1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja


Download 2.17 Mb.
bet2/15
Sana25.10.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1719414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Na\'matak

Manzarali va dorivor na'matak.
Na'matak yoki yovvoyi atirgul deb ataladigan buta o’simligi yer yuziniing deyarli hamma yerida, shu jumladan, O'zbekistonda ham juda ko’p tarqalgan. Na'matak joy tanlamaydi, u ko’pincha daryo yoqalarinda, yaylovlarda, o'rmon chetlarida butazorlar hosil qilib o’sadi. Uning 100 dan ortiq turi bor, gullari oq, pushti yoki qizil rangda bo'ladi.
Na'matakning ko'plab turlari manzarali o’simlik sifatida shaharlarni ko’kalamzorlashtirish maqsadida ekiladi, boshqa turlaridan bo'lsa shifobaxsh dorivor o’simlik sifatida foydalaniladi. Na'matak injiq o’simlikler safiga kirmaydi. Shu sababli bitta o'rindan ikkinchi joyga o’tkazib ekish mumkin. Na'matakning ba'zi turlari tikanli, ba'zi birovlari mayda yoki yirik gulli, boshqalari muattar hidi bilan ajralib turadi.
2. Mavzu : Na’matak o’simligining bioekologik xususiyatlari.
Reja :
1. Na’matak o’simligining geografik tarqalishi.
2. O’simlik turlarining bioxilma-xillikdagi o’rni.
Na’matak - Rosa (cynosbatum) XI DF siga ko’ra mahsulot askorbin kislotani miqdori bo'yicha standart talabini qondira oladigan na’matakning quyidagi turlaridan tayyorlanadi :
Begger na’matagi — Rosa beggeriana Schrenk.
Burushqoq na’matagi — Rosa rugosa Thunb.
Dauriya na’matagi — Rosa davurica Pall.
Itburun na’matagi — Rosa canina L.
Fedchenko na’matagi — Rosa fedtschenkoana Regel.
Qo’qon na’matagi — Rosa kokanica (Regel.) Regel. ex Juz. va b. q. lar
Ranoguldoshlar — Rosaceae. Na'matak turlari bo'yi 2 m ga etadigan tikanli buta. Butasi egiluvchan bo'lib, yaltiroq qo’ng’ir -qizil yoki qizil -jigarrang rangli qobiqli va tikanlar bilan o'ralgan. Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Bargchasi tuxumsimon shaklli va arrasimon qirrali. Gullari yirik, bitta yoki 2-3tadan shoxlarga o’rnashgan. Guli qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, xushbuy hidli. Gul oldi yaproqlari lantsetsimon. Kosacha bargi va tojbargi 5 tadan, otalik va onaliklar ko'p sonli. Mevasi - gul o’rnidan hosil bo’luvchi shirali soxta meva. Ichida onaliklaridan hosil bo’lgan bir nechta haqiqiy meva - yong'oqchalar bor. Yong'oqcha o'tkir uchli, sertuk bo'lib, burchaksimon shaklga ega. May oyidan e'tiboran, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust -sentyabrda pishadi. Na'matak turlari o'rmonlarda, zovur bo'yida, butalar orasida, tog'larding quruq toshloq yon bag’irlarida va boshqa yerlarda o'sadi.
Na'matakning ayrim turlari bir-biridan mevasining, novda qobig’idagi tikanning rangi, shakli, katta-kichikligi va novdadagi tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling