1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi


Download 106.45 Kb.
bet10/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.

Ma’lumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz chuqurlashib, beqarorlik kuchayib bordi. O‘z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to‘ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi.


Bunday salbiy holatlar, afsuski, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 1989 yilning may oyi oxirlari – iyunning boshlari butun Farg‘ona viloyati millatlararo to‘qnashuvlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojea ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so‘ng esa Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlariga ham yoyildi.
Qadimdan o‘zining bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovatda bo‘lmagan, qo‘l ko‘tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg‘unchi kuchlar ta’sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojea sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo‘ldi.
Keyinchalik, aniq tarixiy dalillar asosida ma’lum bo‘ldiki, ana shu tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutloqo zid bo‘lgan harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga mansub bo‘lgan, maxsus tayyorgarlik bilan ko‘chaga chiqqan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qo‘zg‘ab, janjal chiqarishga da’vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi ig‘vo va bo‘hton gaplarni tarqatib, sodda olamonni g‘alayon ko‘tarishga chaqirdilar va ba’zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga oshirishga erishdilar ham.
Faqatgina O‘zbekiston mustaqilligi yillarida paxta monokulturasi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus taftish qilish komissiyasi ikki yildan ko‘proq vaqt mobaynida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi, paxta tajovuzi oqibatida ayblangan 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, katta qismi Prezidentimiz farmonlariga binoan avf etildilar. Xulosa qilib aytganda paxta monokulturasi va paxtaga faqat bir yoqlama yondashish, uni etishtirishni ko‘paytirish oxir oqibat o‘zining salbiy oqibatlarini qoldirdi. Bunday g‘ayriekologik siyosat oqibatida odamlar turmush tarzida salbiy holat vujudga keldi. YAqin o‘tmishning achchiq saboqlaridan etarli xulosalar chiqarib ish olib borish esa siz va bizning burchimizdir.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling