1-mavzu: klassik mexanikaning fizika asoslari. Ilgarilanma va aylanma harakat kinematikasi. Nyuton qonunlari va impulsning saqlanish qonuni. Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi. Suyuqliklar mexanikasi
Download 1.05 Mb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi qonun
- Uchinchi qonun.
- Butun olam tortishish qonuni
Dinamika asoslari.
Dinamika mexanikaning bir bolimi bolib, u jismlarning harakatini ularga tasir etuvchi kuchlarga boglab organadi. Dinamikaning asosini Nyuton qonunlari tashkil etadi. Avvalo biz massa va kuch tushunchalarini kiritamiz. Massa jismning inersiya olchovi bolib, u jismni tashkil qilgan modda miqdorini ifodalaydi. Moddaning hajm birligidagi massasiga uning zichligi deyiladi. (1) Modda zichligi ХБС da birligida o’lchanadi. Quyida ayrim moddalarning zichligini keltiramiz (normal bosim uchun).
Kuch – deb bir jismning ikkinchi jismga tasir qilib, uning harakat holatini ozgartiruvchi sababga aytiladi. Endi Nyuton qonunlarini qisqacha korib otamiz: Birinchi qonun: Agar jismga biror tashqi kuch tasir qilmasa, u ozining tinch yoki togri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi. Bu qonun bajariladigan koordinata sistemasiga inersial sistema deyiladi. Ikkinchi qonun: Jismning biror kuch tasirida olgan tezlanishi ham shu kuch bilan bir xil yonalgan bolib, kattaligi jihatidan kuchga togri, jismning massasiga esa teskari proporsionaldir: (2) yoki (3) lekin bolgani uchun (5) Demak, jismga ta’sir qiluvchi kuch kattaligi jihatdan uning harakat miqdoridan vaqt bo’yicha olingan hosilaga teng. Kuch Nyutonlarda olchanadi. 1N=1kg 1m/s2 СГС sistemasida kuch dinalarda o’lchanadi. 1 dina=10-5 N Uchinchi qonun. Ikki jism o’zaro ta’sirlashganda, ular orasida absolyut qiymatlari teng va yo’nalishlari qarama – qarshi bo’lgan kuchlar yuzaga keladi. (6) Markazga intilma kuch esa (7) yoki (8) bu yerda - burchak tezlik. Butun olam tortishish qonuni Bu qonun 1687 yil Nyuton tomonidan kashf etildi. Har qanday ikki jism bir biri bilan massalarining kopaytmasiga togri, ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bolgan, hamda bu jismlar massalarining markazlarini birlashtiruvchi togri chiziq boylab yonalgan kuch bilan ozaro tortishadi. (9) bu yerda m1 va m2 – jismlarning massalari, r-ular orasidagi masofa, γ- proporsionallik koeffisienti bo’lib, unga gravitatsiya doimiysi deyiladi. Uning son qiymatini tajribada birinchi marta 1796 yilda Kavendish aniqlagan edi. Gravitatsiya doimiysi son jihatdan massalari 1 kg dan bolgan ikkita jism bir-biridan 1 m masofada turganida, ular orasidagi tortishish kuchiga teng. Agar jism Yer ustida turgan bolsa (10) bu yerda M Yerning, m jismning massasi, R Yer radiusi. Agar jism Yer sirtidan h balandlikda bolsa (11) Yer ustidagi jismlarga (12) ogirlik kuchi tasir qiladi. (2) va (4) dan (13) Bundan Yerning massasini hisoblash mumkin (14) Son qiymatlarini orniga qoysak, Yerning massasi ekanligi kelib chiqadi. Jism massasi bilan tezligining kopaytmasi mv ga shu jismning harakat miqdori deyiladi. Jismga tasir qilayotgan F kuchning uning tasir qilish vaqti t ga bolgan kopaytmasi Ft ga kuch implusi deyiladi.
Demak, jismga tasir qilayotgan ozgarmas kuch implusi shu jism harakat miqdorining ozgarishiga teng. Agar jismga ozgaruvchan kuch tasir etayotgan bolsa, bu qonun quyidagicha yoziladi. (17) Bir biri bilan ozaro tasirlashib, boshqa tashqi jismlar bilan ozaro tasirlashmaydigan jismlar gruppasiga izolyatsiyalangan sistema deyiladi. Massalari m1, m2, mn bo’lgan jismlar biror izolyatsiyalangan (yopiq) sistemada 1, 2, n tezliklar bilan harakat qilayotgan bolsin. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan (18) Buni biz qarayotgan yopiq sistema uchun tatbiq etamiz (19) Bu formulalarda barcha kuchlar ichki kuchlar bolib, Nyutonning uchinchi qonuniga muvofiq ular bir birini kompensatsiyalaydi. (5) ning har ikki tomonini bir biriga qoshib quyidagini hosil qilamiz. (20) Bundan quyidagi hosil boladi: (21) Demak, yopiq sistemada barcha jismlar harakat miqdorlarining yigindisi ozgasmasdir. Bu xulosaga harakat miqdorining saqlanish qonuni deyiladi. Masalan, top snaryad sistemasini yopiq deb hisoblab bu qonuni quyidagicha qollash mumkin. (22) bu yerda m va snaryadning, M va 0 esa mos ravishda topning massasi va tezligi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling