1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja
Download 2.17 Mb.
|
Na\'matak
- Bu sahifa navigatsiya:
- NA’MATAK 100DAN ORTIQ KASALLIKLARGA DAVO DORIVOR PREPARATLAR
TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI
Na'matak asosan C vitamini yetishmaganda hamda o’t haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. U profilaktika va da'vo vositasi sifatida tsinga (zangila ), nur kasalliklarida, qon ketishida, gemofiliyada (ko’p qon oqishi bilan kechadigan irsiy xastalik ), gemorragik diatez, jigar, ko’p vaqt davomida yara, ularning bitmasligida, suyak sinishinda va boshqa bir qancha hastaliklarda davolovchi vositasiga qo’shimcha turda buyuriladi. Shu bilan birga, yuqorida aytib o’tganimizdek, yaxshi o't haydovchi vosita sifatida gepatit, oshqozon ichak kasalliklari, xoletsistit kasalliklarida qo’llaniladi. Na'matak damlamasi gripp tumovda ham iste’mol qilinadi. NA’MATAK 100DAN ORTIQ KASALLIKLARGA DAVO DORIVOR PREPARATLAR Na'matak ildizidan damlama : 1 stakan qaynagan suvga 40 gr quritilgan va maydalangan na'matak ildizi solinadi, past olovda 20 -30 daqiqa qaynatiladi. 5 soatga tindirib so’ng dokadan suzib olinadi. 200 ml kuniga 3 mahal 01 - L kun davomida ichiladi. Bu damlama, buyrakdagi toshlarni tushurishda, qon bosimini me’yorlashtirishda, peshob chiqarish yo’llari shamollaganda, jigar, shol kabi kasalliklari davolashda yordam beradi. Kesib olingan joylarni davolashda yoki oyoq va qo’llar uchlari sholligida ushbu damlamadan vanna etish taklif etiladi. Na'matak yaproklaridan damlama : 1 stakan qaynatilgan suvga 100 gr na'matak guli solib, termosda damlab qo'yiladi va tun davomida tindiriladi, so’ng dokadan suzib olinadi. 50 mldan kuniga 2-3 mahal tumov kasalliklarida, holsizlikda ichiladi. Na'matak uruglaridan damlama : 1 stakan qaynatilgan suvga 10 gr na'matak urugi kukuni olib, 1 stakandan kuniga 2 mahal ichiladi. Na'matak mevalaridan quyidagi usulda damlama tayorlash mumkin : bir osh qoshiq (20 gr) tozalanmagan na'matak mevalari maydalanadi, chinni yoki sirli idishga solib, ustidan 2 stakan qaynagan suv quyiladi, ustuni yopib, bug’li vannaga joylashtiriladi, tez-tez aralashtirib turiladi 15 daqiqadan so’ng olovdan olib, 24 soatga tindirib qo’yiladi, so'ng dokadan suzib olinadi, 2 soat davomida tindiriladi, so'ng dokadan suzib olinadi. 50 mldan kuniga 3-4 mahal buyraktegi toshlarni tushurishda va ichburug’ kasalligida ichiladi. Na'matak uruglaridan olingan moy yordamida yaralar, toshmalar, uvishishlar, kuygan joylar, yorilishlar, milklar qonashi davolanadi. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling