1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


So‘zlarda hissiy-ta’siriy munosabat ifodasi


Download 1.53 Mb.
bet17/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

So‘zlarda hissiy-ta’siriy munosabat ifodasi. So‘zlovchining turli hissiy-ta’siriy munosabatlarini ifodalash xususiyatlariga ko‘ra so‘z­lar ikki turga ajratiladi. Bular betaraf so‘zlar va bo‘yoqdor so‘zlardir.
Muayyan tushunchani ifodalab, so‘zlovchi­ning turli munosabatini bildiruvchi, qo‘shimcha ma’no jilosi bo‘lmagan so‘zlar hissiy-ta’siriy jihatdan betaraf so‘zlar hisoblanadi. Masalan: yil, kun, joy, qo‘shiq, yashil, tuman, barcha, kelmoq, yurmoq kabi.
Leksik ma’no bilan birga, ma’nosi anglashilayotgan narsa, belgi yoki harakat-holatga so‘zlovchining turlicha munosabatlarini ham ifodalovchi so‘zlar hissiy-ta’siriy jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar sanaladi. Masalan: chehra, jamol, bashar, tabassum, noshud, naynov, bashara, do‘mboq, xomxayol, gazanda, ko‘rkam, ustuvor kabi.
Bo‘yoqdor so‘zlar hurmat, erkalash, xushmuomalalik, ko‘tarinki ruhiyat kabi qo‘shim­cha ma’nolarni ifodalasa, ijobiy bo‘yoqdor so‘z sanaladi: ukajon, kenjatoy, dilbar, dono, fusunkor, orombaxsh, jilmaymoq kabi.
Hissiy-ta’siriy munosabat nafratlanish, mensimaslik, kinoya, qarg‘ash, hurmatsizlik ma’nolariga ega bo‘lgan surbet, baloxo‘r, nonko‘r, ahmoq, imonsiz, mijg‘ov, tirjaymoq kabi so‘zlar orqali ifodalansa, bunday so‘zlar salbiy bo‘yoqdor so‘zlar sanaladi.

Mavzuga oid savollar

1.Leksika so‘zi qanday ma’nolarda ishlatiladi?


2.Sozning atash ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
3.Bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik atamalariga izoh bering.
4.So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
5.So‘zlardagi hissiy-ta’siriy munosabat haqida gapiring.

Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar

1. Berilgan so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib ko‘chiring.


Ko‘p ma’noli Bir ma’noli
(polisemantik) (monosemantik)
Atlas, xosiyat, kompyuter, xurmo, xunuk, parcha, xoreografiya, patir, pasta, patnis, g‘ildirak, g‘isht, g‘oz, g‘uncha, gazeta, gram­matika, urg‘u, dunyo, tilxat, paxta, soya, shaxs, olmosh, doya, qoshiq, qoya, xat, quy, davlat, qo‘shni, marketing, tirnoq, maqol, uy, tom, kirish so‘z, undalma, yuvg‘ich, dars, haykal, topishmoq, aruz, tish, til.

2. Matnni o‘qing. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni aniqlang.


Golland olimi Van Batist Helmont o‘n yettinchi asr boshida g‘alati tajriba o‘tkazdi.U bochkaga tarozida aniq o‘lchangan tuproq soldi va tol ko‘chatini ekdi. Keyin kuta boshladi. Oradan besh yil o‘tgach, u daraxt bo‘ldi, vazni 66 kilogrammga yetdi. Helmont tuproqni ham tortib ko‘rdi. Tuproq avvalgi vaznidan 56 gramm yengil chiqdi. Olim o‘simliklar faqat suv bilan oziqlanadi, degan xulosaga keldi, lekin u nohaq edi. Endilikda ma’lumki, o‘simliklar asosiy oziqani quyosh nuri va havodan oladi. Ular karbonat angidridni yutib, kislorod chiqarib beradi.

3. Hikmatli so‘zlarni izohlang, ko‘chma ma’nodagi so‘zlarga izoh bering.
1.Tilingni so‘zlashga soz, muhayyo qil, Tilingni o‘q qil-u, aqlni yoy qil. (Abulqosim Firdavsiy) 2.Kimki zahmat chekmadi, rahmatga ham yetmadi. (Hofiz Sheroziy) 3.Xalqning chin o‘g‘illari uchun xalqqa samimiy xizmatdan ko‘ra yuksakroq, muqaddasroq narsa yo‘q. (Oybek) 4. Eng yaxshi nizom to‘g‘rilikdir. (Kaykovus) 5. Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar. (Abdulqodir Bedil) 6. Til — so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. (Beruniy) 7. Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas. (Rudakiy)

№4. Quyida berilgan so‘zlarni avval o‘z ma’nosida, keyin k/o‘chma ma’noda qo‘llab aplar tuzing. Tuzilgan gaplar sohangizga oid bo‘lsin.


Yoymoq, achchiq, rishta, yoqa, ochiq, qaynamoq, yengil, etak, bosh, pishmoq, og‘ir, bosmoq.

№5.Salbiylik yoki ijobiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni toping va ma’nolarini izohlang.


1. U yoq-bu yoqqa alanglagan edi, tunov kungi shop mo‘ylovli buldozerchining tirjayib turganini ko‘rdi. (Said Ahmad) 2. Haligi odam dami ichiga tushib, ming‘irlagancha nari ketdi. (Murod Mansur) 3. Aravaning oldida g‘o‘zapoya orasidan iljaygan kalla ko‘rindi. (O‘. Umarbekov) 4. Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) 5. Bekorchi bo‘lmasa, biron-bir vakolati yo‘q bizga o‘xshaganlarni mana bunday azza-bazza qabul qilib, bamaylixotir suhbat qurib o‘tirarmidi! (Erkin A’zam) 6. Menga qara, o‘ so‘tak! Sen bu yerda masala to‘qima. (Tohir Malik) 7. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam, Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. (E. Vohidov) 8. Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul. Men Vatanni ko‘z deb aytsam, Bitta mujgon o‘zbegim. (E. Vohidov) 9. Ana shunday mard, tanti edi shoirimiz! (Erkin A’zam) 10. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. (Erkin A’zam)

№6.Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarni topib, qanday sub’yektiv munosabatni ifodalayotganini ayting.


1. Azlar degani shopday naynov odam ekan. (Murod Mansur) 2. Chavandoz ostidagi ot maydagina, yermitti ot bo‘ldi. (Tog‘ay Murod) 3. Maning ust-boshimga, o‘zimni tutishimga qarab, ja boyvuchcha satang deyish mumkin... (Sh.Xolmirzayev) 4. Umaralining qiziq odatlari bo‘lardi. Yuvuqsiz, irkit odam bilan ko‘rishib qolsa, mehmonxonaga yugurib borib cho‘milib kelardi. (Said Ahmad) 5. Shu shirinsuxan tili bilan barchangizni avrab olgan bu qiltiriq nozanin. (O.Yoqubov) 6. Odina qiyshanglab kular, Qo‘chqorning yuziga beozor shapatilardi. (Said Ahmad) 7. Menga qara, Zabar, birato‘la kelib menikida yashab tursang-chi? Shaharning qoq markazi, hamma sharoit muhayyo. Hu-uv Sirg‘alingdan sakillab yurguncha! (Erkin A’zam) 8. Yo‘lchi birinchi boqishdayoq
u qizning chehrasida Gulnorning ruhini ko‘rdi. (Oybek) 9. Ammo umidim bor, Avlodlar bir kun Bizning yuraklarga qilurlar havas! Sen esa, ey qalbim, shu umid
uchun Eng so‘nggi yolqining bera olsang bas. (E.Vohidov) 10. Atrofdan hali ham qishning turqi qochmagan esa-da, baribir, havoda ko‘klam nafasi kezayotganday. (Ulug‘bek Hamdam)


№7. Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan parchani o‘qing va ko‘chimlarni aniqlang, ularning ifodalilik jihatidan qimmatini izohlang.
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi… Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi… Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat!

№8.Gaplarni o‘qing. Ko‘chimlarni aniqlang, ularning nutq ifodaliligini ta’minlashdagi ishtirokini izohlang.


1. Ammo siz hurmatlilarga ma’lumdirki, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimiz bo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir. (Abdulla Qodiriy) 2. Yuzlari tandirdan endi uzilgan nonday qizil, mo‘ylovlibir odam uloq boshiga keldi. Ana shu mo‘ylov bakovul bo‘ldi. (Tog‘ay Murod) 3. Vodoprovod yonidagi oshrayhondan bir shox sindirib olib, kaftiga urdi. Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. (O‘. Umarbekov) 4. Kamarlar odatda tog‘ning belida, shamoldan pana, atrof yaxshi ko‘rinadigan yerda bo‘ladi. (Sh. Xolmirzayev) 5. Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qo‘lingizga suv berib, qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni qilib yotardim! (Cho‘lpon) 6. Toki g‘olib ekan muzaffar o‘lka, Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat. (A. Oripov) 7. O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. (E. Vohidov) 8. Balki, tush ko‘rganday qolursiz hayron, Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin. (A. Oripov) 9. Sevgidan yetim-u umrd an yarim, Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak. Abadiy firoqni, hayhot, do‘stlarim, Abadiy visol deb bildi kelinchak. (A. Oripov) 10. Bashirjon yoniga ag‘darildi: «Rahmatli chol to‘g‘ri aytarkan. Undan-ku, bir tirnoq – men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yuribman». (N. Aminov)

№9.Gaplarda so‘z qo‘llash bog‘liq bo‘lgan xatoliklarni aniqlang.


1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab qoldi.
2. Ko‘lning zilol suvida tongi quyosh nurlari toblanmoqda edi.
3. Asl shoyidan tikilgan ko’ylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi.
4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bayramgacha tugatamiz.
5. Qara, o‘g‘lim, eshikka bir inson keldi.
6. Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab, o‘z makoniga qaytib keldi.
7. Nachalnikka uchrashsam, sudga davo qilishingiz mumkin, dedi.
8. Tabiat qanday suluv.
9.O‘zbekiston sanooti tez suratlarda tinmay rivojlanib bormoqda.
10. Guruhimiz bilan safarga bordik.

№10.Quyidagi matnni o‘qing. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring va fikringizni asoslang. Siz nima deysiz?


Bir mashhur tabibdan so‘rabdilar:
– Dunyoda eng og‘ir xastalik nedur?
Tabib aytibdur:
– Xastalikning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, ammo eng dahshatlisi …dir.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling