1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Eslatma: yuqorida shakldoshlik hodisasida bo‘lgani kabi sinonimlarda ham lug‘aviy


Download 1.53 Mb.
bet21/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Eslatma: yuqorida shakldoshlik hodisasida bo‘lgani kabi sinonimlarda ham lug‘aviy (so‘zlar ma’nodoshligi: chiroyli, go‘zal, zebo), frazeologik (iboralar ma’nodoshligi: toqati toq bo‘lmoq – sabr kosasi to‘lmoq), leksik – frazeologik (so‘z va iboralar ma’nodoshligi: toza – yog‘ tushsa yalaguday), grammatik (qo‘shimchalar ma’nodoshligi: gulli – guldor, qadrsiz beqadr, telefonda gaplashmoq – telefon orqali gaplashmoq) kabi turlarga ham ajratiladi.
Dublet – to‘liq sinonimlar. Boshqa tildan kirgan so‘zlar hisobiga har qanday holatda bir-biriga almashina oladigan sinonimlar: fazo – osmon – kosmos, matematika – arifmetika, lingvistika – tilshunoslik.
Ma’noviy sinonimlar – bir umumiy ma’no bersa ham, shu umumiy ma’noni qanday ifodalashiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bunda hissiy-bo‘yoqdorlik (yuz – neytral, chehra – ijobiy, aft – salbiy), uslub (bashar – badiiy, kishi, birov – so‘zlashuv, shaxs, odam – ilmiy, fuqaro – rasmiy, inson – publitsistik), ovozning past-balangligi (shivirlamoq – baqirmoq – bo‘kirmoq), ma’no darajasi (tuzuk, durust, bir navi, yaxshi, zo‘r, a’lo, gap yo‘q, mixdek) farqlanadi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma’nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Irod etmoq, bayon etmoq singari so‘zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi. Ko‘ryapsizki, bir ma’noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin. Bu bilan nutqning ta’sirchanligini oshirish orqali so‘z sehrini namoyon qilishga erishiladi.
Nutqiy jarayonda so‘zlovchi maqsadiga muvofiq ravishda sinonimlar qatoridagi so‘zlardan birini tanlaydi. Masalan, yuz, bet, oraz, uxsor, chehra, aft, bashara, nusxa, turq so‘zlari bir umumiy ma’no beradi, ya’ni sinonimlardir. Bu sinonimlar qatorida yuz so‘zidan chap tomondagi to‘rtta so‘zda (oraz, uzor, ruxsor, chehra) ijobiy baho va uchtasida (oraz, uzor, ruxsor) badiiy uslubga xoslanish belgisi bo‘lsa, o‘ng tomonidan beshta so‘zda (bet, aft, bashara, nusxa, turq) salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib, kuchayib boradi (betga nisbatan aftda salbiy baho kuchliroq, turqda esa hammasidan kuchliroqdir. Demak, bu beshta so‘zda salbiy baho kuchayib boradi).
Har qanday uslubiy xoslanish va so‘zlovchining bahosidan xoli bo‘lgan sinonimlar qatori a’zosi dominanta (uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko‘ra neytral) sanaladi. Demak, yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominanta sanaladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling