1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja


Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati


Download 2.17 Mb.
bet8/15
Sana25.10.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1719414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Na\'matak

Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. Na'matak mevalarini terish odatda avgust oyining oxirlaridan boshlanib, sovuq tushgunga qadar davom etadi. Na'matak mevalari quritgichlarda 80-90̊C temperaturada quritiladi. Ularni xavo yaxshi aylanadigan angarlarda yupqa qilib yoyilgan holda va tez-tez aylantirib turib quritish mumkin.
Itburun na’matagi va uning boshqa turlariga farmatsevtika sanoatida talab katta.
Kam vitaminli na'matak turlari mahsulotida kosachabarglar va miywebaldaqlarinan xalos etilgan, yaxlit, har xil shakldagi mevalar : sharsimon, tuxumsimon va uzunchoq mevalar bo'lib ularning uzunligi 0, 8-2, 5 sm, diametri bo'lsa 0, 7-2, 8 sm atrofida bo'ladi. Sonli ko'rsatkichlari : namlik 15% dan oshmasligi, umumiy kul miqdori 4%dan ko'p bo'lmasligi, na'matakning boshqa qismlari 2%dan oshmasligi, qoraygan, kuygan, kasallikka chalingan mevalari 3%dan ko'p bo'lmasligi, mevasining maydalangan zarrachalari 3% dann oshmasligi, yetilmagan mevasi 5% dan ko'p bo'lmasligi, organik qo'shimchasi 0, 5%dan ko'p bo'lmasligi, mineral qo'shimchasi 0, 5%dan oshmasligi, organik kislotalarning miqdori 3% dan kam bo'lmasligi zurur. Mahsulot tarkibida zaharli o'simliklar va ularning bo'limlari, mog'or, o'tkir -yoqimsiz hid bo'lmasligi zarur.
4-Mavzu : Na’matak o’simligining xom-ashyo organlari, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.
Reja :
1. Na'matak όsimligining farmasevtika sanoatidagi ahamiyati.
2. O'simlik organlari va biologik aktiv moddalari.
3. Xom-ashyoning kimyoviy tarkibi.
NA’MATAKNING KIMYOVIY TARKIBI
Na'matak tarkibida 8 foizga qadar qand, 2 foizga qadar kraxmal, 5 foizga qadar mineral elementlar. P vitamini, 4 mg foiz karotin, natriy, kaliy, magniy, kalciy, fosfor, temir elementlari, hamda, olma, limon kislotalari va organizm uchun foydali bo'lgan boshqa juda kόp moddalar bor. Na'matakdagi umumiy antotsian elementlari 45 mg foizi tashkil etadi. Na'matak mevalarida C vitamini qora smorodinanikiidan 100 marta kόp. Urug’larda moy, ildiz va yaproqlari tarkibida bo'lsa teri oshlovchi moddalar ham topilgan.




Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling