1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funktsiyaning paydo bo‘lish jarayoni


Download 231.79 Kb.
bet9/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

1.5-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funktsiyaning paydo bo‘lish jarayoni

Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta’minlay oladi. Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi.


Uzviy aloqa funktsiya, odatda asosan dastlabki hujjatlardan olinadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotni bajaradi. Masalan, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda mavjud bo‘lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini hisobga olish uchun, ham ma’lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir bo‘yicha rejadan chetga chiqishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
5. Tahliliy funktsiyasi xo‘jalik yurituvchi subektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan xo‘jalik yurituvchi subektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizattsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi va shunga o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, normativ, smeta ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faolitini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funktsiyaning ahamiyati beqiyosdir.

1.6.Xo‘jalik jarayonining asosiy bosqichlari


Buxgalteriya hisobining obektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlaridan iborat.
Korxona faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona mol yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug‘lik, yoqilg‘i va moylash Materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta’minlanadi. Ta’minot jarayonining vazifalari quyidagicha.

Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling