1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


-§. Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at


Download 192.46 Kb.
bet12/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
SMT

2-§. Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at.

Mehnat qurollarini yasash, ovchilik va yovvoyi mevalarni terib olish, tabiat hodisalarni kuzatish hamda hayvonlar hayoti va odatlarini o‘rganish jarayonlari eng qadimgi odamlarning fikrlash va so‘zlash qobiliyatini o‘zgartirib bordi. Bu o‘zaro ta’sir asosida rivojlanib, ayniqsa avloddan–avdlodga bilim, tajriba va ko‘nikmalarni oshirishda fikrlash qobiliyati, tafakkur ancha taraqqiy topgan.

O‘rta paleolit davrida marhumlarni yerga ko‘mish marosimi, odamlar marhumdan qo‘rqqanlari tufayli, unga mehribonlik qilish, jasadni yirtqich hayvonlardan saqlash va ehtimol, o‘likdan xalos bo‘lmoq zaruriyati sabablarga ko‘ra vujudga kelgan. Bu jarayon ibtidoiy odamlarning aqliy jihatdan rivojlanganligidan dalolat beradi. Neandertal odamlar dafn etilgan qabrlar (Teshiktosh g‘ori, Fransiyadagi Le Mustye g‘ori va boshq.) arxeologiya fanida ma’lum eng qadimgi qabrlardir. Ular sayoz chuqurlardan iborat bo‘lib, g‘or–makonlarning chetida joylashgan. Jasadlar yonboshlab, bukchaytirilgan holda, uyquga botgan odam sifatida ko‘milgan. Qabrlar ichiga tosh qurollar qo‘yilgan, Teshiktosh g‘orida neandertal bolaning jasadi kiyik shohlari bilan o‘ralgan.

O‘rta Osiyoda paleolit davri e’tiqodlariga doir ma’lumotlar ko‘p emas. Shu boisdan adabiyotlarda so‘nggi paleolitda vujudga kelgan totemizm (urug‘ jamoalari a’zolarining ma’lum hayvon zoti, qushlar va o‘simliklar bilan qalin aloqadorligiga ishonish), animizm (insonni o‘rab turgan muhitda jonlar, ruhlar, arvohlarning mavjudligiga ishonish), fetishizm (omad va farovonlik keltiruvchi yoxud balo–qazoni bartaraf etuvchi, “yomon ko‘zdan” saqlovchi narsa (tumor, munchoq, hayvon shoxi va tishi) hamda magiya–sehrgarlikka e’tiqod qilish haqida, odatda gapiriladi. Bu e’tiqodlar inson tabiat hodisalarini tushunib yetmaganidan kelib chiqishi mumkin edi.

Taraqqiyot jihatdan orqada qolgan qabilalar va elatlar hayotini, urf–odatlari va diniy qarashlarini hamda zamonaviy xalqlar madaniyatida ibtidoiy etiqodlar izlarini tadqiq etish natijasida turli davrlarda rivojlangan e’tiqodlarning mazmun mohiyatini o‘rganish mumkin.

So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar devorlaridagi rangli rasmlar (Altamir, Lasko, Kapova g‘ori) ibtidoiy e’tiqodlarning o‘rganishida muhim manba bo‘lib hizmat qiladi. Shuningdek, Yevroosiyo hududlarida bu zamonda mamont suyagidan hamda loydan yasalgan ma’buda-ayol haykalchalari tarqaladi.

O‘zbekistonda qoyatosh rasmlarini o‘rganishda A.P.Okladnikov. A.R.Muhammadjonov, J.Kabirov, R.Ravshanov, X.Botirov, M.Xo‘janazarov va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir.

XXI asrga qadar yurtimizda aniqlangan tasviriy san’at obidalari orasida mezolit davriga oid Zarautsoy (Zarautkamar) rasmlari eng qadimgi deb hisoblanardi. Biroq 2001 yili Kitob shahridan 25 km shimol–g‘arbida Zarafshon tizimi ung‘urlarida o‘rganilgan Siypantosh rasmlari taxminan mezolit va neolit davrlariga oid (R.H.Sulaymonov). Mineral bo‘yoq–oxra, jigar, qizil va oq rangdagi geometrik rasmlar (xalqa, xoch, romb va chiziqlar), quyoshning ramziy tasviri, yovvoyi buqa va ayol barmoqlari izlari, umuman Siypantosh rasmlari samoviy e’tiqodni o‘zida aks ettiradi degan taxminga asos bo‘ldi. Ko‘p jihatdan mazkur tasvirlar tushunarli emas, ammo ularning qadimligi shubha uyg‘otmaydi. Rasmlarning mazmuni va tasviriy uslubiga ko‘ra, ular mezolit davriga mansub bo‘lishi mumkin.

Zarautkamar va undan biroz so‘ng paydo bo‘lgan Sarmishsoy, Bironsoy, Ilonsoy va boshqa qoyatosh rasmlar ajdodlarimiz tasviriy san’ati va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ularning mazmuni va manzaralar ma’nosi quyidagilarni o‘rganishda manba bo‘lib hizmat qiladi:

hayvon ovi qurollari va usullari;

qadimgi davr kishilarning xo‘jaligi, hayvonlarni xonakilashtirish va chorvachilikning paydo bo‘lishi;

insonning e’tiqodi va diniy qarashlari;

odamning san’at iste’dodi, tevarak dunyo va o‘z hayoti, turmush tarzi, mashg‘ulotini hamda hayvonot olamini ifodalashga intilish.       

O‘tmish tariximizning xilma–xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va tog‘li tumanlarida keng tarqalgan bu qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Ularning  bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, boshqalari esa–urib–o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar – petrogliflardir.

 Qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi hayvonot olami zotlarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o‘q–yoy, qopqon kabi qurollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma–xildir. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan.

Qoya tosh rasmlari o‘ziga xos an’analari, insonning estetik iste’dodi, go‘zalikka intilish g‘oyalarini aks ettiruvchi tasviriy san’at obidalari bo‘lib, O‘zbekistonda Ko‘xitang, Zarafshon, Nurota va Chotqol tog‘larida topilgan.

Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G‘arbiy Tyanshandagi (Tangritog‘) eng ko‘p tarqalgan qadimgi san’at turi hisoblanadi. Bu hudud tasviriy san’at yodgorliklarga juda boy. Ular mavzularning turli–tumanligi, yuqori badiiy darajasi manzaralari bilan ajralib turadi. Toshkent vohasidagi petrogliflar O‘rta Osiyoda mashhur hisoblanadi. O‘ziga hos va betakror qoyatosh suratlariga Xo‘jakent, Boshqizilsoy va Chotqol kabilar kiradi.

Ushbu yodgorliklardagi  qoyatosh rasmlarining xronologik sanasi – eneolit – bronza davridan antik davrgacha boradi. Mazkur suratlar mazmun va mavzu jihatdan ancha boy va rang–barangdir. Ular orasida ot va tuya, echki, tog‘ takasi va arxar hamda bo‘ri, tulki, qoplon kabi hayvonlar tasvirlari, shuningdek, ma’nosi hozirgacha noma’lum bo‘lgan turli shakl va belgilar saqlanib qolgan. Rasmlar orasida yakka holda, to‘da holda va raqsga tushayotgan holatda, biror – bir odatni ijro etayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi.

Xullas, O‘zbekiston tog‘li hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlarini o‘rganish katta ilmiy ahamiyatga ega. Chunki ular ham boshqa moddiy manbalar qatori qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi, ijtimoiy hayoti, madaniyati va san’ati, diniy tasavvurlari haqidagi muhim manba hisoblanadi. Rasmlar urug‘chilik jamoalarining e’tiqodlari, hayotiy muhim mashg‘ulotlari, inson tevarak olamni shu yo‘sinda tasavvur etgani haqida dalolat berib, qimmatli tarixiy manba hisoblanadi.

Qoyatosh sur’atlarining chizilish uslublari ham o‘ziga xos bo‘lib, bu uslublarni qiyosiy-tarixiy tahlil qilib chiqamiz.

1). Soya uslubida ishlangan suratlarda odam yoki hayvon  ifodasi jonliroq, uning tashqi ko‘rinishi ancha haqqoniy chiqadi. Xuddi shu usul bilan ishlangan rasmlar respublikamizda ham, shuningdek undan tashqaridagi joylarda ko‘plab uchraydi. Ushbu uslub ko‘plab adabiyotlarda deyarli eng qadimiy uslub sifatida e’tirof etiladi. Soya uslubidagi tasvirlar quyosh nurlari ta’sirida ancha kuyganligi va tasvirlarning haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Ba’zi hollarda bu usulda  tasvirlangan rasmlar keyingi davrlarda ham uchraydi. Faqat tasvirlar unchalik urinmaganyoki tasvirlar haqqoniyligi bilan qadimiylaridan farq qilib turadi. 

2).Sxematik uslub bilan ishlangan rasmlar o‘zining soddaligi, sxematik tarzda tasvirlanishi bilan boshqa uslubda ishlangan rasm­lardan farq qiladi. O‘q-yoy, keyingi davrga (I-X asrlarga) mansub bo‘lgan toh echkilari va boshqa narsalar tasviri  shu uslub qatoriga kiritiladi. Xuddi shu uslub bilan ish­langan suratlar Boshqizilsoyda, Burgansoyda, Xo‘jakentda, Korakisoyda, To‘sinsoyda, Obishirsoyda,  Ohangaponda, Farhona vodiysining tohlik rayonlarida va boshqa ko‘plab manzilgohlarda uchraydi. Ularning aksariyati eramizning birinchi ming yilligiga oid bo‘lgan tasvirlardir.

3). Kontur tarzidagi suratlar haqqoniylik xususiyatlari bilan sxematik tarzda ishlangan rasmlardan farq qiladi. Bu usul bilan ko‘proq hayvonlarning tasvirlari ifoda etilib, ularning bosh, quloq va oyoqlari soya tarzida chizilib, butun tanasi esa gir aylantirib kontur chiziq bilan chiziladi.

4). Naqshdor-bezakli usul qoya tosh suratlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu usul bilan ko‘proq ibtidoiy davrdagi buqalar, yirtqich hayvonlar, sigirlar, yirik shoxli xonaki qoramol­lar, echki, ot va nomi bizga hozircha noma’lum bo‘lgan narsalarning rasmlari ishlangandir. Avvalo, rasmlarning tashqi konturi ishla­nib, kontur ichiga esa ko‘ndalang va tik chiziqlar parallel holda o‘tkaziladi. Ba’zan hayvon tanasi esa ko‘ndalang va tiklamasiga o‘tkazilgan to‘lqinsimon chiziqlar, yumaloq va tuxumsimon shakldagi belgilar bilan bezatiladi. Ayrim rasmlar soya tarzida ishlanib, ifoda etilayotgan hayvon  tanasida yumaloq va tuxumsimon shaklga ega bo‘lgan joy qoldirilib, xuddi shu joyning sirti qayta ishlanmaydi. Bahshiy, yirtqich hayvonlarning ba’zilarining tanasi mayda-mayda yuma­loq belgilar bilan bezatiladi. Bular, ifodalanayotgan hayvon terisining olachiporligini, tarhilligini bildirgan bo‘lishi mumkin. Bunday uslub bilan ishlangan rasmlar Tul qishlohining Suratlisoy darasida, Tamhali toshda uchraydi.

5). Aralash uslubdaishlangan rasmlarning yarmi kontur, yarmi soya, chiziqli-sxematik va boshqa uslublar ham bir tasvirning ishlanishida bir vaqtining o‘zida qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Uslubdagi bu alohidalik xususiyatlari qoyatosh suratlarining qaysi davrda ishlanganligini aniqlashda ijobiy natijalar berishi mumkin.

Qoyatosh suratlarning yaratilish uslubi o‘zgarishini davrlar uzra kuzatib borish mumkin. Uslubning o‘zgarishi sababini M.Xo‘janazarov qoyatosh suratlardagi echkilar tasviri va Y.A.Sher esa echki, bug‘u, chavandoz tasvirlari misolida yaxshi misollarda keltirib o‘tishgan.

Shu bilan birgalikda yurtimiz va qo‘shni hududlar hisoblanmish Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston,  Mo‘g‘uliston, Xitoy, Hindiston va Janubiy Sibir qoyatosh san’ati bilan o‘xshashliklar asosan uslub, «tayoq» shaklidaligida ko‘rinadi. Farqlar esa asosan, tasvirlar mavzusida namoyon bo‘ladi.



4-ma'ruza



Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling