1 мавзу. Корхона тадбиркорлик фаолияти субекти сифатида


Mahsulot sotuvini rag’batlantirish


Download 0.58 Mb.
bet21/56
Sana24.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1051486
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
moliyaviy biznes reja

Mahsulot sotuvini rag’batlantirish.

Mavjud bozorda turli kommunikatsiya oqimlarining yetti xil turini ko`rsatib o`tish mumkin.
1. Ishlab chiqaruvchi investitsiyalarni amalga oshirishdan avval xaridorlarning ehtiyojlari va istaklarni aniqlash maqsadida axborot to`playdi. Bozorni tadqiq qilish va strategik marketingning roli ham shundan iboratdir.
2. Xuddi shu yo`l bilan potensial xaridor yetkazib beruvchilar taklif qilayotgan imkoniyatlarni o`rganib chiqish va sotishga oid takliflarni tahlil qilishga turtki bo`ladi.
3. Ishlab chiqarish amalga oshirilgandan so`ng, ishlab chiqaruvchining kommunikatsion dasturi sotishga yo`naltirilgan bo`ladi va uning maqsadi tovarning bozor tomonidan qabul qilinishidan hamda sotish joyi, tovarlarni siljitish va narxlar masalasida sotish tizimi bilan kooperatsiyalanishdan iborat bo`ladi.
4. Ishlab chiqaruvchi pirovard xaridorni markaning o`ziga xos xarakteristikalari mavjudligi haqida xabardor qilish maqsadida tovarni siljitish faoliyatini reklama va o`z savdo xodimlari yordamida amalga oshiriladi.
5. Sotish tizimi yordamida amalga oshiriladigan va pirovard xaridorga yo`naltirilgan siljitish va kommunikatsiya faoliyatining maqsadi markaga sodiqlikni ta'minlash, tovar harakatini amalga oshirish, yangi paydo bo`lgan savdo markalarini qo`llab-quvvatlash, savdo-sotiq shartlari va hokazolar haqida axborot berishdan iborat.
6. Tovar foydalanilgandan yoki iste'mol qilingandan so`ng iste'molchilarning qoniqish hosil qilgan yoki qilmaganligini tekshirish ishlab chiqaruvchiga taklifni ularga moslashtirishga imkon beradi.
7. Tovarlar foydalanilgandan yoki iste'mol qilingandan so`ng arizalar yoki baholar yakka va uyushgan (konsyumerizm) xaridorlar tomonidan o`z-o`zidan tarqatiladi.
Kichik bozorlarda ayriboshlash jarayoni ishtirokchilari o`rtasidagi kommunikatsiya o`z-o`zidan sodir bo`ladi. Katta bozorlarda esa ishtirokchilar o`rtasida jismoniy va ruhiy masofa katta bo`lib, bunday sharoitda kommunikatsiyani maxsus tashkil qilish kerak bo`ladi.
Marketing, ayniqsa, strategik marketing xo`jalikning bozor tizimida muhim iqtisodiy rol o`ynashi lozim. Bunga sabab nafaqat strategik marketingning talab va taklifni samarali birlashtirishi, balki iqtisodiy taraqqiyotning quyidagi bosqichlardan iborat siklini ishga tushirishdir:
-strategik marketing qondirilmagan ehtiyojlarni topadi va ularga moslashtirilgan tovarlarni ishlab chiqadi;
-operatsion marketing esa bu yangi tovarlarga bo`lgan talabning kuchayishiga olib keladigan ishlar rejasini amalga oshiradi;
-o`sib borayotgan talab xarajatlarning kamayishiga va natijada narxlarning pasayishiga olib keladi, shu tufayli bozorga xaridorlarning yangi guruhlari jalb qilinadi;
-bozorning bunday kengayishi yangi investitsiyalarni jalb qiladi, bu investitsiyalar esa ko`lam hisobiga tejashga va takomillashtirishga yoki yangi tovarlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling