1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
Download 106.45 Kb.
|
1-mavzu ma\'ruza matni 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.
Tayanch so‘z va iboralar :
Urushdan so‘ng, tiklanish va rivojlanish, sanoat, paxtachilik, engil sanoat, xom ashyo, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, paxta monokulturasi, qayta qurish, demokratiya, mustaqillik ostonasi, deklaratsiya, ijtimoiy – siyosiy vaziyat, suvernitet, tanazzul, inqiroz. 1.XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Ajdodlarimizning tabiat bilan bog‘liq an’anaviy odob-axloq qoidalari, milliy an’analari, udum va marosimlari unutildi. Jumladan, ming yillar mobaynida shakllanib, sayqal topib, nishonlanib kelingan "Hosil bayrami", "Qovun sayli", "Gul sayli", "Navro‘z" kabi bayram va udumlar unutildi yoki ta’qiqlab qo‘yildi. "Navro‘z"ning sun’iy ravishda "Navbahor"ga aylantirilishi yoki unga eskilik sarqiti deya qaralishi oqibatida Navro‘z bilan aloqador odamlarning tabiatga, o‘simliklarga, erga munosabati o‘zgardi, ular bilan bog‘liq an’analar unutilish arafasida qoldi. Xalqimizning ko‘proq qishloq xo‘jaligi mehnatiga jalb qilinishi, paxta yakkahokimligi kabi salbiy holatlar, o‘lka asosan xom ashyo, ayniqsa paxta xom ashyo bazasiga aylantirilishi boshqa qishloq xo‘jalik ekin turlariga nisbatan teskari munosabatni shakllanishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi maydonlariga maksimal darajada kimyoviy o‘g‘itlar berilishi natijasida xalq sog‘lom turmush tarzi ayniqsa yosh avlod genofondi uchun xavf paydo bo‘ldi. Keyingi chorak asr davomida muammo bo‘lib kelayotgan Orol dengizi muommasini hal etish uchun bir qator loyihalar taklif etilganligiga qaramay, ularning birortasi ham joriy etilmadi. XX asr 60-yillaridan boshlab yangi erlar keng qo‘lamda o‘zlashtirilishi, sanoat, chorvachilik komplekslarining ekstensiv rivojlantirilishi, kollektor-zovur tizimlari qurilsada, ular asosan paxtachilik uchun xizmat qildi hamda kanal, lotoklar suvlari sug‘orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. SHu bois havzalardagi suvning salmog‘i kamaya boshladi. Orol dengizining qurishi keskin muammo, aytish mumkinki, milliy ekoinqiroz xavfini kuchaytirdi. YUqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib xalqning ma’naviy hamda tarixiy an’analarining e’tiborga olinmaganligi va ekoinqirozning kelib chiqish sababalarini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: Birinchidan, ekologiyaga zarar etkazmaslik nuqtai nazaridan ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy shart-sharoitlarga moslab joylashtirilmaganligi; Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligida suvni va mehnatni ko‘p talab qiladigan ekinlarni, ayniqsa, paxta ekin maydonlarining kengaytirilishi; Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida son ortidan quvilib, sifatiga kam e’tiborberilishi; To‘rtinchidan, ekoinqirozning yana muhim ko‘rinishi bu, fuqarolar ma’naviyatida tabiatga oqilona munosabat faqatgina sotsializm qaror topgan jamiyatdagina mavjud bo‘ladi, degan umuminsoniy qarashlarga zid dunyoqarash shakllantirilishi; Beshinchidan, mintaqani iqtisodiy rivojlantirishda atrof-muhitga salbiy ta’sir etish mumkin bo‘lgan jarayonlar e’tiborga olinmaganligi va ilmiy asoslanmaganligi; Oltinchidan, mahalliy aholi turmush darajasini yaxshlishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning kuchsizligi kabilardir. Bularning barchasi tabiatga nisbatan ma’naviy axloqiy qarashlar, to‘g‘ri munosabatni aks ettiruvchi odat va marosimlar unutilishiga olib keldi. Bir so‘z bilan aytganda, sobiq ma’muriy buyruqbozlik tizimi, mafkuraviy hukmronlik mintaqadagi ekologik holatga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Bunday siyosat xalqning ming yillar mobaynida shakllanib kelgan atrof muhitga ma’naviy-axloqiy munosabatlarini yo‘qolishiga sabab bo‘ldi, Faqat mamlakatimiz mustaqilligi tufayli xalqimizning ma’naviy ruhiy tiklanishi insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini ham tubdan o‘zgarishiga imkoniyat yaratdi. Download 106.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling