1 mavzu. Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida


Download 31.56 Kb.
bet12/13
Sana19.12.2022
Hajmi31.56 Kb.
#1033615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 мавзу

Ichki muhitning o’zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo’ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko’rsatiladi, ya῾ni to’g῾ri yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash faoliyati yuzaga keladi.
Korxona faoliyatining ichki muhiti iqtisodiy ishlab chiqarish tashkiloti xossalarining namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini aks ettiradi, buning natijasida u o’z faoliyati natijalari bo’yicha jamiyat ehtiyojlarini qondiradi, shuningdek tashqi sharoitlarga javob beradi, ularga va boshqa omillarga moslashadi.
Ichki omillar (subyektiv) insonning muayyan faoliyati bilan bog῾liq. Ular menejerlar va xodimlarning harakatlariga to’liq bog῾liqdir. Tadbirkorlik sub῾ekti ichki muhit omillarini bilishi va aniq boshqaruv qarorlari orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta῾sir qilishi kerak.
Ichki muhit omillarining modellari korxona strategiyasiga va ushbu omillarni boshqarish qobiliyatiga qarab turli xil variantlarga ega bo’lishi mumkin. Tarkibiy elementlarning ro’yxati juda keng:

  • mulk huquqi;

  • atrof-muhit;

  • strategiya korxona resurslarini taqsimlashda ushbu nisbatni belgilashga qaratilgan harakatlar majmui sifatida;

  • korxonaning tashkiliy tuzilmasi;

  • resurslardan maqsadli foydalanishni o’z ichiga olgan

  • texnologiya;

  • hokimiyat va uning manfaatlariga ta῾sir qilish huquqidan foydalanish;

  • tashkiliy va iqtisodiy madaniyat jamiyatda shakllangan ideallar,qadriyatlar, ma῾naviy an῾analar, inson xulq-atvorining normalari va qoidalari.

Korxonalarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg῾ining o’z vaqtida yyetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta῾sir ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi,

  • raqobat omili,

  • ijtimoiy omillar,

  • siyosiy omil,

  • demografik omil,

  • marketing,

  • xalqaro omil.

Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o’rinda mahsulot iste῾molchilari, xom ashyo va boshqa material yetkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalari asosan tashqi muhit bilan belgilanadi. Iqtisodiy faoliyatga ta῾sir qiluvchi tashqi omillar iqtisodiy qonunlarning ta῾sirini aks ettiradi. Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan har qanday korxona uchlik jarayonini amalga oshiradi, xususan:tashqi muhitdan manbalarni olish; resurslarni mahsulotga (ish, xizmat) aylantirish; mahsulotni tashqi muhitga qaytarish.



Download 31.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling