1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet11/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Bog'liq
SMT

3-ma'ruza


1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari.

 

3-mashg‘ulot



O‘zbekistonning eng qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari. 

1-§. Paleolit va mezolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.

2-§. Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at.

1-§. Paleolit va mezolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.

Paleolit (yunoncha, “palayos” – qadimgi, “litos” – tosh) – insoniyat tarixining eng qadimgi davri bo‘lib, uning boshlanish sanasi jahon tarixida taxminan bundan 3 – 2 mln. yil ilgarigi davr bilan belgilanadi. Insoniyat minglab yillar davomida toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirib va rivrojlantirib borgan, turmush tarzi hamda yashash sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Paleolit davri arexologik nuqtai nazaridan uch bosqichga: ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘linib o‘rganiladi. Ular arxeologik davrlashtirishga mansub bo‘lib, ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom–ashyosiga va uni ishlash texnikasi o‘zgarishini belgilariga ko‘ra ajratilgani ma’lum.

O‘zbekistonning paleolit davri yodgorliklari, bu davr madaniyatini o‘rganishda qadimshunos olimlarning xizmatlari katta (A.P.Okladnikov, O‘.Islomov, M.R.Qosimov, T.Mirsoatov, R.X.Sulaymonov, YE.B.Bijanov va boshq.). Ularning tadqiqotlari tufayli, qadimgi tosh davriga oid muhim makonlar aniqlandi, ko‘pdan-ko‘p madaniyat va san’at tarixiga oid ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.

Paleolit davri madaniyatiga oid quyidagi muhim jihatlar sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

Ilk paleolit davri mehnat qurollari o‘zining soddaligi va qo‘polligi bilan keyingi davrlarning mehnat qurollaridan ancha farq qiladi. Makonlar suvga yaqin, yerlarda joylashgan. Eng qadimgi odamlar dastlab to‘da bo‘lib yashaganlar. Makonlarda topilgan hayvon suyaklari va tosh qurollarning xususiyatlari eng qadimgi odamlar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanib, shu asosda hayot kechirganligini ko‘rsatadi.

O‘lkamizda topib tekshirilgan o‘rta paleolit davri makonlari, asosan, g‘orlarda joylashadi. Demak, muzlik bosib kelishi bilan boshpana zarur bo‘lib qolib, odamlar tabiiy pana joylar – g‘orlarni egallashga harakat qilganlar. Muzlik davrida neandertal odamlari murakkab sinovlardan o‘tgan. Odamlarning asosiy mashg‘uloti ovchilik bo‘lib, bu jarayon ko‘p sonli va turli shakllardagi qurollarni ishlab chiqarishni talab etgan va eng qadimgi xo‘jalikning asosi bo‘lib xizmat qilgan. Odam­lar asta–sekinlik bilan yirik hayvonlarii ham ov qilishni o‘rganib bordi, ular olovdan foydalanish va uni saqlashga harakat qildilar. Uzluksiz mehnat asosida inson aqliy va jismoniy jihatdan o‘zgarib bordi. Olov – sovuqdan va yirtqich hayvonlardan saqlanish, ovqat pishirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo o‘tni egallash o‘rmondagi yong‘inlardan, tabiiy o‘tlardan foydalanishdan boshlangan. Bunday o‘tlarni o‘chirmasdan, uzoq vaqt davomida saqlab turish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin bo‘lgan. Shu bilan birga, odamlar yog‘ochlarni ishqalash yo‘li bilan va chaqmoqtoshlardan o‘t chiqarish yo‘llarini topganlar.

Odamlar yirik hayvonlarga ov qilishi natijasida ovchilikning usullari ko‘payib borgan (hayvonlarni o‘rab olish, botqoqlikka haydash, jarga qulatish va boshqalar). Hayvonlarni ovlash jarayoni mehnatni maqsadli tashkil qilishni talab etgan. So‘nggi paleolitda qurollar yasashning yangi usullari vujudga kelgan. Qurollar tosh parrakchalardan yasalib, ko‘pincha nukleuslarning (nukleus – tosh o‘zak) yangi shakllari bilan bog‘lanadilar va qurollarning xili ko‘paya boshlaydi.

So‘nggi paleolit davrida zamonaviy qiyofali odam keng hududlarni o‘zlashtirdi. Zamonaviy qiyofali odamning paydo bo‘lishi sabablaridan biri – bu jamoada yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning man qilinishi bo‘lib, ushbu jarayon odamning jismoniy turini biologik jihatdan tez o‘zgarishiga olib kelgan.

So‘nggi paleolit davrining muhim xususiyatlaridan biri, ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tilishidir. Urug‘chilik tuzumining boshlang‘ich va asosiy shakli matriarxat – ona urug‘idan iborat bo‘lgan. Urug‘chilik tuzumi inson hayotidagi bir qator ijobiy o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga asos solgan. Manzilgohlar ov qilinadigan joylar bilan bog‘langan, bu joylarga qarindosh–urug‘lar ega bo‘lib, ular ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar, shuningdek baliqchilik rivoj topgan. Bu davrga oid manzilgohlardan ayol tasvirini ifodalovchi haykalchalar ko‘plab topilgan.

Mezolit davri. Tosh asrining keyingi rivojlanish bosqichi fanda mezolit (o‘rta tosh) davri O‘rta Osiyoda nisbiy tarzda mil. avv.  12–7 mingyilliklar bilan belgilangan. Mezolit – odamlarning yer yuzi bo‘ylab keng tarqalish davri bo‘lib, ular dengiz, qo‘llar va daryo bo‘ylari hamda  tog‘li hududlarda yoyilganlar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan – Pomirgacha, Markaziy Qozog‘istondan Kopetdog‘ etaklarigacha bo‘lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o‘rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona vodiysi), Bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (Ustyurt), Sulton Uvays (Quyi Amudaryo o‘ng sohil yeralri) kabi O‘rta Osiyodagi 50 dan ziyod yodgorliklar shular jumlasidandir.

Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‘zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o‘lkalarda, shuningdek, O‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurollar – mikrolitlar paydo bo‘lib ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. Undan tashqari bu davrda insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama –  o‘q–yoyni kashf etdi. Natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘rta Osiyo neolit va eneolit davri madaniyatini o‘rganishga taniqli olimlar, yirik qadimshunos – mutaxassislar katta xissa qo‘shganlar (S.P.Tolstov, Y.G‘.G‘ulomov, V.M.Masson, O.K.Berdiyev, O‘.Islomov, V.I.Sarianidi, A.V.Vinogradov, M.Jo‘raqulov, A.Isoqov va boshq.).

 

 


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling