsiatsiyalar paydo bo‘lishi mumkinligini har doim diqqat markazida tutish lozim. Download 300.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling