1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


-§. Аҳамонийлар империяси даври маданияти ҳамда бу маданиятга Ўрта Осиё халқларининг қўшган ҳиссаси. Оромий ёзуви


Download 192.46 Kb.
bet21/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
SMT

3-§. Аҳамонийлар империяси даври маданияти ҳамда бу маданиятга Ўрта Осиё халқларининг қўшган ҳиссаси. Оромий ёзуви.

 

Mil. av. VI asrlardan esa O'rta Osiyo yerlarining katta qismi Ahamoniylar davlati tomonidan bosib olinib qariyb 200 yildan ortiq vaqt mobaynida uning asoratida bo'lgan. Ahamoniylar Markaziy Osiyoga yurish qilgan paytda bu yerlarda Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Parkana, Parfiya, Qangxa hamda uning shimoliy tomonida o'troq va ko'chmanchi qabilalardan tashkil topgan saklar ittifoqi shakllanayotgan edi. Lekin bu davlatlar orasida birlik yo'q edi. Shuning uchun ham Eron qo'shinlari bu davlat va qabilalarning yerlarini tezlikda bosib olishga muyassar bo'ldilar. Xalqning ozodlik uchun kurashi esa To'maris, Shiroq kabi qahramonlarning afsonaviy jasoratlarida saqlanib qoldi.



 

Eramizdan avvalgi V asrdan boshlab O'rta Osiyo yerlarida nisbatan tinch hayot boshlandi. Shu davrda kanallar qazildi, ulardan suv ariqlari tarmoqlandi., Dehqonchilikning jonlanishi bilan bog'liq holda,iqtisodning yaxshilanishi san’at va madaniyatda o'z ifodasini topdi, hunarmandchilik taraqqiy etdi, Buyuk Ipak yo'li rivojlana boshladi. Me’morlik. Me’morlikjonlandi, shaharsozlikda hamsiljish ro'y berdi. Eski shaharlar qaytadan tiklandi, rivojlantirildi, yangi shaharlar vujudga kela boshladi. Bu me’morlik komplekslari awalgi davr an’analarini davom ettirish asosida yuzaga kelgan. Ular qalin devor bilan o'rab chiqilgan, darvoza va minoralari mavjud bo'lgan. Ularning markazida sun’iy tepalik bo'lib, unda saroyyoki ibodatxona joylashgan. Saroylar uchun ishlatilgan ustunlar ko‘p hollarda kapitellar bilan tugallangan. Eramizdan awalgi VI—IV asr me’morligining ilk namunasi Xorazmdagi Kallaliqir saroy qoldiqlariclir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo'lib, unga sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilaming so‘nggisida binoga kirish uchun mo'ljallangan asosiy darvoza boMgan.' Saroy xonalari esa, odatda, ichki ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib yopilgan. Ustunlar uzun to'sinlarga mustahkamlik bergan va tayanch vazifasini o'tagan. Bino ustunlari tepaga kichrayib boruvchi to'rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tagkursiga o'rnatilgan va ular toshlardan ishlangan.(Ustunlar esa yog'ochdan yasalgan bo'lib, uning kapiteli haykalga o'xshatib ahamoniylar kapitellaridan o'mak olingan holda ishlangan. Ahamoniylar davrida me’morlik san’ati tizimida ham qator o'zgarishlar sodir bo'lgan. Plyastr, kapitel, ustun, taglik (baza) va boshqa bir qator me’morlik shakllari ahamoniylar davri Markaziy Osiyoda mavjud bo'lgan satrapliklarda, ulaming markazlari va bosqinchilar homiyligida dabdabali hayot kechirayotgan mahalliy boy-zodagonlarning qo'rg'on va saroylarida o'z ifodasini topgan. Binolarni rejalashtirib qurish, uni haykal va haykalchalar bilan bezash odati yoyila boshlagan. Bunday o'xshashlik amaliy san’at buyumlarida, me’morlik badiiy bezaklarida keng o'rin egallagan. Ahamoniylar chekka satrapligi Xorazmdan topilgan kapitel o'z xarakteri jihatidan ahamoniylarning Persepol va Suza saroylarida qo'llanilgan  kapitellardagi uslub — ikki tomonga qarab turgan buqa boshi (Suza kapitel)ga o'xshab ikki tomonga qarab turgan qo'y – odam boshli qilib yasalgan. Tasviriy san’at. Yozma manbalarga ko'ra,(bu davrda devoriy rassomlik rivojlangan bo'lgan. Saroylar, boy-zodagonlarning uylari va mehmonxonalari devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. Bu rasmlarda shu davrda mashhur bo'lgan Odatida va Zariadra romani sujetlari ko'proq ishlangan. Bu haqda yunon tarixchilari ham yozib qoldirganlar. Ulardan biri daryo ortidagi varvariar(yunon tilini bilmagan xalqni shunday nomlashgan) uy devorlarini o'zlarining turli afsona va rivoyatlaridan olingan tasvirlar bilan bezaydilar, deb yozgan.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan turli xil antiqiy buyumlar muhim o‘rinni egallaydi. Bu qadimgi davr yodgorliklari adabiyotlarda «Amudaryo boyligi» yoki “Oks boyligi” deb  yuritiladi. “Oks boyligi”  yodgorliklarning ko‘p qismi hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu buyumlar nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib, detallari aniq va tugal ishlanishi bilan harakterlanadi. Oltin arava, Oltin bilak uzuk, Oltin ko‘za, Jangchi-sak bo‘rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlashgan.  

Mil. avv. VI–IV asrlarda binokorlik g‘oyatda taraqqiy qilgan. Xorazm, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘d hududlaridagi shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Markaziy shaharlarda viloyat hokimlarining yirik saroylari bunyod etilgan. Ularning baland poydevori bo‘lib, inshootlar qalin devorlar bilan mustahkamlangan. Shaharlar keng joylarni egallagan. Jamoa uy–joylari 6-8 xonalardan iborat bo‘lib, paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan. Xonalarning devori ichiga va xonalarning markaziy qismida o‘rnatilgan sandal shakldagi uchoqlar mavjud.

Qurilishda ganch, yog‘och va loy keng darajada ishlatilgan. Uylarda supa va ayvonlar mavjud bo‘lgan. Mudofaa devorlari qurilishida yirik, xom g‘ishtlar ishlatilgan. Uy–joy sathlari loy bilan suvalgan, oziq–ovqat mahsulotlari saqlash uchun mo‘ljallangan xo‘jalik omborxonalarining sathlari toshlar va sopol siniqlaridan terilgan.

Persepol saroyining tosh devorlaridagi sug‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va saklarning bo‘rtma tasvirlari bu xalqlarning etnik qiyofasi, qurollari va kiyim – boshlari qanday bo‘lganligini tasvirlab turadi. O‘rta Osiyo xalqlarining qurollari va qurol yasash uslublari Qadimgi Sharqda mashhur bo‘lgan. Baqtriya o‘q – yoylari, Xorazm dudama –xanjarlari, saklarning harbiy boltalari bronzadan yasalgan.

Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyoda dehqonchilik turli shakllarda taraqqiy topgan. Tog‘ yonbag‘rlarda qadimgi dehqonlar dalalarni sug‘orish maqsadida soylarning suvlaridan foydalanishganlar. Mahaliy sug‘orish tajribasida soylardan kanal va ariq chiqarish katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Qadimga zamonlardan boshlab ziroatchilik bilan shug‘ullanish, don ekish O‘rta Osiyo xaqlari uchun savobli ish bo‘lib, «Avesto»da arpa va bug‘doy muqaddas boshoqli ekin hisoblangan. Boshoqli ekinlardan bug‘doy, tariq, va ayniqsa arpa keng yetishtirilgan. Bog‘larda turli mevali daraxtlar o‘stirilgan, chorva uchun xashak bo‘ladigan o‘simliklarni ekish rivojlantirilgan. O‘rta Osiyo tog‘lari va dashtlarida an’anaviy chorvachilik xo‘jaligi ustunlik qilgan. Ko‘chmanchi qabilalar asosan mayda chorva, qoramol hamda otni ko‘plab urchitganlar. Shuningdek, o‘troq aholi hayotida mahsuldor chorvachilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Persepol saroyi devoridagi bo‘rtma rasmlarda Xorazm, Baqtriya, Sug‘d va saklar yurtidan shohga ot, tuya hamda qo‘y olib kelayotganlari manzarasi tasvirlangan. Ayniqsa, qadimgi  Sharqda Baqtriya tuyalari, Xorazm va sak yurti yilqilari mashhur bo‘lgan.

Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining urf-odatlari, e’tiqodlari va diniy qarashlari mahalliy ildizlarga ega an’analarga asoslanib rivojlangan. Mazkur davrga oid olov ibodatxonalari Baqtriyada (Tillatepa, Qutlug‘tepa), Janubiy Sug‘dda (Sangirtepa) va Xorazmda (Xumbuztepa) o‘rganilgan. Bu yodgorliklarda zardushtiylikka xos sig‘inish odatlarining izlari aniqlangan. Misol tariqasida, Sangirtepa ibodatxonasi devorlari bo‘ylab joylashgan kichik o‘ralarda toza tuproq bilan aralashtirilgan kul saqlangan. Zardushtiylar olov qoldiqlariga ham hurmat bilan qarashgan. Ilk zardushtiylik ta’limotiga oid ibodatxonalarida ma’budalar haykallarini o‘rnatish odati bo‘lmagan hamda devoriy rangtasvirlar aniqlanmagan. Biroz so‘ng, ahamoniylar davrining oxirgi bosqichlarida Xorazm vohasida ma’budalar tasvirlariga sig‘inish vujudga keladi. Mil. avv. IV asrning bodlariga oid Elxaras ibodatxonasida loydan ishlangan va sirtiga ganch berilgan haykallar parchalari topilgan.

O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi qabilalari quyoshni xudo deb bilganlar va olovni qadrlaganlar. Olovni izzat–hurmat qilish odati qadimgi zamonlardan saqlanib kelgan. Ko‘chmanchilar olovga ochiq joylarda qurbonlik qilganlar.

Ziroatchilarning uylarida maxsus olovxonalar bo‘lgan. Xonadonlarning o‘choqlarida olovni doimo yonib turishiga harakat qilishgan Olovni oshxonalarga, o‘choqlarga, tandirlarga va sandallarga doimo ko‘chirish zarur bo‘lgan. Olov – hayot manbasi, uning xudosi Atar – marhamatli xudo deb hisoblangan.

Ahamoniylar davlatida har yil 12 oy va 365 kundan hisoblangan bo‘lib, ularning nomlari Axuramazda, Mitra, Anaxita, quyosh va boshqalar bilan bog‘langan. Dastlab bu yilnoma O‘rta Osiyoda paydo bo‘lib, keyin Eronda joriy etilgan. Doro I davrida O‘rta Osiyoda keng yoyilgan zardushtiylik g‘oyalaridan ahamoniylar davlatini mustahkamlash va birlashtirish maqsadida keng foy­dalana boshlanishi jarayoni ushbu fikrni tasdiqlash mumkin. Shoh Doro I Ahuramazdani oliy xudo deb e’lon qilgan. Shu tariqa Ahuramazda tasvirlari Behistun qoyasida va Persepol tosh devorlarida o‘yib ishlangan.

Mil.avv. VI–IV asrlarda Navro‘z bayramini o‘troq dehqonchilik aholi tomonidan nishonlash keng darajada amalga oshirilgan. Qadim­gi zamonlarda ham Navro‘z mart oyining oxirga haftasiga to‘g‘ri kelardi.

Navro‘zning kelib chiqishi insonlarning dunyoqarashlari bilan ancha bog‘liq bo‘lgan. O‘rta Osiyoda tabiat tirilishiga bag‘ishlangan marosimlar dehqonchilik xo‘jaligi keng yoyilishi natijasida vujudga kelgan. Shu boisdan Navro‘zning ildizlari olis zamonlarga borib taqaladi. Ahamoniylar davridan avval Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘diyona va boshqa viloyatlarda Navro‘z katta jamoatchilik marosimi, tabiatga va inson hayotiga baxt–saodat, hosildorlik, sog‘–salomatlik va ko‘pdan–ko‘p yaxshiliklar keltiruvchi bayram bo‘lib xisoblangan.

Tabiatning kuchlari jonlanishi kunlarda ko‘cha va xonadonlarda ozodalik o‘rnatilgan. Uy-joylar tomonlarining to‘rt burchagida olov yoqilgan, toza va tiniq suv to‘ldirilgan sopol idishlarga dastlabki yashil barglar tashlangan. Odamlar «Avesto»dan madhiyalar kuylab, qadimgi duolardan o‘qiganlar. Ular ezgulik va yorug‘lik tangrisiga barcha yovuzliklarni yo‘qotishga, olov, suv, dala va bog‘larga kuch-quvvat, yangi hayot bag‘ishlashga da’vat qilganlar.

Bugungacha turli xil arxeologik manbalar saqlanib keldi. Ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy merosi xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lib, uzoq o‘tmish tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling