1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Mulkning saqlanishini ta’minlash funktsiyasi


Download 231.79 Kb.
bet8/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

3. Mulkning saqlanishini ta’minlash funktsiyasi. Bu funktsiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funktsiyani kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ushbu funktsiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar.
Inventarizatsiya ushbu funktsiyani amalga oshirishning muhim usuli bo‘lib, korxona mulklarining saqlanishi va ular tarkibida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Uni amalga oshirish uchun №19-«Inventarizattsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu standart O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizattsiya jarayonida barcha xo‘jalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi va tegishli buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi, hamda joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro mos (teng) kelishlari tekshiriladi. Inventarizattsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizattsiya qilishga qilingan xarajatlarni, mulklarni saqlanishi maqsadida to‘g‘ri aks ettirish, asosan xom-ashyo va Materiallar va yoqilg‘i-energetik resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi sharoitida inventarizattsiya o‘tkazish, odatda, katta hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog‘liq. Shuning uchun inventarizattsiya o‘tkazish jarayonlarini ham kompyuterlashtirish zarur. Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarini inventarizattsiya qilishda kompyuterlardan foydalanish yuqori samara beradi.
4. Uzviy aloqa funktsiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funktsiyani bajarib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz bo‘lib qoladi, buning ustiga keng ko‘lamda kompyuterlashtirilgan sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va uning bo‘linmalarining ma’lum davr ichidagi faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspektsiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aktsiyadorlar, paychilar, ta’sischilar va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes-reja ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi (1.5-rasm).





Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling