1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet15/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

4- mavzu. So‘z va uning ma’nolari.
Reja:

1.So‘z va leksema.


2.Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
3.So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari.
4.So‘zlarda hissiy-ta’siriy munosabat ifodasi.


Tayanch so‘z va iboralar: leksika, leksikologiya, leksema, bir ma’noli, ko‘p ma’noli, o‘z ma’no, ko‘chma ma’no, uslubiy bo‘yoq, hissiy-ta’siriy munosabat

Har qanday tilni o‘rganayotgan paytingizda, eng avvalo, sizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz.


Ma’lum bir tildagi ana shunday so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibini tashkil qiladi.



Demak, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya (ba’zan leksika) deyiladi.


Ma’lum ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so‘z sanaladi.
Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so‘zlarni ajratamiz. So‘zlar esa leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi. Тilning lug‘aviy (leksik) ma’no bildiruvchi birligi leksema sanaladi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi.
Tilimiz nihoyatda boy va rang-barang. Bir tushunchani turfa so‘zlar vositasida ifodalash bilan birga, o‘zingizning turli xil munosabatingizni ham ifodalashingiz mumkin. Masalan: jilmaymoq, miyig‘ida kulmoq, kulmoq, tabassum qilmoq, xaxolamoq, qah–qah otmoq, tirjaymoq, ishshaymoq kabi o‘ndan ortiq so‘zlar orqali kulish holatini ifodalaysiz va shu bilan birga kulayotgan shaxsga o‘zingizning ijobiy yoki salbiy bahongizni berasiz.
So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi. Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling