1-mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Reja
-MAVZU. ANTIK DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI
Download 429.47 Kb.
|
1-Mavzu
5-MAVZU. ANTIK DAVRI MADANIYATI VA SAN'ATI.
REJA: Ellin madaniyati va san'atining o'ziga xos xususiyatlari Salavkiylar davri ellin madaniyati va san'ati. Yunon-Baqtriya davlatida yunonlar va mahalliy madaniyat sintezi. Sharq ellin madaniyati va san'atining vujudga kelishi. . Me'morchilik, haykaltaroshlik, teatr va musiqa san'ati. Yunon-Baqtriya yozuvi. O'rta Osiyo xalqlarinig tarixi va madaniyati muxim bir bosqich sifatida greklar tomonidan o'lkamizning istelo qilinishi ko'rsatiladi. Bu davrlar arxiologik tekshirish qadimgi shaxar xarobalarini o'rnatish antik davr avtorlari tomonidan yozib qoldirilgan yozma ma`lumotlarni o'rganish tufayli atroflicha aniqlanmoqda. Keyingi 30 — 40 yil ichida Grek —Baqtriya podsholigi yerlaridagi o'nlab o'sha davrga oid muxim yodgorliklar ochib o'rganilgan. Masalan, Baqtriyaliklarning Afg'oniston qismida Begram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi olamga mashxur qadimgi shaxar qoldiqlari, uning Toljikiston qismida Kabodshox, Kaykobot, O'zbekiston qismi Dunyotepa, Xayitobodtepa, Jandavlattepa kabi shaxar xarobalari ochib o'rganilgan. Xunarmandchilikning kulolchilik soxasini oladigan bo'lsak bu davrda bobokalonlarimiz kulolchilikda antik olamda tengi yoq ustalar edi. Baqtriya, Marg'iyona va Sug'diyona kulollari yuksak san`at darajasiga ko'tarilgan sapol idishlar yasay bilganlar. Uy—joylar, shoxona saroylar, ibodatxonalar va mudofa inshoatlari qurishda bu o'lkalar xalqi antik davr olamiga yuksalishining yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan. Bu o'lka xalqlari o'sha davrlarda xam turli eroniy tillar gruppasiga kiradigan maxalliy laxjalarda gapirishar edi. Si-Ma-Uyaning aytishicha «Dovondan to Parfiya (An'si) gacha kishilar bir- birining tilini tushunar edilir». Strabon xam Baktriya, Sugd, Eron va Xindistonda yashovchi axolining tillarini bir — biriga o'xshashligini ta'kidlaydi. Biroq ana shu oblastlarining xammasida yagona bir til mavjud bo'lgan deb aytish qiyin. Manbalar O'rta Osiyo aHolisining tillari bir-biriga bo'lganligidangina xabar beradi. Baktriya podsholari saroy tili sifatida grek tilidan foydalanar edilar. Grek tili bilan maxalliy tillardan birining qorishmasidan tashkil topgan bir til xaqida xam ma'lumotlar bor. Lekin bu ma'lumotlar miloddan avvalgi 4 asrga oiddir. Bu til oradan bir oz vaqt o'tib yanada rivojlanganini yoki yo'qolib ketganmi — bu noma'lum. O'rta Osiyo yozuvining eng qadimiy ma'lumotlari Xorazmda olib borilgan qazishma ishlari paytida topilgan. Bular oromiy xati bilan bitilgan yozuvlar bo'lib, tadqiqotchilar ularni mil. ol. 3 asrga oid deb xisoblaydalar. Tangalarda ishlatilgan grek yozuvi xam keng tarqalgan bo'lsa kerak. Afsuski O'rta Osiyo grek yodgorliklari xozirda juda kam topilgan. Mil. avv. 2-asrdan boshlab grek-Baktriya podsholarining tangalarida grek yozuv bilan bir qatorda karoshti xati yozuvlari xam paydo bo'la boshlaydi. Ular aftidan Kobuliston axolisiga va grek — baktriya podsholarining Hindistondagi yerlariga mo'ljallangan bo'lsa kerak. Ikki tildagi bunday tangalar O'rta Osiyo territoriyasida xam uchraydi, lekin karoshti xati shimolga Amudaryodan ancha kech 1 asrlarda buddizmning keng yoyilishi bilan kirib boradi. Grek-baktriya podsholigida yilni sanash chamasi salavkiylar erasi bo'yicha, ayni xisoblash esa Makedoniya kalendari-bo'yicha olib borilgan. Maxalliy axoli orasida avvalgidek zardushtiy kalendari ishlatilib kelingai. Bu davrda maxalliy astronomlar asosiy sayyoralar va yulduzlar turkumlarining nomlariga qarab fikr yuritilsa, zodiak sistemasini xam aniqlaganlar. Munajjimlar shox saroyida katta mavqega ega edilar. Ular goroskoplar tuzar va yulduzlarga qarab biron qaror qabul qilish uchun qulay kunlarni belgilab berar edilar. Munnajimlar ayni chog'da fizika, matematika va falsafa kabi fanlar bilan xam shug'ullanardi. Ikkita grek — baktriya tarelkasidagi (oltin va kumushdan ishlangan) grekcha yozuvlarni tekshirish. Sug'd va Baktriyada unlab sanash bilan bir qatorda, yigirmalab sanash mavjud bo'lganini aniqlashga imkon berdi. San'at yodgorliklari va yozma manbalarining ma'lumotlariga qaraganda Sug'd va Baktriyada muzika, umuman butun Sharkda bulganidek, saroydagi marosimlarda xam kundalik turmushda ham katta rol` o'ynagan. Muzika asbobolari sibizg'a, ud, nog'ora, chiltor kamon bilan chalinadigan asbob va yoyga o'xshagan karnaylardan iborat bo'lgan. San'at yodgorliklari, Ovesto tekstlarini analiz qilish natijasida olingan ma'lumotlar, shuningdek arxeologik kazishmalar bu o'lka xududida diniy sistemalar va kultlar mavjud bo'lganini aniqlagashga imkon beradi. Bular orasida Otashparastlar dini yetakchi mavqeni egallagan. Maxalliy kul'tlar (Ma'buda Noxid, xudo Mitra) ellin xudolari (Zeve, Afina, Posedon, Apallon) Rigveda gimnlarida madx etilgan Xind Xudolari bularning barchasi tasviriy san'at yodgorliklari tekstlarida namoyon bo'lgan. Kadimgi maxalliy kul`tlarnint Sharqdagi qo'shni mamlakatlarda mavjud bo'lgan diniy tasavvurlar va antik mifologik obrazlari bilan qo'shilib ketishi, shuningdek, turli tasavvurlar xayot kechirishining o'zi yangi-yangi diniy obrazlar va ta'limotlar ning vujudga keltirishi kerak edi. Baqtriya va sug'd badiiy madaniyatining rivojlanishidagi muxim o'zgarishlar shu davrga oid tangalarda o'z ifodasini topdi. Grek-baqtriya tangalarining o'ng tomonida ko'pincha podshoning rasmi, chap tomonida esa xudoning, podshox xomiysi siymosining surati zarb etilgan. Uning tashqi qiyofasi ellinistik dunyoda juda mashxur bo'lgan Lisipp (mil.ol 4 asr) ishining xaykal namunasi bo'yicha tiklagan. Elinistik portret ishlash san`ati va umuman zarb qilish san`ati eng yaxshi yutuqlarining keng yoyilishidir. O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining rivojlanishi jiddiy tasir ko'rsatgan bo'lsa kerak. Bizgacha yetib kelgan grek — baqtriya davlati va undan keyingi davrlarga xos yodgorliklar ichida oltin va kumushdan ishlangan buyumlar "katta axamiyatga egadir. Bu buyumlar keskich va punson yordamida zarb qilingan va diniy xamda xayotiy manzaralar va xudolar burj rasmlari muzeyda saqlanadi idishlar va flarlarning ko'pchiligi O'rta Osiyo teretoriyasini qo'shni va uzoq mamlakatlar bilan bog'lagan karvon yo'llarining qadimgi trassalarida topilgan. Bu davrning madaniyati va san`ati uchun maxalliy va grek madaniyatlarining qo'shni mamlakatlar (Eron va. Xindiston) madaniyati elementlari bilan qo'shilib ketganligi xarakterlidir. Grek — baqtriya podsholigi madaniyati o'sha davrlardagi san`at va, moddiy madaniyat yodgorliklaridagina ifodalinib qolmay, uning o'zlari O'rta Osiyo tarxining to arab istelosiga qadar xatto undan keyingi paytlarga oid baddiy asarlardan xam yaqqol ko'rinadi, lekin bu asarlarda ularni maxaliy madaniyat turlaridan ajratib bo'lmaydi, chunki ular bu an`analar bilan uzviy bog'langan xolda mavjud bo'lgan. Xullas, Grek-baqtriya davrida moddiy va ma`naviy madaniyat o'zining yuksak darajasiga ko'tarilgan. Bu yuksaklik xayotning barcha jabxalarida namoyon etiladi. Maxalliy axolining an`anaviy madaniyati va san`ati o'ziga xos rivojlanishda davom etib, shu bilan birga grek dunyosini (elljnizm) ko'zga tashlangan yuksak me`morchilik san`atining ibratli tomonlarini o'ziga singdirdi. Bu yuksalish kushonlar davlati zamonasiga kelib yuksak rivojlanishda davom etdi, O'rta Osiyo xalqlari va madaniyati 1-4-asrlarda mavjud bo'lgan kushon podsholigi chuqur iz qoldirgan. Mazkur podsholikning o'sha davrlarga oid bo'lgan yirik shaxarlari xarobalari 70-80-yillirga ancha mukammal o'rganilgan. Yozma ma`lumotlarda xam mamlakatimiz tarixi va o'tmish madaniyati kushonlar tomonidan yaratib qoldirilgan moddiy va ma`naviy boyliklar batafsil kiritiladi. Geografik jixatdan bir — biridan uzoqda joylashgan va xar xil an`analar va tasavurlarga ega bo'lgan oblastlarning turli tillarda so'zlovchi axolisini o'z ichiga olgan. Kushon podsholigida, garchi bunday birlashuv madaniy ne`matlarini keng ko'lamda almashishga yordam bergan bo'lsada, podshoxlikning turli qisimlari uchun yagona bo'lgan diniy madaniyat yaratilmadi. Kelib chiqishi turlicha bo'lgan diniy sistemalar va kultlar yonma-yon yashagan. Buni kushon shoxlarining tangalari ko'rsatiladi. Bu tangalariing orqa tomonida turli xudolar tasvirlangan. Misr—Mitra (Quyosh xudosi), Mox (Oy xudosi), Otash (Olov xudosi), Farr (Omad va ma`murchilik xudosi) va uning jufti xosildrrlik ma`budasi Ardoxsh ma`budasi, shuningdek ikkinchi darajali xudolar—frufasi—otlar xomiysi, Vaxsh—Amudaryo erkak xudosi kabi xudolar xkukmdorlardan Kanishka va Xuvisika zamonidagi tangalarda uchraydi. Xindiston pantioni tangalarda turli qiyofalardan Shiva xudosi, shuningdek, Shiva doirasidagi jangli xudolar (Skanda, Kumara, Maxasena va xokazo) iborat bo'lgan. Kushon ponteonida Shivaning xotini Parvata ma`budasi obrazi bilan qo'shilib ketgan Old Osiyo Nanayya —nana ma`budasi murakab tarzda o'rganib boradi, Kanishka zamonida Budda tasviri berilgan tangalar zarrb qilingan. Asli g'arbdan kelib chiqqan, butun ellinistik dunyoga keng tarqalgan xudolar— Seranis, Gerakl axolisida gruppani tashkil etadi. Xudolarning maxalliy nomlarini grek tilida tarjima sifatida tangalarda Gelios, Selena va Gefeetning nomlari berilgan. Kushon davrining kulotlarga oid binolari arxiologik jixatdan tadqiq etilgan. Shimoliy Afg'onistonda ko'p yillar mobaynida o'tkazalgan qazish ishlari natiya-sasida Surx — Kutolda ibodatxona inshoatlarining butun bir kompleksi, shuningdek Budda ibodatxonalari va ularda suppalar juda ko'plab topilgan. Amudaryoning o'ng qirg'og'iga, Ayrtom, Termiz atroflarida ibodatxona. ochib o'rgaiilgan, bu yerda muzikachilar va gulchambar ko'garib kelayotganlarning rasimi ishlangai tosh imoratlar topilgan. Qadimgi Termiz shaxri xarobalari g'or ichida joylaptgan qoratepa Budda ibodatxonasini qazish ishlari katta qiziqish tug'dirdi. Sopol buyumlari kushon — baqtriya alifbesi xamda Braxma va karoshti hind alifbesi bilan. bitilgan yozuvlarning kollektsiyasi anashu yerdan kelib chiqadi. Koratepa g'orining devorlarida yozuvlar saqlanib qolingaiki, ular kushon — baqtriya xilining ancha keyingi davrlarga xos xili — kushon kursiv xata bilan yozilgan. Surxandaryo viloyati va Tojikiston xududlarida olib borilgan arxiologik izlanishlarning guvoxlik berishicha, bu tizimda buddizimga xos me`morchilik va xaykaltaroshlik san'ati, zargarlik san`ati o'zining klassik darajasiga ko'tarjlgan. Ayniqsa qadimgi Dalvarzintepa xarobalaridan topilagan juda noyob yodgorliklar nafaqat-o'rta osiyo balki jaxon mutaxasislari tomonidan yuqori baxolanmoqda. Kushonlar zamonida O'rta Osiyo xalqlarining baddiy madaniyati yuksak darajada rivojlandi, uning asosiy xususiyati xudolar galeriyasi uchun barqaror, antropomoror ikonografiya mavjudligi bo'lib, bu loydan mayda xaykllar ishlatishning rivrjlanishida bo'lgan sopolddn ishlangan xudolarning xaykallari bu davrning faqat kul`tga xos ikonografiyasi emas, balki kiyim — kechaklar, Musiqa asboblari, qurol —yaroq va boshqa buyumlari xaqida xam tasavur beradi. Kushon davri san`atida grek — rim obrazlarining intensiv tarzda qilib kelganligi ellinistik dunyoning g'arbiy oblastlari bilan keng ko'lamda aloqa qilib turganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, Kushon madaniyati Grek —Baqtriya vositasi. bo'lib, uiing ajoyib manbalarini davom etirdi va yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Umumiy xulosa qiushb shuni takidlash lozimki tasviriy, me`morchilik va xaykaltaroshlik san`ati O'rta Osiyoda Gretsiya Rimdan olishgan. Bu borada Gretsiya va O'rta osiyo madaniyati uyg'unlashib o'ziga xos yuksak san`at asarlarini yaratadi. Bu manzara ayniqsa Parfiya va Baqtriyada Sug'diyona va Marg'iyona o'z aksini topdi. Bu asarlar tosh va terakotadan yasalgan bo'lsada bizgacha yetib kelgan. Masalan antik dunyoning yuksak madaniyatiga xos tasviriy san`at namunalari 2 — 3 asrga oid Fayoztepa Budda majmuida toshdan yasalganligi uchun yaxshi saqlangan. Biroq antik davr yodgorliklariga xos san`at asrlarining aksariyati o'rta Osiyoga xos xom ashyo loydan qilinganligi uchun zamonlar o'tishi bilan yer qariga singib ketdi. Mil.avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka diadoxlar bilan bo'lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va boshqa qo'shni viloyatlarni bosib oldi va ko'p o'tmay Old Osiyo, Eron va O'rta Osiyo hududlariga ham o'z hukmronligini o'rnatdi. Salavkiylar hokimiyatni egallagan paytdayoq ularning O'rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu sababli O'rta Osiyo viloyatlari yerlaridan mahrum bo'lishdan qo'rqib ketgan Salavka I o'z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy noiblik (straplik)larni ta'sis etdi. O'zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil. avv. 293-261) Antiox G'arbga qilgan ko'pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o'z davlatining sharqiga, shumladan O'rta Osiyo yerlariga kam e'tibor qaratdi. Bu paytda uning viloyatlarida iqtisodiy o'zgarish yuz beradi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo'lishiga qaramasdan, O'rta Osiyo ular davlatining eng muhim qismi edi. O'rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lib, salavkiylar bu hudud bo'ylab o'tgan savdo yo'llari bo'yida shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda hunarmandchilik, o'zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas. Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda tilga olinadi. (Stratonik, Aleksandr, Gieraks va b.). Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy aholidan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O'rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to'plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, O'rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda (katoykiyalarda) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Aholiga jabr-zulm qilishda mahalliy hukmron guruh vakillari ham ishtirok etardilar. Mil. avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida salavkiy hukmdorlari o'rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy satraplari siyosiy hayotida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o'zlarini mustaqil deb e'lon qildilar. Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog'tepa, Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko'plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi. Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo'lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo'lingan bo'lib bu viloyat hokimlari podshoga bo'ysunar edilar. Ba'zi tadqiqotchilar So'g'd va Farg'ona ham Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o'tmagan deydilar. So'nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko'plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o'ng va so'l qirg'og'i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o'zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140-130 yillar davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo'lib, bu davrda Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko'chmanchilar zarbalari ostida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi. 1. Tarixiy dalillar Amudaryo xazinasi Turli manbaalarning ma'lumot berishicha ushbu xazina 177, 182 va 185 dona oltin va kumish buyumlardan iborat, ba'zan ularning soni 200 donaga yetadi degan manbaalar ham bor. Tilla tangalarga kelsak, ularning soni barcha manbaalarda 1 ming 300 dona deb qayd etilgan. Ushbu iborani ba'zi bir ilmiy-ommabop risolalarda, san'at asarlari yoki zargarlik san'ati namunalari foto-almanaxlarida uchratgan bo'lishingiz mumkin. Agarda siz qadimiy madaniyatlar tarixiga, arxeologiya va numizmatikaga qiziqadigan bo'lsangiz, bu ibora sizga yaxshi tanish bo'lishi kerak. Yevropada bu ibora – «Oks xazinasi» deb yuritilgan, negaki Amudaryo yunon manbaalarida «Oks» deb yuritilgan. Amudaryo sohillaridan topilgan, tilla va kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari, idish-tovoq, qurol bezaklari, odam va turli hayvonlar shaklidagi haykalchalar majmuasi va tilla tangalardan iborat xazina to'g'risida so'z yuritmoqchimiz. Xorazmning qadimiy tarixi va hozirgi kuni bevosita Amudaryo bilan bog'liq. Ushbu xazina Amudaryoning yuqori oqimi sohillarida topilgan bo'lsa-da, bu mavzu bizlarni qiziqtirmay qolmaydi. Amudaryo xazinasi to'g'risidagi ilmiy-ommabop adabiyotlarda va internet tarmog'ida joylashtirilgan ma'lumotlarni o'rganib chiqdik va quyidagilarni e'tibringizga havola qilamiz. Turli manbaalarning ma'lumot berishicha ushbu xazina 177, 182 va 185 dona oltin va kumish buyumlardan iborat, ba'zan ularning soni 200 donaga yetadi degan manbaalar ham bor. Tilla tangalarga kelsak, ularning soni barcha manbaalarda 1 ming 300 dona deb qayd etilgan. Aksariyat entsiklopedik lug'atlarda va ularning elektron nusxalarida quyidagicha qisqagina ma'lumot berilgan: «Amudaryo xazinasi – 177 oltin va kumush buyumlari va 1300 dona tilla tangadan iborat, e.o. 4 – 2 asrlarga doir. 1877 yili Amudaryo soxilida (Tojikistonda) topilgan». BSE lug'atida bu mavzu biroz keng yorutilgan, masalan slovari.yandex.ru saytida quyidagi ma'lumot berilgan: Amudaryo xazinasi – e.o. 4-2 asrlarga doir oltin va kumushdan yasalgan buyumlar kollektsiyasi. 1877 yili, hozirgi Tojikiston (qadimiy Baktriya) hududida topilgan. Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Xazina 1300 tilla tanga (e.o. 200 y. va undan oldingi asrlarga doir), idishlar, haykalchalar, bilak uzuklari, taqinchoqlar, oltin plastinalar va boshqa buyumlardan iborat. Amudaryo xazinasiga tegishli buyumlarda Axomoniylar davriga doir san'at an'analari va uslublari o'z ifodasini topgan, va shu qatorda yunon-baktriya madaniyati, skiflarning «hayvon shakllarini berish uslubi», shimoliy hududlarning qo'chmanchi xalqlari va shu jumladan O'rta Osiyo xalqlarining uslublari namoyon etilgan.Lit.: Dalton O. M., The treasure of the Oxus, 3 ed., L., 1964.V. N. Sarianidi. Ayrim saytlarda bu xazinaning qanday topilgani va qaerdan kelib chiqishi to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilgan. Bundan 130 yil oldin Hindiston bozorlari va antikvar buyumlar sotiladigan do'konlarda g'ayrioddiy, bu yerlarda uchramaydigan tilla buyumlar paydo bo'lgan. Aytishlaricha, bu buyumlarni uchta buxorolik savdogar (Vazi ad-Din, G'ulom Muhammad va Shukur Ali), olib kelib Ravalpindi va Peshovar (hozirgi Pokiston) bozorlarida sotib ketishgan ekan. Undan oldin, juda ajabtovur, «1001 kecha» ertaklariga xos voqealar sodir bo'lgan. Savdogarlarning aytishicha, bu xazinani ular oddiy dehqonlardan sotib olishgan ekan. Amudaryoning yuqori oqimida, Kafirnigon va Vaxsh daryolari Amudaryoga qo'shilgan joylarda, shimoliy sohilda bir eski qal'a harobalari bor ekan. Shu xarobalarni goh daryo suvlari bosib gohida yana qaytib ketar eqan. Dehqonlar bu xazinani o'sha yerdan, suv qaytgan mavsumda topishgan ekan. Savdogarlar oltinlarni sotib olib Peshovar tomon yo'l olishgan. Kabul shahridan Peshovarga boradigan yo'lda qaroqchilar qo'liga tushib barcha mol-davlatlaridan ayrilganlar. Nima qilishlarini bilmay shu joylarda joylashgan Britaniya harbiylariga murojaat qiladilar. Ularning arzlarini kapitan F.Barton qabul qiladi va darhol qaroqchilarning iziga tushishni buyuradi. Qaroqchilar yarim tunda, qatta g'or ichida tillalarni talashib turgan paytlarida qo'lga tushiriladi. Ular xazina oltinlarini qaytarib berishadi. Xazina o'z egalarining qo'liga qaytadi, faqat bitta bilak uzukni kapitan Bartonga minnatdorchilik tarzida hadya qilinadi. Qolgan tillalar Peshovar va Ravalpindi bozorlarida sotiladi. Xazina to'g'risida kapitan Bartonning raportidan habar topgan general-mayor A. Kenningem va noyob topilmalarga qiziqadigan do'sti E.U.Frenk bu xazina buyumlarini izlay boshlaydilar va deyarli barchasini yig'ib olishga erishadilar. Shu tariqa Amudaryo xazinasi Britaniya muzeyiga junatiladi. Xazina buyumlari arxeolog-olimlar tomonidan bir necha bor o'rganib chiqilgan, ularning kelib chiqishlari, qaysi davrga va qaysi madaniyatga doir ekanligi aniqlangan. O.Dalton tomonidan “Amudaryo xazinasi” deb nomlangan katalog ro'yxati tuzilgan. YE.V. Zeymal`, YE.YE. Kuz`mina, P.M. Girshman va M I. Artamonov kabi olimlar ilmiy ishlarida o'z fikrlarini bildirganlar. Ularning taxmin qilishicha, bu buyumlar uzoq muddat davomida yig'ilgan bo'lib qaysidir diniy ehrom – ziyoratgohda, boy-badavlat odamlarning xayriya-ehsonlari evaziga paydo bo'lgan. Bu buyumlarning ayrimlari Axomoniylar davri va madaniyatiga tegishli bo'lsa, boshqalari Yunon-Baktriya madaniyati, Skiflar madaniyati, Markaziy Osiyo va Sibir xalqlari madaniyatiga tegishli deb topilgan. Ammo ilmiy tomondan puxta o'rganilganligiga qaramay bu xazinaning manbasi, ya'ni topilgan joyi rasmiy ravishda tan olingan emas, negaki hech qanday isbotlovchi rasmiy hujjatlar yo'q. Shuning uchun xazinaning asl manbasi noaniq hisoblanib, uning o'z madaniy merosi deb da'vo qiluvchi Afg'oniston, Tojikiston va O'zbekiston davlatlarining qay biriga tegishli eqanligi aniqlanmagan. Qanday bo'lganda ham Amudaryo xazinasi umuminsoniy qdriyatga ega dunyo xalqlari va shu jumladan Markaziy Osiyo xalqlarining bebaho merosi xisoblanadi. Ayni kunlarda ushbu xazina Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Uni tomosha qilish uchun yiliga 5 mln. odam, dunyoning turli burchaklaridan kelib ketadilar. Albatta internet tarmog'ida joylashtirilgan bu ma'lumotlar juda qiziqarli, ammo zebu-ziynatlarning suratlari juda kam berilgan ekan, deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Biz bunday suratlarni faqat vikipediyaning ingliz tilidagi sahifalaridan va Britaniya muzeyining saytidan topdik. Ulardan bir nechasini namoyish etamiz va ularga ilova qilingan matnlarning tarjimasini keltirib o'tamiz. Grifon boshli tilla taqinchoq. Tilla xalqa grifon boshlari bilan bezatilgan, uning ishlanish uslubi e.o. 5-4 asrlarining Axomoniylar davridagi Eron madaniyatiga mansub. Grifon – yunon nomlanishi bo'lib, afsonaviy mavjudod, burgut tumshuqli va qanotli, shoxdor arslon shaklida. Shunday bezak berilgan xalqa va bilak uzuklar qadimiy Eron poytaxti Persepolis shahrining qazilmalaridan ham topilgan. Yunon tarixchisi Ksenofon (e.o. 430 y.) yozishicha, bunday xalqalar bilan eron shohlari ajirim ishlari bilan shug'ullanidagan amaldorlarni mukofotlar ekanlar va bu mukofotga sazovor bo'lganlarning martabasi yanada ulug' bo'lar ekan. Xalqaning naqshinkor yuzasida chuqurchalar bor, bu chuqurchalar shisha va qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan bo'lishi mumkin. O'lkashunos-tadqiqotchi K.Nurjonovning fikriga ko'ra “Amudaryo xazinasi” buyumlarida qadimiy “Avesto” personajlari, ilohiylashtirilgan hayvonlar, ot, qo'y, baliq, it va boshqa jonivorlar shakli aks ettirilgan. Ushbu xalqa suratini o'zbek milliy so'mida ham qo'rishingiz mumkin. Grifon shaklidagi naqshinkor rel`ef. Bu naqshinkor rel`efda ham grifon siymosi namoyon etilgan. Uning yuzasida ham bo'shlik chuqurchalar bor, taxmin qilinishicha ular shisha va qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan. Naqshning orqa tarafida uni mahkamlash uchun mo'ljallangan ikkita ignasi bor. Ammo, bu ajabtovur bezakni aynan nimani bezatib turishi va qay maqsadda ishlatilishi aniqlangan emas. Bu bezakning shaklida skiflarga xos bo'lgan «hayvonlar shakli berish uslubi» ham namoyon bo'lib turibdi. Bu esa qadimiy Eron madaniyatiga Shimoliy hududlarda istiqomat qiluvchi ko'chmanchi xalqlar, Markaziy Osiyo va Sibir` xalqlari madaniyatining ta'siri o'tganligini isbotlaydi. Ot-aravasining modeli. Ot-aravasining modeli ham juda ajoyib, ustalik bilan ishlangan. Aravaga to'rtta ot qo'shilgan, ustida ikita odam haykalchasi, tikka turgan aravakash va uning xo'jayini o'tirgan holatda. Aravachaga mohirlik bilan bezak berilgan, odamlarning ust-bosh kiyimlarigacha aniq ishlangan.Kiyimlar qadimiy Eronning Mediana viloyati kiyimlariga o'xshash deb topilgan. “Avesto” kitobida ma'buda Anaxita to'rtta ot qo'shilgan aravani xaydab kelayotgani madx etilgan. Shunga o'xshash arava modeli, Amudaryo xazinasi topilgan yili, graf Litton tomonidan Hindistonda sotib olingan. U ham Amudaryo xazinasiga tegishli deb taxmin qilinmoqda. Hozirgi kunda Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Erkak kishi surati chizilgan tilla plastina, Amudaryo xazinasi tarkibidagi tilla plastinalardan eng kattasi. Bu plastina uzunligi 3 sm.-dan 20 sm.-gacha keladigan 50 tilla plastinalardan biri. Uning yuzasida, o'ng qo'lida bir dasta tayoqchalar tutib turgan odam surati chizilgan. Bu tayoqchalarni biron-bir dorivor o't, yoki diniy marosimlarda tutatadigan o't deb va suratdagi odamni qaysidir diniy ehrom qohini deb taxmin qilinmoqda. Ammo suratdagi kishining belida qilich osig'lik turibdi, bunday kaltaroq shakldagi qilichlar skiflarning qilichi – «akinak»ga o'xshaydi. Kishining boshidagi qalpoq ham skiflarning bosh kiyimlariga o'xshash deb topilgan. Shularni hisobga olib suratdagi odam – skif askari deb tahmin qilish mumkin ekan. Suratning chiziqlari unchalik aniq emas, ayrim joylarida oddiy va qo'pol ishlangan. Bu suratni mahalliy ustalar, yoki usta shogirdi ishlagan deb hulosa chiqarish mumkin. Shunday bo'lsa da bu surat qadimiy san'at an'analaridan darak beruvchi bir noyob asar hisoblanadi. Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o'z ahamiyatiga ko'ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi. Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho'qqisiga ko'tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo'shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg'oniston) atroflariga ko'chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg'oniston, O'rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo'shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko'pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g'arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o'z garovga qo'ygan odamlarini yuborar edilar”. Kushon davriga oid ko'plab ochilgan ko'hna shaharlar bu paytda shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Ayrtom, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Termiz, Zartepa, Kampirtepa kabi ko'hna shaharlar shular jumlasidandir. Kushon podsholigi ruhoniylar qo'lidagi davlat bo'lib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh qohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga bo'lingan bo'lib, ularning boshliqlari ma'lum ma'noda o'zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansada, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo'jaligida dehqonchilik sun'iy sug'orishga asoslangan bo'lib, qishloq xo'jalik ekinlarining juda ko'p turlari tishtirilgan. Shaharsozlik. Ilk bor Baqtriyada shakllangan Kushon podsholigi davrida Shimoliy Hindiston va Baqtriyaijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yuksalishga erishgan.Surxondaryo viloyatining o'zidagina mavjud 150 dan ortiq Kushon davriga oid shahar, qishloq, qal'a va diniy inshootlar bu davrda yuz bergan iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdan dalolat beradi. Bu davrda Shimoliy Baqtriyada ikki yirik markaz shakllanadi. Biri Oks (Amudaryo)ning o'ng qirg'og'idagi Tarmita (Termiz) bo'lsa, ikkinchi markaz Chag'onrud(Surxondaryo)ning o'rta oqimidagi Dalvarzintepa o'rnida mavjud bo'lgan. G. A. Pugachenkova fikriga ko'ra, xitoy manbasida tilgaolingan kushonlarning ilk markazi Xodzo Dalvarzintepa shahriga to'g'ri keladi. Bu kabi poytaxt shaharlar bilan bir qatorda har bir voha o'z markaziga ega bo'lgan. Sherobod vohasidagi Jondavlattepa, Angordagi Zartepa, Jarqo'rg'ondagi Hayitobodtepalar bular jumlasidandir. Kushon davri shaharlari asosan ikki qismdan, ya'ni yuqori va quyi shaharlardan iborat bo'lib, shahar atrofida buddaviylik, zardushtiylik dinlari bilan bog'liq ibodatxonalar va shaharliklar dafinasi kabi inshootlar joylashganKushon podsholigi Shimoliy Baqgriyaning qadimgi davr shahar madaniyatining ravnaq topgan davridir. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, Kushon podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyada har 8 -10 qishloqqa 1 shahar to'g'ri keladi. Bu davr shaharlarining ichki tuzilishi Eski Termiz, Dalvarzintepa, Zartepa kabi yodgorliklarda o'tkazilgan qazishmalar orqali ma'lum. Zartepa (Angor tumani) tomonlari 400 metrga teng bo'lib yagona loyiha asosida qurilgan. Shahar mustahkam tashqi devor bilan o'rab olingan bo'lib, unda har biri 34 metr oraliq masofada joylashgan yarim aylana shaklidagi kamonchilarga mo'ljallangan burjlar joylashgan. Shaharning to'rt darvozasiga tutash markaziy yo'llar shaharliklar xonadonlari va undagi mavjud imoratlarni bir-biri bilan bog'lab turgan. Shahar maydonida qazib o'rganilgan inshootlar uning so'nggi, ya'ni milodiy IV-V asr boshlariga oid hayotini ifoda etadi. Zartepanint markazida 12 ustunli mahobatli zaldan iborat ma'muriy bino va unga tutash imoratlar mavjud bo'lgan. Shaharnint janubi-sharqiy qismidagi ko'chaning har ikki tomonida shahar zodagonlarining mahallalari joylashgan. Har bir shaharlik xonadoni 16-20 gacha turli hajmdagi yashash va xo'jalik bilan bog'liq xonalardan iborat bo'lib, o'z navbatida bu xonadonlar bir-biridan yo'lakchalar bilan ajratib qurilgan. Shaharliklar ibodatxonasi (Qatlamatepa- yuqori qismi gumbaz shaklidagi stupa) Zartepaning sharqiy tomonida joylashgan. Sho'rchi tumanidagi Dalvarzintepaning arkida hokimlar saroyi joylashgan, ark asosiy shahardan yo'lakli mustahkam mudofaa istehkomlari bilan o'rab olingan. Dalvarzintepadagi har bir xonadon uning sohibining mavqeiga qarab qurilgan, markaziy ko'cha bo'ylab va unga tutash qismlarda zodagonlar xonadonlari mavjud. Bu xonadonlar devoriy rangtasvir, haykallar va o'yma ganchlar bilan bezalgan. Shahar arkiga yaqin joyda kulol ustalar xonadoni va sopol idishlar pishiradigan xumdonlar qurilgan. Shahar ko'chalarining chorrahasida mahobatli budda haykallari bilan bezalgan ibodatxona mavjud bo'lgan. Dalvarzintepa buddaviylik ibodatxonasining bunday uslubda joylashishi orqali bu dinning Baktriya shaharlariga qay yo'sinda tarqala boshlaganligini kuzatish mumkin. Dunyo dinlaridan biri hisoblangan buddaviylik Baqtriya yerlariga Gandharadan (Shimoli-G'arbiy Hindiston, hozirgi Pokiston hududi) Nagaxara viloyati va Hindiqush tog'lari osha tarqalgan. Buddaviylik dini bilan bog'liq inshootlar Kushon shaharlarining muhim bir qismi bo'lib,diniy markazlar vazifasini o'tagan. Tarmitada bu turdagi inshootlar asosan shahar tashqarisida mavjud bo'lib, nafaqatshaharliklar, balki uning atrofidagi qishloq ahli uchun ham xizmat qilgan. Umumiy Maydoni 7 gektardan iborat Qoratepa o'rnidagi buddaviylik ibodatxonalari majmui yerning ostki va ustki qismida joylashgan binolardan, jumladai, ayvonlihovli, ravoqsimon uslubdagi kohinlar hujrasi, aylanma yo'lakli sajdagoh kabi iishootlardan iborat. Ba'zi bir hovlilarda buddaviylik dinining muqaddas inshooti-stupa mavjud. Qoratepa Tarmitaning markaziy ibodatxonasi sifatida II-IV asrlarda muntazam ravishda faoliyat ko'rsatgan. Qoratepa yaqinidagi Fayoztepa yerning ustki qismida bunyod etilgan yana bir buddaviylik inshooti hisoblanadi. Qishloq jamoasi. Kushon podsholigi davrida shaharlar atrofi va vohaning aksariyat joylarida ko'plab qishloqlarga asos solingan. SH.Pidaevning ta'kidlashicha, bu qishloqlarning umumiy maydoni 0,5 gektardan 5 gektargacha bo'lgan. Viloyat hududida Kushon davlati hukmronligi davriga mansub 130 dan ortiq yodgorliklarning 80 ga yaqinini qishloqlar tashkil etadi. Bu ma'lumotlarga tayanib, shuni ta'kidlash mumkinki, kushonlar jamiyatida asosiy guruhlardan biri erkin jamoa vakillaridan tarkib topgan qishloq jamoasi hisoblangan. Shu boisdan ba'zi bir arxeolog tarixchilarning (M. Masson, V. Masson, G. Koshelenko) Kushon podsholigini qulchilik yoki quldorlik davlatlari deb atashimutlaqo asossizdir. Bu davr qishloqlarining ichki tuzilishi Mirzaqultepa (Termiz tumani), Sho'rtepa (Angor tumani) va Oqqo'rg'on (Sherobod tumani) yodgorliklari orqali ma'lum. Mirzaqultepa, Sho'rtepa kabi qishloqlar loyiha asosid qurilgan bo'lib, shahar singari aniq qurilish xususiyatiga ega. Qishloq va shaharlar o'rtasida juda yaqin aloqa mavjud bo'lgan. Bu jarayon Kushon davri qishloqlaridan topilgan tanga pullar, shaharlik kulol ustalar yasagan sifatli sopol idishlar va boshqa moddiy madaniyat turlarida kuzatiladi. Jumladan, Oqqo'rgon qishlog'ini o'rganish davomida 150 dan ortiq tanga pul uchragan. Oks daryosi bo'yida joylashgan Xo'ja Gulsuvar sangtaroshlar qishlog'i bo'lib, atrofda mavjud ohak giltoshni Tarmita va uning atrofidagi bunyod etilayotgan me'morchilik inshootlari qurilishiga tayyorlab bergan. Mirzaqultepa va Oqqo'rg'on kabi qishloqlar shaharlarni doimiy ravishda don va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlab turgan. Qishloq jamoasi ijtimoiy hayotida oqsoqollar katta nufuzga ega bo'lganlar. Sug'orish inshootlarini tartibga solish, davlat miqyosidagi soliqlar to'plash va boshqa ishlar bevosita jamoa oqsoqoli boshchiligida amalga oshirilgan. Qishloq aholisi orasida mahalliy ma'bud va ma'budalarga topinish keng tarqalgan. Savdo va madaniy aloqalar. Kushon podsholigi hukmronligining ilk bosqichidayoq ko'hna dunyo malakatlari va xalqlari tarixida muhim ahamiyat kasb etgan qit'alararo savdo yo'li "Buyuk ipak yo'li" to'liq shakllangan. Bu davrda Surxondaryoda ham asosiy savdo yo'li va uning ko'plab shahobchalari betinim faoliyat ko'rsatgan. Balxdan shimolga qarab yo'l olgan karvon Amudaryodagi kechuv joylari orqali Tarmitaga kirib kelgan. Undan so'ng karvonlar Angor, Sherobod vohalari va Sheroboddaryo havzasi yoqalab "Temir darvoza"ga yo'l olgan. Viloyatda Kushon podsholigi davrida mavjud savdo yo'lining yana bir bo'g'ini shimolda Chag'oniyon -"Temir darvoza" yo'nalishi hisoblangan. Kushonlar hukmronligi davrida voha aholisi So'g'd, Xorazm va Parfiya bilan bir qatorda Xitoy, Shimoliy Hindiston va O'rta Yer dengizi mamlakatlari bilan yaqin savdo aloqalarini olib borganlar. Rim bilan bo'lgan savdo aloqalaridan Xayrabodtepadan topilgan Rim imperatori Neron tangasi, Shahrig'ulg'uladan topilgan marmardan yasalgan masxaraboz niqobi, shisha idishlar dalolat bersa, buddaviylik dini va u bilan bog'liq san'atning Shimoliy Baqtriya yerlarida paydo bo'lishi Hindiston bilan amalga oshirilgan aloqalar tufayli sodir bo'lgan. Badiiy san'at va moddiy madaniyat. Kushon podsholigi hukmronligi davrida o'zining takrorlanmas san'at namunalariga va qurilish uslubiga ega Baqtriya badiiy maktabi shakllandi. Bu badiiy maktabning shakllanishida Kushon davrida vohada istiqomat qilgan aholining o'ziga xos o'rni bor. Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Eski Termiz va uning atrofidagi yodgorliklardan topilgan haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir, toshtaroshlik va zargarlik namunalari bunga misol bo'la oladi. Xolchayon haykallari tadqiqotchilar tomonidan "sulolaviy san'at" deb, nomlangan Kushon davr haykaltaroshlik san'atining ilk namunasidir. Bu joydagi saroyning ayvon qismi va zallarida joylashgan haykallarning asosiy qismida, G.A.Pugachenkova fikricha Kushon podsholigiga asos solgan Guyshuan-Kushon, qabila boshlig'i Geray va uning xonadoni vakillarining qiyofalari tasvirlangan. Kushon davriga xos badiiy san'atdagi bu yo'nalish hukmdorlar siymolari, saroy a'yonlari haykallaridan iborat Dalvarzintepa san'ati orqali davom ettirilgan. Oq toshga o'yib ishlangan Ayrimtom piromoni, jumladan, arfa, ud va nog'ora kabi musiqa asboblarini ijro etayotgan haykallar, Qoratepa va Fayoztepa topilmalari kabi buddaviylik yo'nalishi bilan bog'liq. Mo''jaz san'at namunalari ham mahobatli san'atturlari kabi diniy va dunyoviy yo'nalishlarda yaratilgan. Bular buddaning chordona qurib o'tirgan holatdagi tasvirlari (Oqqo'rg'on, Hayitobodtepa), Baqtriya ma'budaning taxtga o'tirgan holatlari (Tumanqo'rgon, Dalvarzintepa), chavandozlar yoki musiqa asboblarini mohirona ijro etayotgan ayollar tasvir (Dalvarzintepa va h.k.) laridir. Ayniqsa, Eski Termiz, Dalvarzintepa, Zartepa singari shaharlarda, Mirzaqultepa, Sho'rtepa va Oqqo'rg'on kabi qishloqlardan topilgan terrakot haykalchalarda o'lkaning boy hayvonot dunyosi tasvirlari o'z aksini topgan. Bu davrda fil suyagidan ham xilma-xil buyumlar ishlangan. Bular tepa qismida panja va musht shakllari o'yib ishlangan bigizlar, shohmot donalari singarilardir. Ayritom va Dalvarzintepadan topilgan milodiy I-II asrlarga mansub shohmot donalari bu qadimiy o'yinning paydo bo'lishini qariyb ikki asrga qadimiylashtirdi. Dalvarzintepa oltin buyumlar xazinasi (bilakuzuglar; sanskrit alifbosida yozuvlar bitilgan quyma yombilar) zargarlik taraqqiyotidan nishonadir. Kushon davri hunarmandchilikning ommaviy turlaridan biri kulolchilikning ham yuksak taraqqiy etgan davridir. Kushonlar hukmronligida Shimoliy Baqgriya aholisi madaniy hayotning barcha jabhasida yuksaklikka erishadilar. Bu yutuqlar ilk o'rta asrlarda Shimoli-G'arbiy Tohariston madaniyatining shakllanishida asosiy omil bo'lib xizmat qilgan. Kushonlar davri madaniyati. Qushonlar davri Markaziy Osiyo, Pokiston va Hindiston xalqlari madaniyatlari tarixida alohida o’rin egallaydi. Geografik jihatdan bir-biridan uzoqda joylashgan va har xil an’analar hamda tasavvurlarga ega bo’lgan qabilalarni birlashtirgan Kushon podsholigi davrida yaratilgan bu madaniyat hamma viloyatlar uchun yagona bo’lmagan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida o’ziga xos yangi madaniyat shakllandi va rivojlandi. Bu madaniyat qadimgi davr madaniyatiga yakun yasab, keyingi asrlar madaniy taraqqiyotiga zamin bo’ldi. Kushon madaniyatiga oid yodgorliklar Ayritom, Bozorqal’a, Dalvarzintepa, Zartepa, Ko’hna Vos, Termiz, Xayrobodtepa, Xalchayon, (O’zbekiston), Kayqubodshoh, Ko’hnaqal’a, Shahrinav, Munchoqtepa (Tojikiston), Bagram, Balx, Began, Surx-Kutal (Afg’oniston), Kosambi (Pokiston)da va boshqa o’nlab joylarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida o’rganilgan. Bu madaniyat sharq, ellin, hind va ko’chmanchi qabilalar an’analarining yig’indisi asosida vujudga kelgan edi. Shuning uchun ham qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining gullab-yashnashi Kushon davriga to’g’ri keladi. Har xil diniy e’tiqodlarning mavjudligi to’g’risida bizga kushon podsholarining tangalari dalolat beradi. Ularning orqa tomonida turli xudolar ta’svirlangan. Masalan, Kanishka va Xuvishka davrining tangalarida Mitra (Quyosh ma’budi) Mox (Oy ma’budi), Otash (Olov xudosi), Farr (Omad xudosi) va boshqalar ta’svirlangani buni yaqqol isbotlaydi. Bu davrda aholining asosiy qismi otashparastlik diniga mansub bo’lgan. Lekin undan tashqari yunon ma’budlari (Zevs, Gelios, Selena va boshqalar), mahalliy qahramonlar (Siyovush), buddaviylik va moniylikka e’tiqod ham keng tarqalgan edi. Kushonlar imperiyasi davrida Markaziy Osiyoga Hindistondan buddaviylik dini kirib keldi. Kanishka davrida Budda ta’svirlangan tangalar paydo bo’ldi. Bu din Hindistonda miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan, rivoyatlarga ko’ra, unga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizm Kushonlar podsholigining mafkurasiga aylantirilgan bo’lsa-da, asosan bu din O’zbekistonning janubida kengroq tarqalgan. Milodning dastlabki asrlarida O’zbekiston hududining janubida buddaviylik tarqalishi bilan Budda ibodatxonalari qurila boshlagan. Budda ibodatxonalari haykallar va devoriy rasmlar bilan bezatilgan («Buyuk mo’jiza» gorelyefi, toshga ishlangan, I-II asrlar, «O’tirgan Budda», haykali, II-III asrlar, bularning har ikkalasi ham Termiz arxeologiya muzeyida saqlanadi). 1936-38 yillarda eski Termizda o’tkazilgan arxeologogik ekspedisiya natijasida shahardagi Qoratepa va Chingiztepada qadimgi g’or-monastirlar (vixara) kompleksining qoldig’i topildi. Bu vixaraning pastki yo’lagi devorlarida sodda naqshin bezaklar va devoriy rasmlar (yalang oyoq Budda monaxining ta’sviri) saqlangan. Eski Termiz xarobalarida Zurmala minorasi deb ataluvchi Budda stupasining qoldig’i ham bor. Eski Termiz Kushon davrida yangi dinning – buddaviylikning Markaziy Osiyoda tarqalishining markazi hisoblanadi. Qoratepa va Fayoztepa monastirlari, Ayritom ibodatxonasi, Dalvarzintepa va Zartepada topilgan Budda haykalining qoldiqlari bundan dalolat beradi. Masalan, 1933 yilda Termiz yaqinidagi Ayrtomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg’ish-oq toshlardan haykallar o’rnatilgan. Yaxshi kiyingan va marjonlar taqqan ayollar dumbira, rubob, chang, nay kabi cholg’u asboblari chalmoqda. Bino ichida g’ishtdan ishlangan Budda haykalining siniqlari topilgan. Arxeologlar qazib ochgan bir qator budda ibodatxonalari, aholining bir qismi buddaviylik diniga topingani to’g’risida guvohlik beradi. Kushon podsholigida moniylik diniga ham e’tiqod mavjud bo’lgan. Bu dinga Moniy ibn Fatak asos solgan. Bu din III asrda Yaqin Sharqda paydo bo’lib, uning asosini ham qadimgi Markaziy Osiyo va Eron xalqlari e’tiqod qilib kelgan zardushtiylik tashkil etardi. Bu dinda buddaviylik va xristianlik unsurlari bor edi. Moniy ta’limotiga ko’ra hali yer va osmon bino bo’lmagan vaqtlarda eng oldin ikki narsa: Ziyo (yaxshilik) va Zulmat (yomonlik) mavjud bo’lgan. Moniylik ham yaxshilik bilan yomonlik, yorug’lik bilan zulma, ruhiy asos bilan moddiy asos va boshqalar o’rtasida kurash sodir bo’lib turadi degan dualistik ta’limotga asoslanadi. Inson yomonlikka qarshi kurashish bilan cheklanib qolmasdan, balki bu kurash natijasida barkamollikka yetishishga harakat qilishi lozim, deb hisoblanardi. Moniylikning g’oyalaridan birida: «Kim boy ekan, oqibatda qashshoq bo’ladi, sadaqa-xayr tilab, abadiy azob-uqubatlarga giriftor bo’ladi» deyiladi va odamlar «yorug’ dunyoning jannati»ga albatta, yetishishlari va’da qilinadi. Moniylik dini Eronda ommalashgan holda, Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Hindistonda keng tarqaldi. Bu dinning o’ziga hos hususiyatlaridan biri shuki, u ta’sviriy san’atni diniy marosimlarga olib kiradi. Turli rivoyatlarda Moniyning o’z davrida iste’dodli naqqosh, rassom sifatida tanilgani hikoya qilinadi. Moniylik dinining ta’siri Tuproqqal’a, Varaxsha, Panjikentdan topilgan yodgorliklarda seziladi. Kushon davrida diniy et’qodlar qanchalik xilma-xil bo’lsa, Markaziy Osiyoda o’sha davrda tillar va yozuvlar ham xilma-xil bo’lgan. Savdo-sotiq, hunarmandchilik, sug’orma dehqonchilik, shaharsozlik va iqtisodiy aloqalar savodxonlik va yozuvning tarqalishiga imkon yaratdi. Grek tarixchisi Strabon Baqtriya, Sug’diyona, Eron va Midiya aholisining tili bir-biriga o’xshaganini qayd qilgani kabi, xitoy sayyohi Shiszi «g’arbda Dovon (Farg’ona)dan boshlab, to Anosi (Parfiya)gacha har xil tillarda so’zlashsalarda, lekin odatda bir-birlarini tushunishadi» deb takidlaydi. Markaziy Osiyoda o’sha davrda eron va turkiy tillar guruhlarining hilma-xil dialekt va shevalari mavjud edi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda oromiy va yunon (grek) tili ham tarqalgan edi. Markaziy Osiyo xalqlari yozuvlari haqida gapirar ekanmiz, ularning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanishini qayd etishimiz zarur. Miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Markaziy Osiyoda oromiy yozuvi, Iskandar Zulqarnayn istilosidan keyin esa yunon yozuvi tarqaldi. Oromiy yozuvi, yunon yozuvi va forsiy mixxat yozuvi ma’lum davrlar mobaynida asosan ma’muriy hujjatlarda qo’llanilgan. Miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida asta–sekin oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshlaydi. Avesto, Xorazm, Sug’d, Kushon, Run (Urxun-Yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar, shular jumlasidandir. Ular ayrim tanga, muhr, kumush buyumlar va hujjatlarda saqlanib qolgan. «Sug’d yozuvi» III asrga oid bo’lib, uning eng qadimgi namunasi Tali-Barzuda (Samarqand yaqinida) topilgan. Bu yozuvning turli asrlarga doir yodgorliklaridan Sug’d kalendari va «Mug’qal’a»da topilgan 80 ta hujjat va tangalar o’sha davrda Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori madaniy saviyasi va savodxonligi haqida tasavvur uyg’otadi. Sug’d yozuvi bilan oldinma-keyin Kushan yozuvining ham ayrim namunalari bizgacha yetib kelgan. Kushon kursiv (qiya) xatida ko’pchilik harflar o’tkir burchakli, chorsi (kvadrat) va jingalak shakllarni kasb etgan. Uning o’qish qiyin bo’lgan. Bulardan tashqari, Hindistonda keng qo’llanilgan brahma va kharoshhi degan hind alifbolari bilan bitilgan yozuvlar ham Kushonlar davrida (I-IV asrlar) Markaziy Osiyoda bir muncha tatbiq qilingani ma’lum. Kharoshhi yozuvi ilk bor Termizdan topilgan tosh idishda qayd etilgan. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimgi an’analarini saqlab qolgan yozuvdir. Tuproqqal’a (Xorazm) saroyi xarobalari orasidan Kushon davriga oid Xorazmiylar yozuvida teri va taxtaga bitilgan hujjatlarni topishga muvaffaq bo’lindi. Xorazmdan o’tkir uchli ikkita suyak tayoqcha topilgan. Olimlarning taxminicha, ular sopol yoki mum taxtachalarga yozadigan o’ziga xos «qalam»lar bo’lgan. Qayd qilingan yozuvlarning soni Kushon davlatining yuksak madaniyatga ega bo’lgani va hilma-hil xalqlardan tashkil topganini ko’rsatadi. Kushonlar davri ilm-fanining taraqqiyot darajasini ko’rsatuvchi yodgorliklar nihoyatda kam saqlanib qolgan. Lekin, shunga qaramay, bizga qadar saqlanib qolgan sug’d kalendari va boshqa yodgorliklar, sug’orish inshootlari, mustahkam imoratlar, shisha qoldiqlari ma’lum ilmiy bilimlar, ya’ni astronomiya, geometriya, geodeziya, fizika, ximiya va boshqa fanlar sohasida bir muncha muffaqiyatlarga erishganligidan dalolat beradi. Kushon davri arxitekturasi haqida so’z yuritar ekanmiz, bu davrda mustahkam istehkomli shahar qurilishi keng rivojlanganligini ta’qidlash lozim. Shaharlar burjli qalin devorlar bilan o’rab olingan. Ularning ichida arklari bo’lib, atrofi har hil binolar kompleksi bilan o’ralgan. Saroylar hashamatli va murakkab kompozisiyaga ega bo’lgan: markaziy zali yoki hovlisi turli maqsadlarga xizmat qiladigan ko’p sonli xonalar bilan o’ralgan, bino fasadlariga ko’p ustunli ayvonlar tutash qurilgan. Paxsa, xom g’isht, yog’och, ganch va boshqalar binokorlikning asosiy materiali bo’lgan. Asosan xom g’ishtdan qurilgan binolar usti tosh relyef yoki gipssimon marmar bilan qoplangan. Kushon davri me’morchiligi yutuqlari haqida Xorazmdagi Tuproqqal’a shahri qoldiqlari yaxshi ma’lumot beradi. Bu qadimiy shahar III asrga mansub bo’lib, qadimgi Xorazm shohlarining poytaxti bo’lgan, degan taxmin bor. Tuproqqal’a to’rt burchak (500x350) shaklida bo’lib, atrofi minorali g’isht devor bilan o’rab olingan. Shaharning shimoli-g’arbiy burchagida balandligi 20 metrdan ziyodroq uchta katta minorali qasr bo’lgan. Shahar binolari qat’iy bir reja asosida qurilgan. Unda saroy, ibodathona, boshqa hilma-hil binolar qad ko’targan. Saroy devorlari turli xil tasviriy suratlar, haykallar, hoshiyador karnizlar va o’ymakor panjaralar bilan bezatilgan. Xonalardan biridagi «Meva terayotgan qiz» kompozisiyasi, ayniqsa diqqatga sazovor. To’qqizil rang yuritilgan bu rasmda etagiga uzum va shaftoli terayotgan go’zal ayol, uning tepasida uzum boshlari, atrofida esa ariq bo’yidagi supacha tasvirlangan. Boshqa xonalarda ot rasmlarining qismlari, to’la saqlangan qushlar, zangori to’lqinlarda suzib yuruvchi baliqlar, odamlarning bir qancha rasmlari bor. Odamlar tasvirlari ichida tik turgan oq kiyimli ayol va qora chakmonli erkak rasmi yaxshi saqlangan. Qadimgi Xorazmda (Qo’yqirilgan qal’a) terrakota haykaltaroshligi rivoj topdi. Loydan tayyorlab, qizdirib pishirilgan haykallar, shuningdek, devoriy rasmlar xorazmlik san’atkorlarning yuksak mahoratidan darak beradi, ular ellinistik Sharq madaniyati yutuqlaridan xabardor bo’lganliklarini ko’rsatadi. Xolchayon, Bolaliktepa, Dalvarzintepa, Fayoztepa haykallari, Ayritomdan topilgan bino frizlari va Budda haykallarining qoldiqlari me’morlik bilan bir qatorda tasviriy san’at ham rivoj topganini isbotlaydi. Kushon davri sopol idishlar nozik va jarangdorligi hamda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bezatilgan sopollar va urf-odatlarni bajarishga oid ko’plab idishlar, kumush tovoqlar topilgan. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish rivojlangan. Kamon, nayza, xanjar, tosh otish qurollaridan foydalanilgan. Kushon davri maqbaralarida haykalchalar bilan bezatilgan ostodonlar topilgan. Bu zardushtiylik diniga oid ko’mish marosimlari keng tarqalganidan dalolat beradi. Kushon podsholari turli o’lka va xalqlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalarni o’rnatganlar. Markaziy Osiyo qadimdan (miloddan avvalgi II asrdan boshlab) Sharq bilan G’arb o’lkalarining savdo-sotiq va madaniy aloqalarning chorrahasi sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Bu aloqalarni o’rnatishda «Buyuk ipak yo’li» katta rol o’ynagan. Kushonlar podsholigi sharqda Sharqiy Turkiston shaharlarining qo’shib olingan vohalari orqali Xitoy bilan, Janubda buysundirilgan Afg’oniston va Hindistonning shimoliy qismi bilan, g’arbda Eron, Suriya, Messopotamiya va Misr, shuningdek O’rta yer dengizi mamlakatlari bilan, Shimolda Xorazm, Uralbo’yi, Volgabo’yi va ular orqali Sharqiy Ovrupa mamlakatlari bilan muntazam iqtisodiy-madaniy aloqalari olib borgan. Bu aloqalar Markaziy Osiyo aholisiga ham u bilan aloqa bog’lagan o’zga xalqlarga ham katta foyda keltirgan. «Buyuk ipak yo’li» faqatgina iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lib qolmasdan, balki buyuk madaniy arteriya sifatida ham xizmat qilgan. Bu yo’l orqali madaniy boyliklar, g’oyalar almashuvi olib borilgan. Bu yo’l orqali nafaqat savdogarlar, balki olimlar, me’morlar, rassomlar ham muntazam aloqa qilganlar. Markaziy Osiyo bu yo’lning chorrahasida joylashganligi, uning madaniy va iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyo orqali xitoyliklar Hindistondan keltirgan buddaviylik dini bilan tanishganlar. Xitoy xalqi paxtachilik, tokchilik, vinochilik va shisha quyish ishlarini Markaziy Osiyodan o’rgandi. Masalan, Xitoy yilnomalarda 424 yil voqyealari munosabati bilan Markaziy Osiyoning shisha quyishdagi shuhrati haqida quyidagi ma’lumot keltiriladi: «Yue-chji viloyatlarining poytaxtida savdo qilgan (Markaziy Osiyo) aholisi, biz toshni eritib, undan har xil rangli shisha yasashni bilamiz deb aytdilar. Ularning shishasi shu qadar yaltiroq ediki, bu jihatdan u hatto g’arbiy mamlakatlarnikidan (Rim yoki Suriya shishasi ko’zda tutilsa kerak) ustun chiqdi. Shishalar yaltiroq rangda bo’lib, juda tiniq edi; ularga qarab hamma taajjubga tushar va bu shishalarni ilohiy deb hisoblar edi». Ayni zamonda Markaziy Osiyo xalqlari ham Xitoydan ko’p narsani, ya’ni ipakchilik, qog’oz ishlash va boshqalarni o’rganib oladilar. Kushon davrida Markaziy Osiyo bilan Hindiston o’rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar yanada rivojlandi. Bu aloqalar shunchalik chuqur edi-ki, Hindistonning shimoliy qismi Gandhara (hozir Pokiston) nomiga atab kushon madaniyatini ko’pincha gandhara madaniyati deb atashadi. Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari o’rtasida ham madaniy aloqalar keng bo’lib, ular bir-biriga katta ta’sir ko’rsatgan. Shunday qilib, xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalar ularning madaniyatida ayrim mushtarak jihatlarni mavjud bo’lishiga sabab bo’ldi Mil. avv. IV asrning o’rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi va Makedoniya podshosi Fillip II boshchiligida mil. avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning o’ldirilishi tufayli bu kurash to’xtab qoldi. O’sha yili taxtga Fillip II ning o’g’li 20 yoshli Iskandar (Aleksandr) o’tirdi. Bu paytga kelib, yunon shahar-davlatlarida Iskandarga qarshi harakatlar boshlangan bo’lib, yosh podsho bu harakatlarning barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi. Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo’shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo’shinlar oldiga aniq vazifalar qo’ydi. Bir necha g’alabadan so’ng mil. avv. 330-329 yillar qishida Makedoniyalik Iskandar qo’shinlari Hinduqush dovonidan o’tib Shimoliy Baqtriya yerlariga chiqib keladilar. Bu paytdagi Baqtriya satrapi Bess o’z qo’shinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. Ammo, tajribali yunon-makedon qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qal’alarni egalladi. Maroqandadan so’ng yunon-makedon qo’shinlarining yurishi nihoyatda og’ir kechdi. Mahalliy so’g’diy aholi dushmanni o’ta norozi kayfiyatda kutib oldi hamda bir tan- bir jon bo’lib unga qarshi chiqdi. Natijada Baqtriya va So’g’diyona hududlarida ham Iskandarga qarshi qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. Asosan Spitamen boshchilik qilgan bu qo’zg’alonlar mil.avv. 329-327 yillarda shafqatsizlarcha bostirildi. Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O’rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko’rsatdilar. Ular yunonlar o’ylaganidek, “varvarlar” va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki o’z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar qo’shinlari butun Sharq davlatlarini o’zlariga bo’ysundirganlarida So’g’diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Iskandar tarixini yozgan ko’pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar. Manbalarda Qang’ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni O’trorda (hozirgi Qozog’istondagi Aris va Turkiston oralig’ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanida) o’tkazganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda O’tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo’rik xarobalari o’rnida qang’arlarning qo’rg’onlari va ko’xna shaharlari bo’lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o’troq xalqlar ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullanganlar. Ular arpa, bug’doy, tariq, no’xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko’p bo’lgan. Sirdaryoning o’rta oqimida yashovchi qang’arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Mil.avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg’ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo’lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko’rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar. Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O’zgand vohasi Qirg’.) o’rnida bo’lgan deb hisoblaydilar. Farg’ona vohasi hududlarida ko’chib yurgan chorvador va ko’chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lganlar. Bu qabilalar uchun Farg’ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan. Mil.avv. II asrdan boshlab Qashg’ardan Dovonga shimoliy yo’ldan karvon yo’li harakati boshlanadi. Bu yo’ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko’paya boshlaydi va ko’plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo’ladi. Savdo yo’lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo’la boradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko’pgina qal’alar savdo yo’lini qo’riqlash maqsadida barpo etiladi. Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo’llarning mavjudligi tufayli Farg’ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog’ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o’zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg’ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo’jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 172-161 yillar oralig’ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag’lubiyatga uchraganidan so’ng O’rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko’chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuyechji” - ”Buyuk” yoki “Katta Yuyechji” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko’ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag’lubiyatga uchragach O’rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To’ng’ich Xan uyi tarixida ham yuyechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o’z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig’ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko’p o’tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko’ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko’l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo’lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko’pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo’ladilar. 1. Mil. avv. 139-125 yillar-Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi. 2. Mil. avv. 25 yilga qadar-Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo’lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo’ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo’lib ular xi-xou (yabg’u) tomonidan boshqarilgan. 3. Mil.avv. 125 yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo’lishi. Kushon (Guyshuan) yabg’usi Kioszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to’rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi. Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kioszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o’z ahamiyatiga ko’ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kioszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi. Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho’qqisiga ko’tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo’shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg’oniston) atroflariga ko’chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo’shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko’pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g’arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o’z garovga qo’ygan odamlarini yuborar edilar”. Kushon davriga oid ko’plab ochilgan ko’hna shaharlar bu paytda shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Ayrtom, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Termiz, Zartepa, Kampirtepa kabi ko’hna shaharlar shular jumlasidandir. Kushon podsholigi ruhoniylar qo’lidagi davlat bo’lib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh qohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga bo’lingan bo’lib, ularning boshliqlari ma’lum ma’noda o’zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansada, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan bo’lib, qishloq xo’jalik ekinlarining juda ko’p turlari tishtirilgan. Download 429.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling