1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi


Download 106.45 Kb.
bet9/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi.

XX asr Sobiq ittifoqda davom etgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar O‘zbekistondagi ekologik holatga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Mamlakatdagi ma’muriy buyruqbozlik tizimi, mafkuraviy hukmronlik mintaqadagi ekologik xolatga ham o‘z salbiy o‘tkazdi. Zero, Sobiq ittifoq davrida totalitar, mustamlakachilik tuzum zo‘rovonligi O‘zbekistonda yuz bergan ekoijtimoiy inqirozlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’naviy fojea hamdir. Ekologik shovinizm barcha sohalarda siyosiy va iqtisodiy qaramliklar, milliy ma’naviy qadriyatlarning toptalishi, kadrlar tayyorlashning imperiya manfaatlariga moslashtirilishi, tabiiy boyliklarga nisbatan talonchilik siyosati kabilarda namoyon bo‘ldi. Amalga oshirilgan shovinistik siyosat natijasida tabiatga vahshiyona munosabat Orol fojeasiga olib keldi, flora va fauna buzildi, turli xil kasalliklar, jumladan, bepushtlik, ayollar va bolalar o‘limi oshdi. Birgina misol, o‘sha paytda AQSH va YAponiyada tug‘ilgan 1000 ta boladan 1-2 tasi yoshiga etmay o‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich, O‘zbekistonda 46 taga etganligini qanday izohlash mumkin?. Ekoijtimoiy ma’naviy inqirozlar ko‘rsatkichi aholining salomatligining yomonlashishida ham o‘z aksini topdi. Jumladan, 1976 yildan 1990 yilgacha faqat O‘zbekistonning o‘zida katta yoshdagi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish (har 10 ming kishi hisobiga) muntazam o‘sib borgan. Respublika bo‘yicha kattalar va o‘smirlarning umumiy kasallanish intensiv ko‘rsatkichi 1976 yilda 2466,5 tadan 1990 yilda 3598,6 taga etgan. Tashqi muhitning salbiy ta’siri tufayli asab tizimi, teri, teri osti kasalliklari 1989 yilning o‘zida - 1,4, qon aylanish tizimi kasallanishi - 1,3 marta ko‘paygan. Sil kasalligiga chalinish 3 foizga ko‘paygan. Bolalar jumladan, go‘daklar o‘limi sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridagi ko‘rsatkichidan ikki marta yuqori bo‘lgan. Respublikada har yili 200 mingga yaqin kishi gepatit kasaliga duchor bo‘lgan. Er, suv, havoga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi ekoko‘nikmalarimiz milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz kommunistik mafkura asosida shakllantirilgan sovet udumlarini qaror toptirish orqali unutildi. Ekomilliy ko‘nikmalarimizning unutilishi esa yuz bergan fojeaning navbatdagi ma’naviy inqirozi edi.
Bu davrda ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini ma’muriy-buyruqbozlik bilan hal etish mumkin bo‘lmay qoldi. Iqtisodiy o‘sish esa yildan-yilga kamayib boraverdi. Respublika xalq xo‘jaligida umumiy ijtimoiy mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga mo‘ljaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4 million so‘mga kam milliy daromad olindi. 1989 yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi.O‘sha davrda respublikada milliy ongning o‘sishi, o‘zlikni anglash darajasining kuchayishi yana ko‘plab muammolarning echimini kun tartibiga qo‘ydi. Ammo sobiq respublika rahbarlari bu muammolarni echish uchun qilinayotgan harakatlarni “jamiyatga qarshi harakat”, deb tushundilar.


  1. Download 106.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling