1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi. Kirish


Download 0.73 Mb.
bet1/11
Sana22.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1379750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi.



1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi.
Kirish.
“Zamonaviy shaharsozlik kontseptsiyalari” fani asosan O`zbekistonda shaharsozlikni rivojlantirishda qabul qilingan dasturlar, O`zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi, O`zbekiston shaharlarida aholini joylashtirishning umum davlat tizimi, Aholining sotsial o`sishi, iqtisodiy, ekologik muammolar, shaharning kelajakda funktsional rivojlantirishga yo`naltirilgan vazifalarni qamraydi.
SHAHARSOZLIK (shahar qurish) — me`morlikning yirik sohasi; shahar bunyod etish nazariyasi va amaliyoti — aholi yashaydigan hududlar (turar jsoylar) ni loyiha asosida rejalashtirish. SHaharsozlik ijtimoiy iqtisodiy, sanitariya gigiena, qurilish texnika, badiiy me`moriy masalalar majmuini qamrab oladi. SHaharsozlik majmui me`morlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy-iqlim sharoitlari va milliy o`ziga xosligi bilan belgilanadi. SHaharsozlik o`z navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft me`morligi, bog` barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga bo`lingan. SHaharsozlikda turar joylarning nafaqat me`moriy badiiy qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga — yo`llar, ayniqsa, avtomobil yo`llariga, infratuzilma (suv, oqava — kanalizatsiya, gaz, elektr va boshqalar muhandislik ta`minotlari) ga katta e`tibor beriladi. SHaharsozlikda yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonstruktsiya qilish), me`moriy majmualar (ko`proq turar joy mavzelari) ni bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi, bunda loyihalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim o`rin tutadi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali SHaharsozlikka ixtisoslashgan ilmiy tekshirish va loyihalash institutlarida bajariladi. Toshkentda O`zbekiston shaharsozlik loyihalash va ilmiy tekshirish instituti (O`zLITI), Toshkent Boshtarh loyihalash va ilmiy tekshirish instituti va boshqa shunga o`xshash institutlar faoliyat ko`rsatadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling