1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja


Download 2.17 Mb.
bet6/15
Sana25.10.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1719414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Na\'matak

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot har xil shakldagi (sharsimon, tuxumsimon yoki cho’ziq-tuxumsimon) va katta-kichiklikdagi (uzunligi 0,7-3 sm, diametri 0, 6-1, 7 sm), to'q sarǵish-qizil yoki to'q qizil rangli soxta mevadan iborat. Soxta mevaning uchki tomonida teshikchalari bor (gulkosachasidan tozalangannan so'ng h'osil bo'ladi ). Mahsulotning ustki tomoni yaltiroq, burishgan, ichki tomoni bo'lsa qo’ng’ir. Yong'oqchalari (haqiqiy mevasi ) qattiq, sariq rangli, burchakli bo'lib, oq tuklar bilan o'ralgan. Mahsulot hidsiz, ustki devori nordon-shirin, biroz burishtiruvchi mazaga ega.
XI DFga ko'ra butun mah'sulot uchun : namligi 15%, umumiy kuli 3%, namatak boshqa bo'limlariniing qo'shmalari (poya, yaproq, kosachabarg va meva bandlari ) 2%, qoraygan, kuygan, hasharotlar bilan zararlangan mevalar qo'shmasi 1%, teshigining diametri 3 mm li elakdan o'tuvchi maydalangan mevalar, shu jumladan, ayrim yong'oqchalar 3%, organik qo'shmalar 0, 5% va mineral qo'shmalar 0, 5%dan oshmasligi zarur. Qirqilgan mahsulot uchun : namligi 15%, umumiy kuli 3%, tuklardan va yong'oqchalardan tozalanmagan meva bo'lagi 5%, yong'oqchalar, tuklar, gul bandi va butun mevalar qo'shmasi 0, 5%, qoraygan, kuygan va hasharotlar bilan zararlangan bo’limlari 1%, organik qo'shmalar 0, 5% va mineral qo'shmalar 0, 5% dan oshiq bo'lmasligi zarur.
XI DF ga ko'ra xolosas, karotolin va sharbat tayyorlanadigan mahsulot tarkibida organik kislotalar miqdori 2,6% dan kam bo'lmasligi, namligi 15% dan, umumiy kuli 4% dan, na’matakning boshqa bo'limlari (shoxchalar zarrachalari, gul kosachasi va meva bandi) 2%dan, qoraygan, kuygan, hasharotlar bilan zararlangan va kasallangan mevalar 3%dan, teshigining diametri 3 mm bo'lgan elakdan o'tuvchi meva zarrachalari, xususan, yong'oqchalar 3% dan, pishmagan (yashil rangdan sariq ranggacha bo'lgan ) mevalar 5%dan, organik qo'shmalar 0, 5%dan va mineral qo'shmalar 0, 5%dan oshmasligi zarur.
Xolosas preparati asosan itburun na'matak mevasidan, karotolin preparati va sharbat na'matakning hamme turlari mevasidan tayyorlanadi.


Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling