1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja


-MAVZU. AHAMONIYLAR DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI


Download 429.47 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2024
Hajmi429.47 Kb.
#1818615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu

4-MAVZU. AHAMONIYLAR DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI
REJA:
1.Ahamoniylar imperiyasi davri madaniyati, hamda bu madaniyatga O'rta Osiyo xalqlarining qo'shgan hissasi.
2.Madaniyat rivojida zardushtiylik va “Avesto”ning o'rni.
3.Oromiy yozuvi.

Miloddan avvalgi VI asrda Eron ahmoniylari Markaziy Osiyoning ko’pchilik yerlarida o’z hokimiyatini o’rnatib (522-329) yirik imperiya tashkil qildi. Shu bois Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilgan zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas kitobi «Avesto» Eron va Shimoliy Hindistonda keng tarqaladi.


«Avesto» Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniy merosining asl durdonasi hisoblanadi, chunki u nafaqat diniy ta’limotga oid, balki Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning uzoq asrlardagi tarixi, tili, yozuvi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyatiga oid noyob manba hisoblanadi.
Zardushtiylikning yuzaga kelishi to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, olimlar orasida uning paydo bo’lish joyi to’g’risida ikki xil nazariya borligini takidlash lozim: birinchisi – «g’arb» nazariyasi bo’lib unga ko’ra zardushtiylik dini Midiyada paydo bo’lgan degan fikrni yoqlasa, ikkinchisi – «sharqiy» nazariyaga ko’ra esa bu din Markaziy Osiyoda, ya’ni Xorazm, Baktriya, Sug’diyona va Parkanada paydo bo’lganligi ta’kidlanadi.
Zardushtiylik ta’limoti bo’yicha, dunyoning asosini ikki qarama-qarshi kuch – yaxshilik va yomonlik, adolat va yovuzlik, hayot va o’lim o’rtasidagi kurash tashkil qiladi. Shuning uchun dunyodagi barcha ijobiy hodisalarni yaxshilik xudosi – Axuramazda va hamma salbiy narsalarni yomonlik xudosi – Axriman irodasiga bog’liq, deb hisoblangan. Zardushtiylar yaxshilik xudosiga yaxshilik qilishni, yomonlik xudosiga yomonlik qilmasligini yolvorib sig’inishgan. «Avesto»ga ko’ra aka-ukalar Axuramazda va Axriman o’zaro muttasil kurash boradi, shuning uchun goh yaxshi, goh yomon kuchlar g’olib kelib o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. Hattoki Navruzning kelib chiqishi to’g’risida zardushtiylar davridagi ba’zi bir rivoyatlarga ko’ra, yaxshilik xudosi Axuramazda – bahor-yozda, yomonlik xudosi Axriman – kuz va qishda hukmronlik qilar emish. Bahorning birinchi kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’olib chiqqan muqaddas sana, deb uni bayram qilishgan. Bu sana ayni «Navruz» kuniga to’g’ri keladi.
Yunon tarixchisi Strabon massagetlar haqida «ularning xudosi quyosh bo’lib, otlarni so’yib qurbonlik qilar edilar», deb yozadi. Bu bejiz emas, chunki saklar va massaget qabilalari orasida o’z marosimlarida koinotning 4 unsuri – quyosh (olov), suv, yer, havoni eng muqaddas narsalar deb tan olishgan. Massagetlar mamlakati tarkibiga kirgan Xorazm aslida «Avesto»da tilga olingan Xvayrezm bo’lib, bunda – «xvar» - quyosh va «zm» - zamin, yer ma’nolarini ifoda etgan.
Shuningdek, zardushtiylar yaxshilik xudosi Axuramazdaning yordamchilari – Mitra (yigit qiyofasidagi quyosh va yorug’lik tangrisi), Ardvisura – Anaxita (go’zal qiz siymosidagi unumdorlik, hosildorlik, farovonlik tangrisi), Xumo (go’zal qush qiyofasidagi baxt, taqdir va boylik tangrisi, u oltin, kumush va qimmatbaho toshlardan emish, lekin o’zi ko’rinmaydi, ammo soyasi kimga tushsa baxtli hayot kechiradi), Xubbi (mard yigit qiyofasidagi suv tangrisi), Mirrix (yosh jangchi qiyofasidagi urush va g’alaba tangrisi) kabilarga ham e’tiqod qilishgan.
Olov quyoshning yerdagi shakli sifatida muqaddas hisoblangan va har bir shahar va qishloqda muqaddas olov saqlanadigan alohida xilvat joy bo’lgan (Xorazmdagi Jonbosqal’a yodgorligi). Xorazmda topilgan otashxona va boshqa ibodatxonalar, Abu Rayxon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida ta’riflagan otashgohlar zardushtiylik to’g’risida tasavvur beradi. Jonbosqal’a yodgorliklariga qaraganda, o’sha davrda inshootlar to’g’ri qirrali qilib qurilgan, ya’ni u dunyoning to’rt tarafiga qarab turgan, binoning ustidagi gumbazi esa quyoshni aks ettirgan.
Zardushtiylikda o’lik narsa harom hisoblangan, chunki Axuramazda faqat tirik mavjudotni yaratgan. Otashparastlik marosimlari ichida dafn marosimi, ayniqsa diqqatga sazovordir. Marhumning jasadi biron bir tepalik ustida tiklangan maxsus bino ichiga qush va hayvonlar yeb ketishi uchun tashlab qo’yilgan, keyin uning suyaklari ossuariy ostadonlar deb ataluvchi mahsus idishlarga solinib, saqlab qo’yilgan. Buning ma’nosi hayot – yaxshilik tufayli insonlarga in’om etilgan oliy mukofot, o’lim esa yomonlik manbai, deb qaralgan. Shuning uchun ham murdani olovda kuydirish, yerga dafn etish yoki suvga cho’ktirish mumkin emas edi. «Avesto»da yashtlar, ya’ni Axuramazda, Yer, Quyosh, Oy, Mitra ilohiga atalgan gimnlar, qurbonlik marosimi qo’shiqlari va diniy marosimlarga xos rasm-rusumlar bayoni bor. «Avesto»ning yaratilishi, uning afsonalari, gimnlari uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tomonidan og’zaki aytib yurilgan va qayta-qayta ishlangan ijod mahsuli. «Avesto» so’g’d va baqtriya tiliga yaqin, yunon yozuvi bilan Parfiya yozuvining isloh qilingan shaklida yozilgan va u tarixda «Avesto» yozuvi deb ataladi. Bu yozuv mil. av. VII asrda vujuduga kelgan degan taxmin bor.
Shuningdek, Rodoslik Yevtidemning (mil. av. IV asr) qayd etishicha, Markaziy Osiyo xalqlari orasida ervoniylik ta’limoti ham tarqalgan. Ervon ayrim manbalarga ko’ra vaqt xudosi va Axuramazda bilan Axrimanning otasi hisoblangan.
Markaziy Osiyoda yanada qadimiy aqidalar ham mavjud bo’lgan, ularning biri shamanlikdir. Gerodot massagetlar to’g’risida, ular ayrim daraxtlarning mevalarini terib, gulxan atrofida davra qurib o’tirib, olovga mevalarni tashlab, tutayotgan giyohning hididan sarg’ush bo’lib, so’ngra esa raqsga to’shib, qo’shiq ayganlari haqida ma’lumot qoldirgan.
Xorazm va Sug’diyona xududida, shuningdek, avval o’lib, keyin qayta tirilgan qaxramon Siyovush siymosiga sajda qilish ham kuchli bo’lgan.
Ahmoniylar davrining yodgorligi Naqshi Rustam darasidan topilgan shoh Doro tobutidagi bezakli tasvirlar, Doro va Kserks tomonidan Behistun tog’ida toshga o’ydirib tushirilgan suratlar va yozuvlar orqali biz ahmoniylarga qaram bo’lgan turli xalq vakillarining qiyofasini tasavvur eta olamiz.
Sug’diylar va baktriyaliklarning kiyinishi deyarli bir hil – kamarli uzun ko’ylak, boshlarida do’ppini eslatadigan qalpoqcha; sug’diylarda uzun va tor ishton, baktriyaliklarda chalvor, oyoqlarida uchi qayrilgan uzun qo’njli etik, xorazmliklar va saklar kiyimi esa etagi yoysimon qilinib mo’yna bilan bezatilgan yoqasiz uzun chakmon bilan tor ishtondan, boshlarida quloqchinga o’xshash bog’ishli qalpoq bo’lgan. Erkaklarning hammasi soqol qo’yib yurishgan.
Xorazm, So’g’d va Baqtriyada turkiy tillar bir necha lahjalardan iborat bo’lib, ular zaminida turkiy xalqlar tillari vujudga kelgan. Undan tashqari bu yerda eron tillarining bir necha lahjalari bo’lgan, keyinchalik ular fors-tojik tilining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Eron va turk tillarida so’zlashuvchi xalqlarning bir-birlari bilan bog’liqligi tufayli ularning tillari ham bir-biriga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Markaziy Osiyoda o’sha davrda oromiy yozuvi keng tarqalgan edi. Oromiy mixxat yozuvi o’z navbatida, finikiy alifbosi asosida yuzaga kelgan bo’lib, u 22 ta harfdan iborat bo’lgan. Bu yozuv ma’muriy hujjatlarda qo’llanilib kelgan. Miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi negizida «Avesto», Xorazm, So’g’d, Kushon, O’rxun-yenisey, uyg’ur kabi bir qator mahalliy yozuvlar vujudga keldi. Xorazm yozuvi oromiy alifbosi asosida tashkil topgan. Xorazm yozuvining izlari qolgan qadimgi yodgorliklar – tangalar, muhrlar, hujjatlar, san’at asarlari Xorazmdagi Qo’yqirilgan qal’adan topilgan va ular mil. av. III asrga oidligi fanda isbotlandi.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimgi an’analarini saqlab qolgan yozuvdir. Tuproqqal’a (Xorazm) saroyi xarobalari orasidan Kushon davriga oid Xorazmiylar yozuvida teri va taxtaga bitilgan hujjatlarni topishga muvaffaq bo’lindi. Xorazmdan o’tkir uchli ikkita suyak tayoqcha topilgan. Olimlarning taxminicha, ular sopol yoki mum taxtachalarga yozadigan o’ziga xos «qalam»lar bo’lgan.
So’g’d yozuvi turkiy tillarga mansub bo’lib (Mug’qal’adan topilgan ko’pgina hujjatlar, tangalar, so’g’d yilnomasi buni tasdiqlaydi) mil. av. II asrda keng tarqalgan.
Miloddan avvalgi VI-I asrlarga oid boshqa madaniy yodgorliklar jumladan, o’sha davr turmush lavhalarini aks ettiruvchi ossuariylardagi o’yma naqshlar, yer va unumdorlik ma’budasi Anaxit tasviri, baland poshna etik, cho’qqi qalpoq, chakmon kiygan, bo’yniga qimmatbaho ma’danlardan bezaklar osib olgan haykalchalar (Afrosiyob topilmalari), pichoq, xanjar, sopol buyumlari, tangalar, qurol-aslahalar ajdodlarimizning qadim madaniyatidan xabar beradi.
Masalan, Katta Farg’ona kanali qurilishida yon tomoniga to’rtta tog’ echkisining rasmi tushirilgan uch oyoqli, to’rt quloqli bronza qozon, Yettisuv vodiysidan to’rt oyoqli va chetlarida qanotli sher tasviri tushirilgan to’rt quloqli katta qozon topilgan. Ayritomdan topilgan yodgorlikda hozirgi rubob, do’mbira, arfa kabi musiqa asboblariga monand cholg’u chalib o’tirgan uch ayol rasmi, Tuproqqal’adagi arfa chalib turgan qiz surati qadimda Markaziy Osiyoda turmumsh madaniyati va musiqa san’ati taraqqiy etilganligidan guvohlik beradi.
Binokorlikda asosan, yog’och, loy (paxsa, guvala, xom g’isht)dan foydalanilgan. Xorazmdagi Tuproqqal’a, Buxoro yaqinidagi Bolaliktepa, Farg’ona vodiysidagi Quva qal’asi binolari monumental san’at asarlari (devoriy rasm, yirik haykal va relyeflar) bilan serhasham bezalgan. Soqchilar turadigan baland minoralar (balandligi 30 metrga yaqin), baland va keng zallari bo’lgan ikki qavatli saroylar (Varaxshadan topilgan yodgorlik) qurilgan.
Markaziy Osiѐning yerlari qadimdan bosqinchilar uchun boylik orttirish o’lkasi bo’lib kelgan. Tarixiy ma’umotlarga ko’ra miloddan avvalgi IX-VII aslarda dushmanlar Markaziy Osiѐning janubiy tomonlariga yurish qilib juda ko’p boyliklar orttirib qaytgan. Mil. av. VI asrlardan esa O’rta Osiѐ yerlarining katta qismi Ahomaniylar davlat tomonidan bosib olinib qariyb 200 yildan ortiq vaqt mobaynida uni asoratida bo’lgan. Ahomaniylar Markaziy Osiѐga yurish qilgan paytda bu yerlarda Baqtriya, So’g’d, Xorazm, Parkana, Parfiya Qang’ hamda uning shimoli tomonida o’troq va ko’chmanchi qabilalardan tashkil topgan Saklar ittifoqi shakllanaѐtgan edi. Lekin bu davlatlar orasida birlik yo’q edi. Shuning uchun ham Eron qo’shinlari bu davlat va qabilalarning yerlarini tezlikda bosib olishga muyassar bo’ldilar. Xalqning ozodlik uchun kurashi esa Tumaris, Shiroq kabi qahramonlarning afsonaviy jasoratlarida saqlanib qoldi. Galikarnasli Geradot va Knidli Ktesiylar shu davr haqida qiziqarli ma’lumotlarni ѐzib qoldirganlar. Jumladan, Knidlik Ktesiy mutaxassisligi vrach bo’lgan.U Eron shohi Artaksereks 11 xizmatida bo’lib 17 yil So’zada yashagan va o’z davri, voqyealar, turli afsona va rivoyatlarni to’plab Vataniga qaytgach shular haqida ѐzib qoldirgan. Shulardan biri Tumaris afsonasi bo’lgan. Eronliklar bosib olingan yerlarni satrapliklarga bo’lib chiqildi.Satrap eroncha hokim ma’nosini anglatib,satraplik uning boshqargan hududi nazarda tutilgan. Satrap podshohga bo’ysunib, uning ko’rsatmalarini bajarar, buyrug’ga binoan solig’ yig’ar edi. Satrapliklar hukmdorlari lavozimiga asosan axmoniylar avlodidan odam tayinlanar edi. Podshohning ruhsati bilan ular o’zga yurtlarga hujum qilishi va bosib olish hisobiga o’z yerlarini kengaytirishi mumkin edi. Shuning uchun satrap Markaziy Osiѐ yerlarida bir qancha satraplikka ajratilgan bo’lib shulardan Xorazm, So’g’d, Parfiya, Baqtriya bir muncha katta bo’lgan.
Eramizdan avvalgi V asrdan boshlab O’rta Osiѐ yerlarida nisbatan tinch hayot boshlandi. Shu davrda qator shaharlar paydo bo’ldi, xunarmandchilik rivojlandi, buyuk Ipak yo’li rivojlana boshladi. Mahalliy zodagon va kiborlar chet el bosqinchilari homiyligida tinch haѐt kechirib hashamatli saroylar qurdilar, zebu ziynat va bezakka e’tibor berdilar. Bu davrda shaharsozlikda silijish ro’y berdi. Eski shaharlar qaytadan tiklandi, yangi shaharlar vujudga kela boshladi. Baqtra, Aorn, Kiriopol, Nautaka, Marokand, Ko’zal qir, Erka qala, Kallalikir (Xorazm) shu davr ѐdgorliklaridandir. Jumladan, shu davrida vujudga kelgan Ko’zaliqir, Kallali qir qal’alari ham ana shu davr an’analarida ishlangan. Masalan, Ko’zali qir qal’asi ko’proq uchburchakka yaqin bo’lib, uning maydoni qalin devor bilan o’rab chiqilgan. Kalli qir qal’asi reja asosida ishlangan. Uning to’rtburchak maydonini qalin devor bilan mustaxkamlangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr O’rta Osiѐ me’morligi haqida Ko’zali qir, Kallali qir (O’zbekiston), Erka qal’a (Turkmaniston) me’morlik komplekslari qoldiqlari taassurot beradi. So’zsiz, bu me’morlik komplekslari avvalgi davr an’analarini davom ettirish asosida yuzaga kelgan. Ular qalin devor bilan o’rab chiqilgan, darvoza va minoralari mavjud bo’lgan. Ularning markazida sun’iy tepalik bo’lib, unda saroy yoki ibodatxona joylashgan. Saroylar uchun ishlatilgan ustunlar ko’p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr me’morligi namunalarining ilk namunasi Xorazmdagi Kallali qir saroy qoldiqlaridir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo’lib (75X80 m) unga sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilarning so’nggisida binoga kirish uchun mo’ljallangan asosiy darvoza bo’lgan. Saroy xonalari esa, odatda, ichki ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib ѐpilgan. Ustunlar uzun to’sinlarga mustaxkamlik bergan va tayanch vazifasini o’tagan. Bino ustunlari tepaga kichrayib boruvchi to’rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tagkursiga o’rnatilgan bo’lgan va ular toshlardan ishlangan. Ustunlar esa ѐg’ochdan ishlangan bo’lib, uning kapiteli haykalga o’xshatib axomaniylar kapitellaridan o’rnak olinga xolda ishlangan. Bu davrda satrapliklarda bosqichlar xomiyligida mahalliy zodagonlar dabdabali haѐt kechirdilar.Ular hashamatli qo’rg’on va saroylar qurdirdilar, ularning bezagiga e’tibor berdilar. Binolarni rejalashtirib qurish, uni haykal va haykalchalar bilan bezash odati ѐyildi. Axmoniylar chekka satrapligi Xorazmdan topilgan kapitel o’z harakteri jihatidan axmoniylarning Persepol va So’za saroylarida qo’llanilgan kapitellardagi uslub - ikki tomonga qarab turgan buqa boshi (So’za kapitel)ga o’xshab ketadi. Xorazmda Uiz Dag kapitelida ikki tomonga qarab turgan odam boshi xalos. Kallali qir saroy planirovkasi va ko’rinishi, ustunlarning harakteri bevosita Axmoniylar me’morligini eslatadi. Tasviriy san’at. Yozma manbalarga ko’ra bu davrda devoriy rassomlik rivojlangan bo’lgan. Saroylar, boy zodagonlarning uylari va mexmonxonalari devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. Bu rasmlarda shu davrda mashhur bo’lgan Odatida va Zariadra romani syujetlari ko’proq ishlangan. Amaliy san’at buyumlari yuzasi turli mavzudagi bo’rtma va chizma tasvirlar bilan bezatilgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O’rta Osiѐdagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudarѐning yuqori oqimi tomonidan topilgan turli xil antiqiy buyumlar muhim o’rinni egallaydi. Bu qadimgi davr ѐdgorliklari adabiѐtilarda «Amudarѐ boyligi» ѐki “Oks boyligi” deb yuritiladi. Gap shundaki, qadimgi turklar Amu darѐni O’kuz, ya’ni Katta darѐ deb atashgan, yunonlar esa O’kuzni Oks-Oksus deb nomlashgan. Shu “Oks boyligi” ѐdgorliklarning ko’p qismi hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu buyumlar nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib, detallari aniq va tugal ishlanishi bilan harakterlanadi. Oltin arava, Oltin bilak uzuk, Oltin ko’za, Jangchi-sak bo’rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlashgan.
Бақтриянинг пойтахти қадимги Бақтра (Ҳозирги Балх) шаҳрида қазиш ишлари олиб борилиб, у ердан топилган кулолчилик буюмлари кўҳна шаҳарнинг энг қадимги қатламлари мил. авв. Vасрнинг ўрталарига оид эканлигидан далолат беради.
Мил. авв. VI-IV асрларда Сўғдиёна ҳудудларида кўплаб шаҳар ва қишлоқлар бўлиб, улар форс подшоларига катта-катта солиқлар тўлаб турар эдилар. Археологик тадқиқотлар натижасида Зарафшон ва Қашқадарё воҳаларидан бу даврга оид Узунқир, Ерқўрғон, Даратепа, Сангиртепа, Лолазор, Афросиёб, Хўжа Бўстон каби 50 дан зиёд кўҳна шаҳар ва манзилгоҳлар очиб ўрганилган.
Сўғдиёнанинг пойтахти бўлган Афросиёб (Самарқанд)да шаҳар ҳаётининг ривожланиши Сўғдиёна ва бутун Ўрта Осиёдаги сиёсий ва иқтисодий ҳаётнинг юксалиши ҳамда инқирози билан мувофиқ тарзда кечган. Сўғдиёнанинг “иккинчи пойтахти” бўлган Ерқўрғонни (Қашқадарё) тадқиқотчилар юнон-рим тарихчилари томонидан эслатилган Ксениппа вилоятининг марказий шаҳри деб ҳисоблайдилар.
Мил. авв I минг йилликнинг ўрталарида Хоразм ҳам ривожланиши жараёнини бошдан кечиради. Хоразм тадқиқотлари натижаларига қараганда VI-IV асрларда бу ҳудудда йирик-йирик манзилгоҳлар мавжуд эди. Бу даврда Хоразмда иншоотлар қурилишида хом ғишт, пахса ишлатилган. Манзилгоҳлар ва турар жойлардан топилган топилмаларнинг бой ва қашшоқлиги бу ерда мавжуд бўлган ижтимоий ва мулкий тенгсизликдан далолат беради. Шаҳарлар аҳолисининг асосий машғулоти ҳунармандчилик бўлган. Кўплаб топилган сопол, бронза, темир буюмлар фикримиз далилидир. Хоразмда бу даврда маҳаллий ўтроқ аҳолидан ташқари кўчманчи чорвадорлар ҳам яшаган бўлиб, улар ўртасида доимий ҳарбий тўқнашувлар, иқтисодий ва маданий муносабатлар бўлиб турган.

Download 429.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling