O‘z eridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to‘la huquqli egasiga aylandi;
buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an’analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo‘ldi;
“ O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qarorda “1 sentabr’ O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, 10- deb qat’iy belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Xuddi shu yilning 29 dekabrida xalqimiz birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod- O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va “erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov ( Muhammad Solix ) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning (86%) I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdug‘anievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov O‘zbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi. 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |