1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 106.45 Kb.
bet18/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi tomonidan O‘zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo‘ldi.
Ushbu sesssiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to‘g‘risida»gi Qonun ham kabul kilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m muomalaga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to‘g‘risida Prezident I.Karimov: - “Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!” - dedi13.
Har qanday mustaqil davlatlarning huquqiy asosi - bu uning asosiy Konuni - Konstitutsiyasidir. Har qanday jamiyat kelajakni ko‘zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq ko‘rishga harakat qiladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘ldi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990 yil 20 iyunida Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan o‘rtaga qo‘yilgan edi. Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyaning muhim tamoyillari asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident I.Karimov raisligida Konstitutsiyaviy Komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Konstitutsiyaviy komissiya ma’qullagan Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti 1991 yil noyabrida tayyorlab bo‘lindi. Ushbu variant muqaddima, olti bo‘lim, 158 moddadan iborat edi. Konstitutsiya loyihasining ikkinchi varianti 1992 yil bahoriga kelib ishlab chiqildi Bu variant 149 moddadan iborat edi. Puxta ishlovlardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 26 sentabrda Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan umumxalq muxokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992yil 8 dekabrda qabul qilindi va u 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat qilib belgilandi.
Konstitutsiyaning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda “davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’uldirlar” deyilgan14, ya’ni fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Sobiq totalitar tuzum sharoitida bunday fikrni hech kim xayoliga ham keltira olmas edi.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi asosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk voqea bo‘ldi.
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos siyosiy islohotlar o‘tkazish yo‘llarini oqilona ko‘rsatibgina qolmay, ayni paytda jamiyatning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish tamoyillarini ishlab chiqdi, uni izchil amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rdi. Jahon tajribasi, O‘zbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va shart-sharoitlari asosida taraqqiyotning “ O‘zbek modeli” ishlab chiqildi.
SHunday qilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston xalqlari tarixida misli ko‘rilmagan tarixiy voqea yuz berdi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Dunyo haritasida 1991 yil 1 sentabrdan boshlab yana bitta mustaqil, to‘la huquqli suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.



Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling