1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar


Download 106.45 Kb.
bet8/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
O‘zSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda bo‘lgan O‘zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash’um rol o‘ynadi. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan mazkur plenumda qabul qilingan hujjatlar respublikada o‘zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Sobiq respublika rahbarlari Markazga murojaat qilib O‘zbekistonga Markazdan rahbar kadrlarni yuborishni iltimos qildilar.
Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan O‘zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 –1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
Natijada Markazdan o‘zbek xalqining urf-odatlari, ana’nalari haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan rahbar xodimlarning respublikaga yuborilishi va mazkur “kadrlar desanti”ning faoliyati ko‘plab salbiy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Sovet Prezidiumi raisning o‘rinbosari etib Romanovskiy, Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenkolar tayinlandi. Toshkent shahri partiya rahbari etib Satin qo‘yildi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar.
Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatni sotsialistik asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to‘la demokratik jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati va ko‘pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o‘rtasida o‘ziga xos nomutanosiblik sodir bo‘ldi. Xususan 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda, xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urunishlar ham samara bermadi.
KPSS MQ ning 1985 yil (aprel) Plenumi mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, sovet jamiyatini “qayta qurish” zarurligi borasida ko‘rsatmalar berdi. Plenum ijtimoiy hayotni “demokratlashtirish”, “oshkoralikni joriy qilish”, milliy siyosatni “takomillashtirish”, umuman jamiyat hayotining barcha sohalarini “chuqur isloh qilish” yo‘lini e’lon qildi. Lekin amalda bu siyosat islohotlarni amalga oshirishning aniq konsepsiyasi bo‘lmasdan, balki chuqur inqirozga yo‘l tutgan sovet mustabid tuzumini saqlab qolishga, markazning milliy respublikalar ustidan nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan edi.
O‘zbekistonning sobiq partiya va hukumat rahbarlari (R.Nishonov, R.Abdullaeva) sovetlarning ko‘zbo‘yamachilik, ulug‘ millatchilik va shovinistik siyosati mohiyatini anglab etmadilar. Natijada respublikadagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashib, ziddiyatli tus oldi.
SHunday murakkab ijtimoiy, siyosiy vaziyatda respublikada keng munozaraga sabab bo‘lgan muammolardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bo‘ldi. Ma’lumki, shaxsga sig‘inish, turg‘unlik yillarida o‘zbek tilinining mavqei qo‘llanish doirasi juda ham torayib ketdi. O‘zbek tili davlat idoralarida ham, majlislar, yig‘lishlarda ham deyarli ishlatilmay deyarli qo‘yildi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real ob’ektiv haqiqatga aylanib qoldi. Xalq milliy ongni o‘sishi, jamiyatning ijtimoiy qonuniyatlari va talabi o‘zbek tili masalasini ko‘rib chiqishni kun tartibiga qo‘yilishiga turtki bo‘ldi. SHu tarzda hukumat va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi sa’yi harakatlari bilan 1989 yil 21 oktyabrda xalqimiz ma’naviy hayotida muhim voqea sodir bo‘ldi, o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi.
“Qayta qurish” va uning cheklanganligi shunda namoyon bo‘ldiki, garchanda demokratiya, oshkoralik deya bong urilgan bo‘lsada, 1985-1990 yillar oralig‘ida respublika hayotida katta siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Asosiysi ijtimoiy siyosiy vaziyat keskinlashib, millatlararo nizolar, iqtisodiy muammolar yuzaga kela boshladi. Ana shunday muammolardan biri, shubhasiz paxta monokulturasi va uning oqibatlari bo‘ldi. Respublikada hamon paxta monokulturasi va uning salbiy oqibatlari natijasida kelib chiqqan og‘ir vaziyat davom etdi. Mazkur salbiy voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar natijasida ko‘pgina rahbarlar va oddiy fuqarolar jabr ko‘rdilar. YA’ni “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” va ular bilan bog‘liq ayanchli holat yanada kuchaydi. Sovet tuzumi va u bilan bog‘liq Markaz rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onlar boshlanib ketdi. "Paxta ishi" deb atalgan mash’um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Markaz ko‘rsatmasiga ko‘ra "Paxta ishi" va "o‘zbeklar ishi" deb nomlangan tergovlar olib borildi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi ilg‘or paxtakorlar, davlat boshliqlari, umuman o‘ylab topilgan va bevosita “paxta ishi” bilan bog‘liq minglab kishilarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yuboradilar. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladilar.
Markazdan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi ming-minglab rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlarga nisbatan turli aybnomalarni o‘ylab topdilar, qamash, ozolikdan mahrum qilish kabi hollar kuchaya boshladi. O‘zbekistonning mustaqillik sari tashlangan eng mubim qadamlardan biri esa O‘zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabr plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo paxta monokulturasi oqibatida respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, matbuotda paxta monokulturasi va ekologik holatga haqidagi mish mishlarni tugatish haqida edi.
Tarixiy adabiyotlarda qayd tilishicha 1989 yilgacha Respublikamizda mazkur ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlanadi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hisobga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar. O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga ep ko‘rilmadi. Respublikada o‘ylab topilgan "Paxta ishlari"ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990 yilning iyun oyiga kelib, komissiya muhim bir xulosaga keldi. 1990 yil 13 iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda "Paxta ishi" chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga tayziqni kuchaytirdilar.
T.X. Gdlyan va N.V. Ivanov guruhining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xo‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xo‘jaligi etakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, ko‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xo‘jalik rahbarlari o‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
1983 yildan MarkazQo‘mning ko‘rsatmasi asosida rahbarlar ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘ash boshlandi. 1983-1988 yillarda O‘zbekiston bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan qamalganlarning 600 tasi rahbar xodimlar edi. Ularning 60 foizi kolxoz raislari, savxoz direktorlari, 45 foizi esa etuk qishloq xo‘jaligi mutaxassislari edilar. Bu jarayonda mas’ul, KPSS MQ nomenklaturasidagi 172, O‘zkompartiya MQ nomenklaturasidagi 1813 nafar xodim javobgarlikka tortildi. Ularning 70 foizi viloyat, shahar, tuman partiya qo‘mitalarining rahbarlari edilar.
O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar.
Ana shu tariqa desantchilar o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, poraxo‘rlikda, qo‘shib yozishlarda, boqimandalikda ayblab, partiya va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlarni ham ta’qib ostiga oldilar. SHunday qilib, soxta ayblar natijasida respublikamizning minglab fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz, tergovsiz qamaldi. Ularning orasida keksalar, xomilador ayollar, nogironlar ham bor edi. Aybsiz kishilarga jismoniy kuch ishlatib, qo‘rqitish yo‘li bilan ayblar qo‘yildi. Oddiy mehnatkashlardan katta miqdorda pul, o‘z rahbarlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berish talab qilindi.
Bu davrda Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari vafot etib ketgan partiya va davlat arboblariga yuklanib, 1980 – yillar qatag‘onida nohaq qoralandi. Eng avvalo, qatag‘on qilichi SHarof Rashidovga qarshi ko‘tarilib, uning nomi ham badnom qilindi. 1959 – 1983 yillarda SH.R. Rashidov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo‘lib ishlagan va rahbarlik yillarda qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bunga xolis tarix guvoh. Ammo markazning tazyiqi bilan qishloq xo‘jaligi erlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Albatta, bunday holatlarni uning faoliyati natijasida yuzaga kelgan deb bo‘lmaydi, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
«Paxta ishi» oqibatda butun respublikamizda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. O‘zbekiston fuqarolari o‘z xaq-huquqlarini himoya qilishlarini so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya hamda sovet organlariga murojaat qildilar. 1986-1987 yillarda faqat O‘zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliqlari qabulida bo‘lib, o‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986-1987 yillarda respublikada 270 ayol o‘zini-o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni, qadr-qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko‘rsatilgan norozilik edi. Haqiqat, adolat, keyinchalik, Islom Karimov O‘zbekiston rahbari bo‘lgach ro‘yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Minglab kishilar oqlandi, bir qismi avf etildi, qolganlarining esa jazo muddatlari kamaytirildi.
SHu tariqa, XX asrning 80-90 – yillarida hukmron partiya va sovet davlati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o‘yinlar» o‘ylab chiqdilar.





  1. Download 106.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling