1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar


Download 1.53 Mb.
bet16/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. Bir ma’noli so‘zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Yangi so‘zlar (neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan qo‘shimcha ma’nolarni anglatadi.
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar yoki polisemiya deyiladi.
Polisemiya yunoncha poli ko‘p, semia – ma’no so‘zlaridan olingan bo‘lib, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono bir, semia ma’no)ga zidlanadi.

Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’nolardan biri o‘z ma’no, qolganlari esa ko‘chma ma’no bo‘ladi. Ko‘chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri ma’nosi asosiy ma’no bo‘lib qoladi. Masalan, tosh otmoq, bag‘ri tosh, toshingni ter kabi birliklar tarkibida qo‘llangan tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «qattiq jism» ma’nosini anglatadi.


Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o‘rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari. So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (bosh ma’no, asl ma’no, tub ma’no, denotativ ma’no, to‘g‘ri ma’no) sanaladi.
So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi. So‘zning ko‘chma ma’nosi nutqda boshqa so‘zlar vositasida anglashiladi. Masalan: ko‘ylakning etagi o‘z ma’noda, fevralning etagi (oxirlari degan ma’noda) – ko‘chma ma’noda.
O‘z va ko‘chma ma’no birikib ko‘p ma’noli so‘zni hosil qiladi!

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling