1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 106.45 Kb.
bet15/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

) ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mustaqillikkacha bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish, istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish, ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish masalalarga chuqur yondashish zarur edi8.
Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston SSR Prezidenti xo‘zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi.
SHunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi.
2. 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. SHu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” Qaror qabul qildi9, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo‘lgan bu xujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:u o‘z takdirini o‘zi hal qiladigan bo‘ldi;

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling