1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja

Download 429.47 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2024
Hajmi429.47 Kb.
#1818615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu

moddiy madaniyat;
ijtimoiy madaniyat;
siyosiy madaniyat;
ma’naviy madaniyat.
Moddiy madaniyatga texnika madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, taqsimlash va ayirboshlash madaniyati kiradi.
Ijtimoiy madaniyatga oila va nikoh masalalari madaniyati, ijtimoiy-demografik guruhlar madaniyati, maishiy madaniyat, maorif va ta’lim madaniyati, shaxslararo muloqot madaniyati, ekologik madaniyat kiradi.
Siyosiy madaniyat sohasiga huquqiy madaniyat, fuqarolik madaniyati, siyosiy faoliyat yuritish madaniyati, ijtimoiy guruhlar, davlat, xalq kiradi.
Ma’naviy madaniyat sohasiga dunyoqarash, mafkura, ilm-fan, din, badiiy madaniyat, san’at, milliy an’analar, axloqiy madaniyat, estetik madaniyat va boshqalar kiradi.
Moddiy madaniyat insoniyat mehnati bilan yaralgan barcha qadriyatlar yig‘indisini bildiradi. U jamiyat hayoti darajasini, moddiy ehtiyoj va moddiy qondirilish imkoniyatini yaratadi. Moddiy madaniyatga, avvalo, mehnat qurollari va ishlab chiqarish, ijtimoiy-maishiy xizmat turlari (bular: transport, aloqa vositalari, kommunal uy-joy xo‘jaligi xizmati va boshq.). kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi. Demak, moddiy madaniyat – insonning tabiatni qay darajada egallay olganligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo’lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakillanishiga imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo’lgan O’zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko’ra bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun darѐlari oralig’idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o’ziga xos evolyusion taraqqiѐtda bo’lib shu yerda ibtidoiy to’da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo’jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo’ldi. O’zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqichida mil. avval 700 - 600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha bo’lgan davr borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari – toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo’lgan. Shunday qurollar Sug’ vohasining Selengur g’oridan, Oxangaron darѐsi yaqinida Kulbo’loq manzili, Boysun tog’lari va Zaravshon oazisida Omonqo’ton, Zirabo’loq, Qo’tirbo’loqdan topilgan. Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan chopqichlar bo’lib uning bir tomoni uchli va o’tkir bo’lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining yirik manzili Seleng’ur g’oridagi ashѐlar shundan dalolat beradi. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib hozirgi zamon odam qiѐfasi shakllandi, odamlar tabiiy g’orlarni o’zlashtira boshladilar, hayvonlar terisidan kiyimlar tayѐrladilar.Ular endilikda toshdan tashqari suyak, ѐg’ochdan o’zlari uchun kerakli buyumlarni yarata boshladilar, bigizlar paydo bo’ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo’la boshladi. rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilikning dastlabki ko’rinishlari shakllana boshladi. Ibtidoiy odamlar o’z mehnat va ov qurollarga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlarga turli belgi va chiziqlar chizib ularni go’zalligini orttira boshladilar, o’zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qilganlar Obisher (Farg’ona), Machoy g’ori (Boysun)dan topilgan suyak bigizlar, turli taqinchoq-marjonlar, shuningdek aѐl haykallari shu davr kishilari «nafosati» dalilidir.
Asta-sekin odamlar katta bo’lmagan jamoalarga birlasha boshladilar. Ularning tez bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tish, yangi yerlarni o’zlashtirish imkoniyatini berdi. Bu imkoniyat bir joyda paydo bo’lgan g’oyalarni yangi yerlarga yetib borishiga asos yaratdi. Inson tafakkuri va u bilan bog’liq ijodiy faoliyatni rivojlantirdi. Baliq tutish to’ri, ovchilik uchun kamon, o’tkir nayzali kamon o’qi ixtiro etildi, hayvonlar qo’lga o’rgatila boshlandi. Ko’chib yurish uchun zarur sol qayiqlar yaratildi. Mezolit asriga kelib (mil.av.12-7 minginchi yillar) ko’p joylarda yirik hayvonlar qirilib ketdi. Mayda hayvonlar oviga esa yakka ovchilikka olib keldi. Bu o’z navbatida shaxsiy mulk masalasiga borib taqaldi. Endi ov qilingan mayda hayvon go’shtini katta jamoada taqsimlash u ѐqda tursin kichik jamoa uchun ham kamlik qila boshladi. Mollarni qo’lga o’rgatish kengaydi. Shu davrning mashhur ѐdgoroliklari Farg’onada Obishir, Toshkentla Bo’zsuv, Surxandarѐda Machoy g’orlaridan topilgan. Tosh asrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g’or devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvon va qushlar tasvirini aks ettirilgan. O’zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondarѐ, Farg’ona, Jizzax, Sirdarѐ viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada chuqurchalar hosil qilish), qattiq qurol bilan yuzani tirnash ѐki chizish yo’li ѐki tabiiy bo’ѐqlar (rangli tuproqlar)ni mol ѐg’i bilan aralashtirish asosida yuzalarga rasmlar ishlangan. Obiraxmat, Xo’jakent (Toshkent), Suratsoy, Soymoli tosh (Farg’ona), Zarautsoy (Surxandarѐ), Taqa tosh (Jizzax) rasmlar mashhur.

Zarautsoy-Kamar g’oridagi ov manzarasi rasmi mashhur. Zarautsoy rasmlarining boshlanish paleolit davrining so’ngi bosqichiga to’g’ri keladi. Dastlabki rasmlar alohida ko’zatuvchan va ko’rgan narsasini imkoniyati bo’yicha to’liq aks ettirishga intilgani holda juda oddiy va sodda shakllardan foydalanadi. Rassom hayvonlardan buqani xususiyatlarini yaxshi xis etgan, ularning qudrati kuchi va harakatdagi vaqtini ishonarli va haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan «Ov qilish» kompozisiyasi birmuncha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoish etadi. ѐki bir necha hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy rassom bu ishlarda o’zini
Odamlar kuchli hayvonlarni ov qilishda o’zlari uchun nafaqat kamon balki, himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib borishi mumkinligini ko’rsatadi. Odamlar somondan pichan g’aramini eslatuvchi niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. Ovchilarning ko’rinib turgan oѐqlari esa ularning harakatini ko’rsatsa, itlarning oldinga tashlangan oѐqlari shu harakatni yanada ko’chaytiradi. Kompozisiyada tasvirlangan buqa (navos) xotirjam, baquvvat, lekin ziyrak o’z yemishi bilan band. Bir qarashda sodda, oddiy bo’lgan ana shu ibtidoiy san’at davr mohiyati, inson tafakkuri rivojini bilishda nihoyatda katta ahamiyatli ekanliligi bilan qimmatlidir.
O’rta tosh asri (mezolit, mil.av.12-7 minginchi yillar)ning so’ngi yangi tosh (neolit, mil. Av.6-4 minginchi yillar) asrida dehqonchilik va chorvachilik o’tish tezlashdi. Ko’p yerlarda o’troq haѐt boshlandi, urug’ jamoasi shakllanib juft oila shakli paydo bo’ldi. Ona urug’i (matriarxat) davri boshlandi. Bu rivoj me’morlik tasviriy va amaliy san’atda ham o’z ifodasini topdi. Endilikda inson tabiat in’om etgan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan chegaralanmay, balki o’zi ham ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni ko’paytirishga o’ta boshladi. Bu davrning muhim yutuqlaridan biri bu oddiy loydan mustahkam sopol buyumlar yasash bo’ldi. Odamlar olovdan foydalanish va uning ѐrdamida isinish ѐki ovqat pishirish, balki uning ѐrdamida o’zi uchun kerak bo’lgan mehnat va ov va nihoyat jang qurollarini yaratishni o’rganib oldilar. Bu ixtiro keyingi kulolchilik va u bilan bog’liq naqqosh san’ati rivojiga katta turtki berdi. Sapolniing ixtiro etilishi ijtimoiy haѐtda katta o’zgarishlar yasadi. Endilikda odamlar faqat sopol buyumlar yaratish emas, balki ular uchun kerakli qoliplar olish va dastgohlar ixtirosiga ham o’ta boshladilar, toshni kesish, ularga pardoz berish san’ati ham davr kishilarining estetik qarashlarining rivoji edi. Bu davrda qurilish san’ati kengaya bordi. Odamlar loydan yer ustida uy qurish bilan ham shug’ullana bordilar. To’qimachilik, terini qayta ishlash sohasida muvofaqqiyatlarga erishila boshlandi. Hunarmandchilik, savdo sotiq rivojlandi. Odamlar orasidagi, urug’lar orasidagi munosabatlarni murakkablasha bordi. Ijtimoiy haѐtda erkaklarning roli orta boshladi. Shu zailda dastlabki sinfiy jamiyatning kurtaklari paydo bo’la boshladi. Enolit (mil.av.4 minginchi yillarning oxri 3 minginchi yillar) va bronza asri(mil.av. 2- 1 minginchi yillar) da ijtimoiy haѐtga keng ko’lamda mis va bronzani kirib kelishi ishlab chiqarish vositalarini murakkablashishiga, kishilarning turmush kechirish imkoniyatlarini boyitishga olib keldi va bu jaraѐnni yanada tezlatdi. Mehnat taqsimoti yuzaga keldi. Qabilalar orasidagi chorvadorlar, xunarmandlar ajralib chiqaboshladi. Patriarxat mustaxkamlandi. Mehnatni tashkil etish murakkablashuvi o’z navbatida qo’shimcha mahsulotlarni paydo bo’lishiga asos yaratdi. Inson ma’naviy jihatdan rivojlanishining yangi pog’onasiga ko’tarildi. Doston, xalq og’zaki ijodi, qo’shiqchilik, tasviriy amaliy san’atning turli ko’rinishlari rivojlandi. Me’morlik san’ati, uning mahobatli turlari endilikda davr mohiyatini aks ettiruvchi san’at turlarining yetakchi ko’rinishiga aylandi. Bu rivojlanish odamlarning diniy tushuncha, o’tganlar ruhi bilan bog’liq xolda bordi. Bu davr rassomchiligida hamon hayvonlar tasviri yetakchi o’rinni egalladi. Ular sharpa sifat xolda tasvirlangan. Bunday rasmlar Toshkent viloyatining Xo’jakent qoyalarida saqlanib qolgan. Davr haykaltaroshligi o’zining rangbarangligi bilan harakterlanadi, tosh, marmar, suyakdan haykallar ishlash, metall-bronza, oltindan haykallar quyish, loyni kuydirib terrakota haykallar ishlash jaraѐni keng tus oldi. Mavzusi ham birmuncha kengaydi. Alohida bosh haykali, janrli kompozisiya, turgan xoldagi haykallar shu yillarda ishlangan. Ko’pgina haykallarning yuzaga kelishi davr taqozosi, shu davr badiiy madaniyatining yangi ravnaqi edi. Chunki quyma haykal yasash haykaltaroshdan o’z g’oyasini amalga oshirishda qator jaraѐnlarni amalga oshirish, dastlab g’oyani materiallashtirish, ya’ni shaklini yasab olish, so’ng undan qolip olish va shundan keyingina qolipga kerakli metallni (bronza, oltin, mis) eritib quyish va nihoyat uni qolipdan chiqarib ishlov berish jaraѐnini ijodkordan aqliy ham jismoniy kuch talab etar edi. Shunday jaraѐnda amalga oshirilgan ko’pgina buyum va haykallar bizgacha yetib kelgan.

Download 429.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling