1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Download 231.79 Kb.
bet10/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xusutsiyatlarga ega bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi lozim.
Realizatsiya jarayoni xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi. Realizattsiya jarayoni oldiga quyidagi vazifalar quyiladi.
Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag‘lar, ya’ni debitor qarz shakliga o‘tadi.
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladi, shuningdek bir qismi realizattsiya jarayonida bo‘ladi va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib, o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va tuzulishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik operatsiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funktsional rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi.
Korxonaning xo‘jalik mablag‘lari doiraviy harakatlanishning turli bosqichlarida bo‘lib, har xil xo‘jalik jarayonlarida: ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarida ishtirok etadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy bosqich bo‘lib, aynan shu bosqichda moddiy ne’matlar ishlab chiqariladi. Lekin ishlab chiqarish jarayonidan oldin yaxshi yo‘lga quyilgan ta’minot jarayoni bo‘lmasa, u muvaffaqiyatli amalga oshmaydi.

Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling