Mavzuga oid testlar
1. Leksikologiya nimani o‘rgatadi?
A) so‘z turkumlarini, antonimlarni
B) gapni, lug‘atlarning turlarini
C) so‘z birikmalarini, bir ma’noli so‘zlarni
D) so‘zlarni, ularning lug‘aviy ma’nolarini
2. Leksika atamasi qanday ma’noda qo‘llanadi?
A) tilning lug‘at tarkibi, so‘zlar yig‘indisi
B) lug‘at tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi
C) so‘zlarning leksik va grafik ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi
D) A va B
3. Qaysi gapda «so‘z» so‘zi maslahat ma’nosida qo‘llangan?
A) So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor
B) Xalqda «boshga tushganini ko‘z ko‘rar» degan so‘z bor
C) Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama
D) Boshliq bilan uning o‘rtasida so‘z o‘tgan, shekilli.
4. Qanday so‘zlar bosh va ko‘chma ma’nolarga ega?
A) bir ma’noli so‘zlar B) ko‘p ma’noli so‘zlar
C) atamalar D) barcha mustaqil so‘zlar
5. Qaysi ma’no so‘zning bosh ma’nosi sanaladi?
A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) so‘zning nutq tarkibidan boshqa so‘zlar yordamida anglatadigan ma’nosi
C) so‘zning gap tarkibida anglatadigan ma’nosi
D) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri
6.Qaysi qatorda ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘z berilgan?
A) Kishi dunyoda baxtli bo‘lish uchun yashaydi.
B) Mehmon va mezbon allamahalgacha Lutfiy g‘azallarini zavq bilan o‘qishdi.
C) Barmog‘imning tirnog‘i etidan ajrab ketdi
D) U soy yoqasidan pastga tomon qiyalab yurdi
7. Qaysi gapda yengil so‘zi ko‘chma ma’noda ishlatilmagan?
A) Es-hushingni yig‘, unaqa yengil bo‘lma
B) Davlatbekov radiodan aytilayotgan yengil kuydan, xususan, uning so‘zlaridan zavqlanib tebrandi.
C) Yigirma minut o‘tgandan keyin yengil ta’zim bilan Gulandom kirib keldi.
D) Yo‘lchi yengil eshikchani ochib kirdi.
8. O‘tkir pichoq, o‘tkir zehnli kabi birikmalardagi o‘tkir so‘zi ma’nosiga ko‘ra qanday so‘z?
A) zid so‘z (antonim) B) bir ma’noli so‘z
C) shakldosh (omonim) D) ko‘p ma’noli so‘z
9. So‘zning o‘z (asl) va ko‘chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan
A) Qishloq markaziga shu yo‘l bilan boriladi. Bahslashishga yo‘l qolmagan edi.
B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab- quvvatlasin.
C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko‘rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi.
D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg‘ondi.
10. Mufassal so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) uzluksiz, to‘xtovsiz B) mutlaq, absolut
C) qisqa, lo‘nda D) to‘liq, batafsil
Uy ishi
Mutaxassislikka oid atamalarga 10 ta misol yozing va izohlang. Ularning bir ma’noli yoki ko‘p ma’noli ekanini aniqlang.
Mustaqil ishlash uchun topshiriq
“Venn diagrammasi”ni to’ldiring.
5-mavzu. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Reja:
1. Shakldosh so`zlar haqida ma`lumot.
2. Talaffuzdosh so`zlar haqida ma`lumot.
3. Ma`nodosh so`zlar haqida ma`lumot.
4. Zid ma’noli so`zlar haqida ma`lumot.
5. Uyadosh so`zlar haqida ma`lumot.
6. Variantdosh so`zlar haqida ma`lumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |