1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja
Download 231.79 Kb.
|
Doniyor G\'aniyev
Ta’minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilardan asosiy vositalar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘ilar va mahsulot ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy qiymatliklar hisobda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Sotib olinadigan tovar-moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ikkita asosiy miqdor: ularning xarid narxi va transport-tayyorlov xarajatlaridan iborat. Xarid narxi – bu xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘ldiriladigan tovar hamda hisob-kitob hujjatlarida (schyot-faktura; to‘lov talabnomasi va boshqalar) ko‘rsatilgan qiymatdir. Erkin iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy zaxiralar talab va taklif darajasidan kelib chiqqan holda bozor narxlarida xarid qilinadi.
Transport-tayyorlov xarajatlari tovar-moddiy zaxiralarini mol yetkazib beruvchilardan temir yo‘l, suv transporti yoki avtotransportda tashib keltirish, ularni yuklash va tushirish, tabiiy kamayish natijasida yo‘lda yo‘qolishi hamda ta’minot-savdo korxonalarining ustama xarajatlaridan tashkil topadi. Transport-tayyorlov xarajatlari sanoatning bir qancha tarmoqlarida tovar-moddiy qiymatliklarining sezilarli qismini tashkil etadi. Ularning miqdori yuklarni tashish masofasi, savdo-ta’minot korxonalarining uzoqligi, transport vositalarining turlari va boshqa omillarga bog‘liq. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq transport-tayyorlov xarajatlari sotib olingan tovar-moddiy qiymatiga qo‘shiladi. Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy hajmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va sintetik schyotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarining miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning barcha turdagi tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. Tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» (1010-«Xom-ashyo va materiallar», 1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar», 1030-«Yoqilg‘ilar», 1040-«Ehtiyot qismlar», 1050-«Qurilish materiallari», 1060-«Idish va idish materiallari» va boshqa schyotlar) mo‘ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga ko‘rsatilgan summaning kamida 15 % ini oldin to‘lov yo‘li bilan o‘tkazib berishi lozim. Buning uchun xaridor bankka to‘lov topshiriqnomasi (shartnoma va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan schyot-fakturani ilova qilgan holda) taqdim etadi. So‘ngra mol yetkazib beruvchining yukni kuzatuvchi hujjatlariga muvofiq xaridor korxonada kirim hujjatlari rasmiylashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid narxiga yuqorida qayd qilingan schyotlardan tegishlisi debetlanadi. Tovar-moddiy qiymatliklarga tegishli transport-tayyorlov xarajatlari ham ushbu schyotlarga olib boriladi. Shunday qilib, tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlarning debet oboroti ta’minotning haqiqiy hajmini, ya’ni hisobot davri ichida haqiqatan olingan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy summasini, ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiradi. Ushbu schyotlarning kreditida esa, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bo‘yicha sarflanishi ko‘rsatiladi. Ularning qoldiqlari faqat debet tomonida bo‘lib, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha omborda mavjudligini bildiradi. Ta’minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy hajmi ko‘rsatkichidan tashqari keltirilgan materiallarning har bir turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham zarur. Bunday ma’lumotlar analitik schyotlar yordamida olinadi. Analitik hisobda, qoidaga ko‘ra, tegishli material turining shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Tovar-moddiy qiymatliklarning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat materiallarning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Transport-tayyorlov xarajatlari esa barcha materiallarga taalluqli jami summasi bilan yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir material turiga to‘g‘ri keladigan ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanib, alohida material turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash uchun, ularning shartnoma baholari bo‘yicha qiymatiga qo‘shiladi. Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar» (4310, 4320, 4330) va «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»da (6010, 6020) aks ettiriladi. 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv bo‘lib, ularning debetida tovar-moddiy qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi va ishlarning bajarilishi uchun o‘tkazilgan bo‘naklar aks ettiriladi. 6000-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (6010, 6020) passiv bo‘lib, ularning kreditida korxonaning turli mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy qarzlari aks ettiriladi. Bu schyotlarning debetida to‘langan to‘lov hujjatlarining summalari, ya’ni mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning kamayishi ko‘rsatiladi. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (6010, 6020) schyotining kredit qoldig‘i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi. Ta’minot jarayoniga oid xo‘jalik muomalalarini hisobda aks ettirishga doir misollarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonada 1 aprel 2017 yil holatiga materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari quyidagicha: 1010-«Xom ashyo va materiallar» schyoti 100000 so‘m. shu jumladan: materiallarning jami summasidan, so‘m hisobida: «A» material (3000 kg x 20 so‘m) 60000 so‘m. «B» material (1000 kg x 40 so‘m) 40000 so‘m. Jami : 100000 so‘m. 5010-«Hisob-kitob schyoti»90000 so‘m. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»12000 so‘m. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaga 61200 so‘mlik schyot taqdim qilingan. Jumladan: «A» material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) «B» material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m). Jami 60000 so‘m Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona hisobidan qoplanadi 1200 so‘m H a m m a s i: 61200 so‘m Mazkur korxonada aprel oyi davomida quyidagi ta’minot jarayoniga oid muomalalar sodir bo‘lgan. Download 231.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling