1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi. Kirish
Download 0.73 Mb.
|
1-mavzu. Kirish. Shaharlarning paydo bo’lish tarixi va shahar tushunchasi. O’zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “aglomeratsiya”
- I.2.O`zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi
Urbanizatsiyaning belgilari – shaharlarda industriyaning o`sishi, ularning madaniy va siyosiy funktsiyalarining rivojlanishi, mehnat hududiy bo`linishining chuqurlashuvi. Urbanizatsiya belgilaridan yana biri – bu qishloq aholisining shaharlarga oqib kelishi.
“SHahar aglomeratsiyasi” lotincha agglomerate – qishloq qo`shilib ketmoq ma`nosini bildiradi. Ishlab chiqarish sanoatida texnologiyasida aglomeratsiya “mayda ruda” va changsimon materiallardan eritish yo`li bilan yirik bo`laklar yaratish ma`nosini bildiradi. Ekologik adabiyotlarda “aglomeratsiya” so`zi sanoat korxonalarining bir joyda to`planishi hududiy qo`shilib ketishini bildiradi. Ma`lum ma`noda bu so`z aholi yashash joylarining to`planishi va qo`shilib ketishi orqali shakllangan va tuzilishi jihatdan turlicha bo`lgan birlashmalarni tashkil etishiga ham ta`luqlidir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va to`planishi ta`siri ostida aglomeratsiyalarning bir – birlariga yaqinlashuvi va qo`shilib ketishi “megapolis”larning shakllanishiga olib keladi. Megapolis keng hududlarini qamrab oluvchi urbanizatsiyalashgan zonalardir. AQSHda Atlantika okeani sohili bo`ylab Boston va Vashington oralig`ida megapolis vujudga kelgan. Buyuk ko`llar hududida - CHikago va Pitterburg oralig`ida, Kaliforniyada – San-Diego va San–Fransisko oralig`ida, Angliyada (Liverpul - London), Yaponiyada (Tokio - Osako) vujudga kelgan. Toshkent aglomeratsiyasi (Toshkent, CHirchiq, Yangiyo`l)ning aholisi 3,9 mln kishini tashkil etadi. Farg`ona aglomeratsiyasi (Farg`ona, Marg`ilon, Kegayli)ning aholisi 560 ming kishini tashkil etadi. I.2.O`zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi I.2.1.O`zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksida zamonaviy konsepsiyalarning aks etishi. SHaharsozlik kodeksi-shaharsozlik faoliyatining huquqiy zamini. 2021 yil 22 fevral kuni «O`zbekiston Respublikasining SHaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan SHaharsozlik kodeksi yangi tahrirda tasdiqlandi. Ma`lumot uchun, SHaharsozlik kodeksining avvalgi tahriri 2002 yil 4 aprelda tasdiqlangan bo`lib, 59ta moddadan iborat edi. 85ta moddadan iborat yangi tahrirdagi kodeksda asosan quyidagi yangiliklar aks etgan: «aholi punkti», «shahar», «shaharcha» va «qishloq (ovul)» kabi ob`ektlar turlari, «o`zboshimchalik bilan qurilish qilish», «urbanizatsiya» tushunchalari, shaharsozlik faoliyatida fuqarolar muhokamasi ishtiroki va boshqa iboralarga tushunchalar berilmoqda; shaharsozlik faoliyatining asosiy printsiplari alohida moddada o`z aksini topgan bo`lib, ushbu printsiplar aholi punktlarining kompleks va barqaror rivojlanishini ta`minlash, qurilishga ruxsat berish jarayonining oshkoraligi va ochiqligini ta`minlash kabi masalalarga yo`naltirilgan; shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli normaga yangi me`yorlar kiritilib, ular bilan vazirlik va idoralar shaharsozlik qoidalarini ishlab chiqish va tegishli o`zgartishlarni, shuningdek, shaharsozlik normalaridan chekinish zarurati vujudga kelganda maxsus texnik shartlar ishlab chiqilishini maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib borish yo`lga qo`yilishi belgilanmoqda; loyiha hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish bo`yicha yangi moddalar kiritilib, mazkur moddalarda ekspertlarning huquqlari va javobgarligi, jumladan, har bir ekspert bergan xulosasi yuzasidan qonun oldida javob berishi belgilanmoqda; qurilishni nazorat qilish borasida yangi normalar kiritilgan bo`lib, ular bilan qurilishni nazorat qilish turlari, qurilishni davlat tomonidan nazorat qiluvchi inspektsiyalar, texnik, mualliflik va ichki nazoratning vakolatlari belgilanmoqda; qurilishda sug`urtalash bo`yicha yangi modda kiritilmoqda; aholi punkti bosh rejalarining loyihalari muhokamasida jamoatchilik ishtirokini ta`minlashga qaratilgan alohida moddalar kiritilib, ular shaharsozlik sohasida qarorlarni qabul qilishda fuqarolar fikrlari keng o`rganilishiga, ortiqcha mablag`lar sarflanishi hamda insonlar noroziligining oldini olishga qaratilgan; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi taqiqlarni aks ettiruvchi yangi me`yorlar kiritilib, ular qurilish jarayoniga vakolatga ega bo`lmagan shaxslarning aralashuviga chek qo`yish, shaharlar va tumanlar markazlarida qurilishi tugallangan mavzelar, ko`p qavatli turar joy mikrorayonlari hududlarida bosh rejalarda nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmati ko`rsatish va bozor infrastrukturasining ob`ektlarini qurishni taqiqlash, eng asosiysi, yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida uch va undan ortiq qavatli (ko`p kvartirali) uylarni qurishni taqiqlashga yo`naltirilgan; yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o`rni qoplanishining asosiy yo`nalishlarini belgilab beradigan norma yangi bandlar bilan to`ldirilib, ular hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalari doirasida fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlariga tegishli bo`lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo`yilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni ta`minlashga hamda yetkazilgan zararlarni qoplashda yo`l qo`yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilishga imkoniyat yaratishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng shaharlarni, qishloq aholi punktlarini, bino va inshootlarni loyihalashtirish va qurishda, shaharsozlik faoliyati sub`ektlarini o`zaro muloqotini loyixa jarayonida va ko`rishda tartibga solish mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur SHaharsozlik Kodeksi shaharsozlik faoliyatining xuquqiy asosini belgilaydi. SHaharsozlik to`g`risidagi qonun hujjatlar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog`iston Respublikasida shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining shaharsozlik to`g`risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalar qo`llaniladi. Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling