1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja
Download 2.17 Mb.
|
Na\'matak
Vitamin A - organizmning me'yorda o’sishiga shu bilan birga, modda almashinuvida yordam beradi. Bu vitaminni yana go’zallik vitamini deb ham ataydilar. Chunki u ko’rish qobiliyati va teriga yaxshi ta'sir etadi. Organizmda bu vitaminning yetishmasligi terining qurib qolishiga, kichiklashishiga va unda mayda (ba'zan yiringli ) toshmalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Sochlar quruklashib, to’kila boshlaydi. Tirnoqlar ham mo’rtlashadi. Bundan tashqari, vitamin A ning yetishmasligi shabko’rlik, yorug’ga qaray olmaslikka ham olib kelishi mumkin. Na'matak tarkibidagi A vitamini sabzi va o'rikka nisbatan biroz kamroq.
Vitamin B. B organizmdagi modda almashinuviga, xususan, uglevod hamda oqsillarning almashinuvi uchun juda zarur hisoblanadi. Organizmda vitamin B, yetishmasa, ishtaha yo’qoladi, ichqotadi, og’ir jismoniy harakat qilganda nafas qisadi, yurak tez-tez urib ketadi, kishi nihoyatda asabiylasha boshlaydi. B vitamini organizmning to’g’ri qad ko'tarishi va yaralarning tez tuzalishiga yordam beradi. Bu vitaminning yetishmasligi labning qurishi, yorilishiga olib keladi. Yaralar sekin bitadi. Vitamin K qon aylanishining asosiy omili hisoblanadi. Organizmda bu vitamin yetishmovchiligi sababdan burun, milk va me’da ichakdan qon ketishi kuzatiladi. Na'matak vitaminlarga boy bo’libgina qolmay, u yana ishtahani ochuvchi, siydik haydovchi, tumovga qarshi, oshqozon -ichak traktini nazorat qilish xususiyatlariga ham ega. Farmatsevtikada na'matak poroshok, damlama, qiyom, ekstraktlar holida ishlatiladi va har xil oziq-ovqat va dorivor kontsentratlar tarkibiga kiritiladi. Bu damlama va ekstraktlarni kamqonlik va oxib, sillasi quriganda, oterosklerozda, mahalliy va umumiy infektsiya va intoksikatsiya jarayoniga qarshi kurashuvchanlikni oshiruvchi vosita sifatida (qizamiq, bo’g’ma, zotiljam, ko’k yo’tal va sekin bituvchi yaralarga, suyak singaninda tezroq bitishiga, bachadondan qon ketishida jigar, buyrakda tosh to’planganda, nimanur pasayishida va organizmning umumiy modda almashinuvi jarayoniga ham yaxshi ta'sir etadi Na'matak suvi quyiltirilib, qumshakar qo’shilib “xolosas” tayyorlanadi. O’t chiqarish yo’llarining hamda jigar kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichish tavsiya etiladi. Xolosasdan tashqari yuqorida ta'kidlaganimizdek bir qator tibbiyot vositalari, vitaminlashtirilgan ekstraktlar, qiyom, tabletka, drajelar tayyorlanadi. Polshada, Germaniyada na’matak buyrak, siydik pufagi kasalliklarida, hamda, vitamin vositasi sifatida qabul qililadi. Bolgariyada na'matak mazasizlana shuning jo'rligida, kurishida. yuqumli hastaliklarga chalinmaslik uchun profilaktik vosita sifatida qo’llaniladi. Xitoy tibbiyotida na'matak mevalari, oshqozon yo’lining yaxshilanishi, shuning jo'rligida, gijjalarga qarshi kurashuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Tibet tibbiyotida na’matakdan sil, ateroskleroz kasalliklariga qo’shimcha davolovchi vositasi sifatida qo’llaniladi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, na'matak barch xalqlar tibbiyotida keng qo’llanilar ekan. Xalq tabobatida na'matak damlamasi quvvat oshiruvchi vosita sifatida jigar, buyrakda tosh vujudga kelganinda, oshkozon va un ikkita barmokli ichak yarasi, gastrit kolit, kamqonlik, bezgak kasalliklarinda ham keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, terining yallig’lanishida ham ishlatiladi. Tubirleri bo'lsa oyoq xastaligida qo’llaniladi. Uning uchun na'matak gulining yaproklari qaynatilib, unga ozgina asal qo’shiladi va vanna qabul qilinadi. Na'matakdan tayyorlangan damlama va ekstraktlar qon bilan bog’liq xastaliklar og’ir operatsiyalaridan so'ng, jismoniy va ruhiy toliqishda, xomilador va emizikli ayollar uchun juda foydali hisoblanadi. Yanchilgan na'matakni har qanday dorivor o’simliklarga aralashtirib qabul qilish mumkin. O'zini ham damlama sifatida erta bahorda qabul qilish juda foydali. Uning uchun 20 gr na'matak 500 ml qaynagan suvlarga damlanadi. Taxminan 24 soat o’tganidan so’ng damlama (mevalarining suvi ham ezib chiqariladi) ikki qavat qilib taxlangan dokadan o'tkaziladi. Bu damlamani kuniga ikki mahal - ertalab va kechkurun ovqatdan oldin 100 250 mldan ichish tavsiya etiladi. Bolalar uchun 100 ml ichishning o’zi yetarli. Damlamaga qumshakar yoki asal qo’shilsa, uning ta’mi yanada mazali bo'ladi. Quritilgan na'matak termosda damlansa, undagi C vitamini yaxshiroq saqlanadi. Agar na’matak damlanishidan oldin mayda qilib tuyilsa damlama 24 soatda emas, balki undan ham oz vaqtda tayyor bo'ladi. Na’matak bir nechta oy oralatib, bir nechta hafta uzliksiz ichib turilsa, insonning meliot kobiliyati oshibgina qolmay, balki organizmding har xil yuqumli kasallarga karshi kurashuvchanligi ham (ayniqsa bolalarda ) ortadi. Bundan tashqari, ko’k choyga na'matak ekstrakti qo’shib ichilsa, organizm uchun juda foydali hisoblanadi. Bunday damlamani bosh og’riganda ham ichish tavsiya etiladi Yangi uzilgan na'matak mevalari va gullaridan qiyom, shinni, bolalar uchun yonchiqllar tayorlash mumkin. Shuning bilan birga, kosmetika sanoatida ham qo’llaniladi. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling